TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
11.9K photos
1.27K videos
64 files
4.77K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻ va tokzorlar uchun yer soligʻi oshiriladi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangibozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-151-son, 2024-yil 30-sentabr

Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

🔹Maxsus komissiyalar tomonidan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli deb topilgan bogʻ va tokzorlar egallagan maydonlar uchun yer soligʻi, agar shunday xulosa chiqarilgan kundan eʻtiboran 12 oy mobaynida ularning oʻrnida yangi bogʻ yoki tokzor tashkil etilmasa, 3 baravar oshiriladi.

Shu bilan birga, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi va Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Soliq qoʻmitasiga iqtisodiy samarasiz va kam hosilli bogʻ va tokzorlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar muntazam ravishda yuboriladi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2-modda va 75-modda

🔹Yangi bogʻlar barpo etish uchun payvandtagli mevali koʻchatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarini xorijiy davlatlardan (qoʻshni davlatlardan tashqari) olib kirilayotganda tashabbuskorlar QQSdan ozod etiladi.
__________
#новое_в_законодательстве

За непригодные и экономически неэффективные сады и виноградники будет повышен земельный налог

Принят Указ Президента "О дополнительных мерах по внедрению новых рыночных механизмов в агропромышленную сферу и созданию промышленных садов и виноградников в республике".
👉№ УП-151 от 30.09.2024 г.

Согласно документу с 1 января 2025 года:

🔹за площади, занятые садами и виноградниками, признанные специальными комиссиями непригодными и экономически неэффективными, в 3 раза повышается земельный налог, если в течение 12 месяцев со дня вынесения такого заключения на их месте не будет создан новый сад или виноградник.

При этом соответствующие информационные системы Агентства по развитию агропромышленности и Налогового комитета будут интегрированы. Данные по неэффективным и низкоурожайным садам и виноградникам будут регулярно направляться в Налоговый комитет.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

🔹за создание новых садов при импорте некоторых подвоев фруктовых саженцев и подвоев, привоев, маточного материала и техники из зарубежных стран (за исключением сопредельных стран) инициаторы освобождаются от НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-avgustdan
...

🔹2027-yil 1-yanvarga qadar turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi;

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#seminar #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasining mas'ul xodimlari hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining rahbar xodimlari bilan hamkorlikda o'quv dargohida tahsil olayotgan talabalarga soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirishlar hamda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Mazkur tadbirda yoshlarning savollariga batafsil javob berilib, kelgusidagi faoliyatlarida amaliy yordam berilishi aytib o'tildi. Bunday tadbirlar kelajakda yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xokkey federatsiyasi, xokkey maktablari va seksiyalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 baravar kamaytirildi

“Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi..
👉PQ-334-son, 23.09.2024-yil

Unga koʻra
:

🔹Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʻlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirildi. Amaldagi foyda soligʻi stavkasi 15%ni tashkil etadi;

👉BATAFSIL👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Mirobod tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirobod tumani hokimligida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to'rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarning mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga, tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho'basi barcha xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Mirzo Ulug'bek tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 7-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kollejida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to'rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda 2025-yilda qaysi soliqlar va ularning stavkalarida o'zgartirishlar kutilmoqda mavzusida. Qolaversa, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarning mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga, tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho'basi barcha xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
🔹01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
🔹barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-oktabrdan...

👉2028-yil 1-yanvarga qadar turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning 20 %ini qaytarish tizimi joriy etiladi.

👉2027-yil 1-oktabrga qadar Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida to‘lanadigan quyidagi soliq turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi:

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda kiritilgan o'zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish uchun Toshkent shahar Jamoatchilik bilan aloqalar va Yuridik sho'ba boshliqlari ishtirokida davra suhbati.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

👉BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram