TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.86K subscribers
12K photos
1.27K videos
67 files
4.81K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Mirzo_Ulugbek

🔷Davlat budjetiga soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasida ham Toshkent shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig'ining o'rinbosari hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va bartaraf etishda sustkashlikka yo'l qo'ymaslikka alohida urg'u qaratildi.Budjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish, yashirin iqtisodni oldini olish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#stol_tennisi #Mirzo_Ulugbek

🔷Stol tennisi musobaqalari

🔸Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida stol tennisi boʻyicha mahallalar aro ochiq musobaqa tashkil etildi. Unda tumandagi mahallalardan 90 nafar oʻgʻil qiz havaskor sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqada gʻolib va sovrindorlarni Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ullari Tuman soliq inspeksiya boshlig'i va stol tennisi Toshkent shahar ijrochi direktori taqdirladi.
Musobaqa gʻoliblari keyingi bosqich yoʻllanmasiga ega bo'ldilar.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #korrupsiya

🔹Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga katta to'siq unga qarshi birga ko'rashamiz

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.

Bu borada mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Mirzo Ulug'bek tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Mirzo Ulug'bek tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Obodonlashtirish #Mirzo_Ulugbek

🔹"Obod-xonadon, obod-ko'cha, obod-mahalla"

🔸Xalq manfaatini o‘ylash, uning dardi bilan yashash mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda bugungi kunda har bir rahbar mas'uldir.

Joriy yilning 21-avgust kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanida aholini kayfiyatiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvda Mirzo Ulug'bek tumanidagi 70 ta mahallaga biriktirilgan mas'ullar, mahalla raislari, 4 ta sektor rahbarlari va ularning ma'sul xodimlari ishtirok etishib bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz

Joriy yilning 30-sentabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Nodirabegim, Bog'imaydon mahallalarida sodir etilgan og'ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig'ilishda yuqorida qayd etilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan nima sababdan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha tushunchalar berilib, mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir hududida ehtiyojmand oilalarga ko'maklashish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan. Joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Xususan, ushbu mahallada yashovchi Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan G.Axmedova va D.Norbekovalarga doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun o'zini-o'zi band qilish maqsadida so'ralgan buyumlar yetkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#saxovat_va_komak

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar holidan xabar oldi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan B.Tosheva holidan xabar oldi.

Boshqarma boshlig'i tomonidan ushbu fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi o'zini-o'zi band qilish maqsadida ishga joylashtirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek

🔹“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosi ta'minlanmoqda.

Bu borada Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i o'ziga biriktirilgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi Buyuk ipak yo'li mahallasida yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan navbatdagi oilalar holidan xabar oldi.

Ushbu mahallada yashovchi A.Urdashovaga o'zini-o'zi band qilish maqsadida tadbirkorlik qilishga yordam berildi. Shuningdek, yana bir fuqaro D.Nurmuxammedovaning turmush o'rtog'i doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi uchun ishga joylashtirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷Mirzo Ulug'bek tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 7-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kollejida Toshkent shahar soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qo'llanilishini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to'rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda 2025-yilda qaysi soliqlar va ularning stavkalarida o'zgartirishlar kutilmoqda mavzusida. Qolaversa, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar va qo'shimchalarning mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga, tuman soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho'basi barcha xodimlarga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek #soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot

Mirzo Ulug'bek tumani Soliq inspeksiyasida tuman hokimi B.Gaibnazarov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Haydarov hamda Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Maxmadustovlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Inspeksiya shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etishib, soliq to'lovchilarning muammolarini joyida bartaraf etish, faoliyati vaqtincha to'xtab qolgan tadbirkorlik subyektlariga ko'mak ko'rsatib faoliyatlarini qayta tiklash, ularga soliqchi-ko'makchi tamoyili asosida amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Tadbirda soliq tushumlari rejasini bajarilishi ahvoli, soliq prognozi ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash, mamlakat budjetiga soliqlarni sifatli undirilishini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi kamchiliklar muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirzo_Ulugbek
#kuz_qish

Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazamiz

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi “Toshkent shahri iste'molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta'minlashni yanada yaxshilash to'g'risida”gi 259-son qarorini ijrosi bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda aholini energiya resuslariga bo'lgan talablarini o'rganish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rish maqsadida Mirzo Ulug'bek tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Bu borada Mirzo Ulg'bek ko'chasida Lafarga 110/35/10 kv podstantsiyasi 1965 yil ishga tushirilgan bo'lib, "TURONELEKTROMONTAJ" pudratchi tashkilot tomonidan kuch transformatori T-2 quvvati 40.000 kVA o'rniga 63.000 kVA almashtirildi hamda 110/35/10 kV qurilmalar o'rnatilib ishga tushirilgan. Shuningdek mazkur hududda SV-A-10 kV o'chirgich retrofit ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek
#kuz_qish

Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazamiz

🔹Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig'i tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda aholini energiya resuslariga bo'lgan talablarini o'rganish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rish maqsadida Mirzo Ulug'bek tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram