TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Yashnobod #korrupsiya

🔷Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar izchil tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham ishirok etgan tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari bugungi kunda aholi o‘rtasida “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlari o‘sib borayotgani, xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, shuningdek, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, vakolat doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #sport #stol_tennisi

🏓
Yashnobod tumani 4-sektor rahbari tomonidan sportning stol tennisi turi bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i sarlash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi.

🏆BATAFSIL🏆

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurash har birimizning burchimizdir


Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan holatlarni tezkorlik bilan erta aniqlash va uyushmagan yoshlar bilan birga ishlab ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilayotgan chora tadbirlarga qaramay salbiy holatlar uchramoqda.

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari boshchiligida Yashnobod tumanidagi "Katta qo‘yliq" MFYsida sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jinoyatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holat yashirincha ikkinchi ayolga og‘zaki shariy nikoh tuzilishi bo‘lib, ikki oila o‘rtasida kelib chiqgan janjal natijasida qotillikka qo‘l urilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumot ishtirokchilarga yetkazildi.

Uchrashuvda tumanning hotin qizlariga oilada farzand tarbiyasida ota onaning roli va vazifalari tshuntirilib jamiyatimizda ayollarni ezozlash,gender tenglik va nikoh masalalarida ma‘lumotlar berildi.Oila muqaddas tshunchasi bejizga emasligi beparvolik ortidan ko‘ngilsizliklar kelib chiqishi mumkinligi takidlandi,

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #Yakkasaroy #Mirobod #Bektemir
#yashil_makon

🌱Shuningdek, loyiha doirasidagi xuddi shunday koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari poytaxtimiz boʻylab, jumladan, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlaridagi mahallalarda ham koʻtarinki tarzda davom etdi.

Bugun ekilayotgan ushbu koʻchatlar kelgusida ekologiyani muhofaza qilish, poytaxtimizning yashil hududini yanada kengaytirish va yurtimiz havosining musaffoligini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #saxovat_va_komak

🔷Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan saxovat koʻrsatilmoqda

Azaldan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularga mehr ulashish xalqimizning ezgu an’anasiga aylangan. Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida poytaxtimizning Yashnobod tumani "Katta Qoʻyliq" mahallasida istiqomat qiladigan yordamga muhtoj oilalar ahvoli oʻrganilib, ularga koʻmak berish maqsadida 70 nafarga yaqin fuqarolarga iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda yurtimiz tinchligi, xalqimiz salomatligi va yosh avlodning ilm-u salohiyatli insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun xayr-u duolar qilindi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bunday tadbirlar poytaxtimizning 4-sektor hududiga qarashli barcha mahallalarda oʻtkazib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashnobod #saxovat_va_komak

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligida poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan "Katta Qoʻyliq" mahallasining 70 nafarga yaqin aholisi uchun iftorlik dasturxoni tuzildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #yashil_makon

🌱Poytaxtimiz tumanlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi jadal davom etmoqda

Atrof-muhit hamda ob-havoning tozaligi insoniyat uchun eng zarur manbalardan hisoblanadi. Yurtimizning har bir qarich yeriga ekilayotgan daraxt ko’chatlari ekologiyamizning tayanchidir.

Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahar prokurori o'rinbosari hamda Yashnobod tumani sektor rahbarlari boshchiligida tumanning "Alimkent" mahallasiga 150 donadan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Shuningdek, har bir nihol to'g'ri unib-o'sib ketishi uchun tomchilatib sug'orish tizimi joriy qilindi.

Ma'lumot o'rnida, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkillashtirilgan bu kabi tadbirlar tumandagi 67 ta mahalla hududida olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#etirof
#Yashnobod
#mahallabay

🔷O'z kasbini sharaf deb bilganlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla soliq inspektorlarining faoliyati samaradorligini baholash, ularni erishilgan ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish va ularning mas’uliyatini belgilab borish tizimi joriy etilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

hususan Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi xodimi Davlat soliq bosh inspektori Sarimov Islomjonning bugun mehnatlari yuksak baholandi va munosib taqdirlandi.

Tumanning "Bog'bon" mahallasiga biriktirilgan I.Sarimov tizimdagi faoliyatiga hattoki bir yil to'lmagan bo'lsada, belgilangan vazifalarni mas'uliyat ila bajarib, egnidagi formani sharaf deb bildi. Aprel oyi yakuni bilan uning ish samaradorlik ko‘rsatkichi 96,7 foizga yetdi va bugungi kunda o‘z ishining chinakam peshqadami bo'ldi.

Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining tabrigi o'qib eshttirildi hamda xodimning mehnatlari munosib baholanib alohida minnatdorchilik sifatida Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Soliq xizmatida shijoat bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish davom etadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya #Yashnobod

🔷Korrupsiyasiz jamiyat quramiz

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 13-iyun kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Yashnobod tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#yashnobod #seminar #barqarorlik_reytingi #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷 Yashnobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 5-iyul kuni Yashnobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram