TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.65K subscribers
14K photos
1.5K videos
83 files
5.87K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#shunday_bolishi_mumkinmi?

1 trln soʻmlik shartnoma: beeʼtiborlikmi yoki huquqbuzarlik?


Soliq sohasini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qoʻpol xato va kamchiliklarni barvaqt aniqlab, xufiyona iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda Soliq qoʻmitasi tomonidan mavjud maʼlumotlar bazasini raqamli tahlil qilish asosida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

Mazkur tizim hozirda ishlab chiqish jarayonida boʻlishiga qaramasdan, EHFni rasmiylashtirishdagi qoʻpol qonunbuzilish holatlarini aniqlab koʻrsatmoqda.

Masalan: «Alfa» MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) chorvachilik xoʻjaligi sifatida joriy yil iyul oyida roʻyxatdan oʻtib, faoliyatini boshlagan. Tadbirkor sifatidagi ilk shartnomasiga koʻra, salkam 1 trln soʻm, aniqrogʻi 896 mlrd soʻmlik (QQS – 96 mlrd soʻm) qora metall realizatsiyasi boʻyicha EHF rasmiylashtirgan.

Yana bir kompaniya – «Beta» MCHJ (nomi oʻzgartirilgan), asosiy faoliyati chakana savdo boʻlgani holda, EHF orqali 225 mlrd soʻmlik (QQS – 27 mlrd soʻm) qurilish materiallarini realizatsiya qilgan, biroq ushbu mahsulotlar amalda kirim qilinmagan. Shuningdek, rasman roʻyxatdan oʻtgan xodimlari va asosiy vositalari mavjud emasligiga qaramay, vositachilik asosida paxta tolasini qayta ishlash xizmatlari boʻyicha 11 mlrd soʻmlik (QQS – 1,2 mlrd soʻm) bir nechta EHF rasmiylashtirgan.

Maʼlumot uchun: EHFlarning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi hozirda test rejimida ishga tushirilgan va unda aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha hali biron jazo choralari qoʻllanilmagan.

___________
#разве_такое_возможно?

Договор на 1 трлн сумов: умышленное нарушение или халатность?

Реформы, проводимые в сфере цифровизации налоговой системы, способствуют заблаговременному выявлению грубых ошибок и нарушений, допускаемых субъектами предпринимательства, а также предотвращению теневой экономики.

В частности, в настоящее время Налоговым комитетом разрабатывается специальная информационно-аналитическая система для определения уровня риска электронных счетов-фактур (ЭСФ) на основе цифрового анализа существующей базы данных.

Несмотря на то, что данная система находится в стадии разработки, она уже позволяет выявлять грубые нарушения законодательства при оформлении ЭСФ.

К примеру: В июле текущего года ООО «Альфа» (название изменено) регистрируется в качестве животноводческого хозяйства. Своим первым договором в качестве предпринимателя оформляет электронный счет-фактуру (ЭСФ) на реализацию черного металла почти на 1 трлн сумов, а точнее – на 896 млрд сумов (НДС – 96 млрд сумов).

Еще одна компания – ООО «Бета» (название изменено), основным видом деятельности которой является розничная торговля, оформила через ЭСФ реализацию строительных материалов на 225 млрд сумов (НДС – 27 млрд сумов), но данный товар фактически не оприходован. К тому же несмотря на отсутствие официально зарегистрированных работников и основных средств, оформляет несколько ЭСФ на сумму 11 млрд сумов (НДС – 1,2 млрд сумов) за услуги по давальческой обработке хлопкового волокна.

Для справки: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

🔹Joriy yilning 28-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi, shahar Soliq boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi hamda shahar bojxona boshqarmasi mas'ul rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

So‘ngi yillarda shahrimizda tadbirkorlarning safi tobora ortib bormoqda. Shu maqsadda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolarga joyida yechim topib barqaror faoliyat yuritishlari uchun zamin yaratilmoqda.

Mazkur uchrashuvda tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi, ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrimlari bo‘yicha mas’ul ijrochilarga biriktirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
#korrupsiya #Shayxontoxur

🔹Korrupsiyaga — befarq bo'lmasligimiz kerak

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to'g'anoq bo'ladi. Ana shunday illat – korrupsiyadir.

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatimizda keng qamrovli tadbirlar olib borilib, jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisod #korrupsiya

Axborot 24 | Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👏2👍1👌1
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 8 trln so'mdan ziyod QQS qaytarilgan

2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 5 488 ta ariza bo‘yicha 3 272 ta tashkilotga 8,8 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar – TOP-3:
🔸Ishlab chiqarish - 5,9 trln so‘m;
🔸Xizmat ko‘rsatish - 956,2 mlrd so‘m;
🔸Transport xizmati - 641,4 mlrd so‘m.
__________
#цифровизация
#НДС

Налогоплательщикам возместили более 8 трлн сумов НДС

В январе-июне 2025 года 3 272 организации по 5 488 заявлениям возмещено более 8,8 трлн сумов НДС.

📊Отрасли с наибольшими суммами возмещенного НДС – ТОП-3:
🔸Производство - 5,9 трлн сумов;
🔸Оказание услуг - 956,2 млрд сумов;
🔸Транспортные услуги - 641,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mendeklaratsiyatopshirdim_challenge

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ham deklaratsiya topshirdi!

“Soliq” mobil ilovasidagi “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati san’atkor va ijrochilar uchun o‘z daromadlari bo‘yicha deklaratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkonini bermoqda.

Endilikda taniqli xonanda Ravshan Komilov ham ushbu imkoniyatdan foydalanib, yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani mobil ilova orqali taqdim etdi.

Deklaratsiya topshirish – bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki ochiqlik va halollik tamoyilining ifodasidir.


❗️Agar ijodkor deklaratsiyani mustaqil to‘ldira olmasa, ilova orqali administratorga vakolat (dostup) berish orqali jarayonni soddalashtirishi mumkin.

📲Soliq” ilovasini yuklab oling➡️ “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘limiga kiring ➡️ deklaratsiyani onlayn yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tv #Toshkent_shahri

Axborot 24 |Yangilanish shiddati | Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
Asosiy mezon - samaradorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan 30-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida Soliq qoʻmitasining navbatdan tashqari Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

✍️Unda, issiqxonalardan qisqartirilib sohalarga yoʻnaltirilgani tabiiy gaz sarfining samaradorligini oʻrganish, baholash va natijalari bilan tegishli xulosa tayyorlash maqsadida qoʻmitaning respublika Ishchi shtabi tashkil etildi.

Amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilanib, 4 ta ishchi guruhi tuzildi. Ularning asosiy vazifasi:

issiqxonalarni maxsus savolnomalar asosida toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ular bilan uchrashish, muammolarini aniqlash;

issiqxonalarning hisobi, yer maydoni, ishlab chiqaradigan mahsuloti, ishlatiladigan yoqilgʻi hajmi hisobi, elektron gaz hisoblagichlar integratsiyasini nazarda tutuvchi yagona elektron dashbord ishlab chiqish;

ishlatilgan tabiiy gaz hajmi samaradorligini sohalar boʻyicha baholash;

issiqxonalarga soliq majburiyatini bajarishga koʻmaklashish, jumladan qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarni tegishli qaror qabul qilingunga qadar ijroga qaratish muddatini oʻzgartirish orqali ularning hisob raqamlari harakatini barqarorlashtirish;

issiqxonalar faoliyatida mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Soliq qoʻmitasi Raisi va oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlari 31-iyuldan bevosita hududlarda ish olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yunusobod #korrupsiya

🔹Darhaqiqat, islohotlar yo'lidagi eng katta to'siq va g'ov — bu korrupsiyadir. Bugungi kunda ushbu illatga qarshi mamlakatimizda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari va Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida tumandagi tadbirkorlik subyektlari hududlarida targ'ibot tadbirlarini o'tkazib kelishmoqdalar.

Unda tadbirkorlar bilan suhbatlar o'tkazilib, korrupsiya holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus flayerlar tarqatilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
3🎉1
#issiqxona_xojaligi

Amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, Soliq qoʻmitasida tuzilgan Ishchi shtabi issiqxona xoʻjaliklaridagi muammolarni oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishni boshladi.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarga chiqib, issiqxona xoʻjaliklarining faoliyatidagi muammo va takliflar atroflicha oʻrganilmoqda. Jumladan, ushbu jarayonda tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini bajarishga yaqindan koʻmaklashilmoqda.

↗️ Xususan, Soliq qoʻmitasi tomonidan 3,3 mingta issiqxona xoʻjaligining har biri boʻyicha soliq qarzi va moliyaviy jarimalarni toʻlash muddati ularning shaxsiy hisob kartochkalarida uzaytirilib, tijorat banklaridagi hisob raqamlari harakati barqarorlashtirilmoqda.

Joriy yilning 31-iyul soat 15:00 holatiga 2 644 ta subyekt boʻyicha 449,7 mlrd soʻmlik soliq toʻlovlari muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qolgan subyektlar boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda va bugun yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2 490 ta xoʻjalik subyektiga tegishli 2 831 ta obyekt boʻyicha 8,7 ming gektar yer maydoni sanoat toifasidan qishloq xoʻjaligi toifasiga oʻtkazildi. Natijada ularning ixtiyorida 48,8 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.

🧮Bu oʻz navbatida sohada faoliyat koʻrsatayotgan biznes subyektlari aylanma mablagʻlarini koʻpayishi va iqtisodiy holatining yaxshilanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM