TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.5K photos
1.33K videos
74 files
5.12K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #uchrashuv #yashirin_iqtisodiyot #barqarorlik_reytingi

🔷Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i poytaxtimizda joylashgan "Bektemir kichik sanoat zonasi"da ish olib boradigan 14 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularni o'ylantirgan mavjud muammo va takliflarni o'rgandi.

🔹BATAFSIL🔹

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #obod_mahalla #4_sektor

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar zamonaviy qiyofa aks etib bormoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i hamda Bektemir tumani sektor rahbarlari bilan birgalikda tumanning "Zabardast" mahallasida bo'lib, u yerda "Obod xonadon - Obod koʻcha - Obod mahalla" mezoni asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni hamda mas'ullarga aholi qulayligini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shunga binoan, boʻsh va qarovsiz turgan yer maydonlaridan unumli foydalangan holda tadbirkorlik subyektlariga biriktirish, noqonuniy ravishda oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni tartibga keltirish, maktab va bog'chalarni kapital ta'mirlash, koʻp qavatli uylarning taʼmir talab tom va yertoʻla qismlarini rekonstruksiya qilish hamda aholini elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki ko'chalarni asfaltlash, kanalizatsiya quvrlari yotqizish kabi vazifalar belgilab olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bektemir #obod_mahalla #4_sektor

Prezidentimiz tashabbusi bilan mutasaddilar boshchiligida olib borilayotgan islohotlar natijasida poytaxtimizdagi tuman va mahallalar zamonaviy qiyofa aks etib bormoqda. Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'i rahbarligida 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish va aholini rozi qilish bo'yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

BATAFSIL

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #muhokama

🔷Jinoyatchilikka qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent shahar Bektemir tumani 4-sektor rahbari tomonidan Oltintopgan mahalla idorasida mahallada sodir bo'lgan jinoyatlar yuzasidan "Jinoyat muxokamasi" yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda mahalla raisi. profilaktika inspektori, mahalladagi yoshlar hamda faollar ishtirok etishdi ,

Yig'ilish davomida mas'ullar tomonidan mahallada sodir etilayotgan jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha tushunchalar berilib, hamda mahalla yettiligi, aholi faollari va yoshlar bilan o‘zaro fikr almashildi. Ushbu yig'ilishdan maqsad kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bilan bir qatorda aholining bo‘sh vaqtini unumli ishlarga jalb qilish, xalqimizning tinch-totuv, erkin va farovon yashashlariga xizmat qilishga qaratilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

🔹Korrupsiyasiz jamiyat sari yo'l.

Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Bektemir tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Targ'ibot tadbirida tadbirkorlar bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#obodonlashtirish
#Olmazor #Bektemir

Toza hudud sari barchamiz mas'ulmiz......

❇️Yurtimizda tuman va mahallalar obodligini ta'minlash, ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab keng ko'lamli obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar Olmazor tumani Orzu mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida hududdagi maydonlarga maysa to'shamalari to'shalgan bo'lsa, Shifokorlar va Zamondosh mahallalarida kommunal muammolar bartaraf etilib, kuz-qish mavsumiga avvaldan tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Qolaversa, Bektemir tumani Oltintopgan mahalla hududidagi ko'p-qavatli uylarning atroflarini qurib qolgan shox-shabbalardan hamda chiqindilardan tozalanmoqda.

Bu kabi xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash – Davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil

🔹
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan bir bo'lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko'plab mamlakatlarini qamrab olmoqda.

Xozirgi paytda respublikamizda ham korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Bektemir tumanidagi savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #korrupsiya

🔷Korrupsiya bu illat

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan,Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi xodimlari Bektemir tumani soliq inspeksiyasi mas'ullari bilan birgalikda Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Bektemir tumanidagi gavjum savdo majmualarida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib,ularga tashkil etilgan aloqa kanallari va ishonch telefonlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#4_sektor
#obodonlashtirish
#Uchtepa #Bektemir

Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki

Halqimiz farvonligi yo'lida mahallalar obodligini ta'minlash hamda ularni zamonaviy ko'rinishga keltirish uchun shahrimiz bo'ylab muntazam xashar va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan 4-sektorga biriktirilgan hududlar bo'ylab yuqori darajada obodonlashtirish ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani Vatan mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha va obod mahalla" dasturi asosida sektor rahbari tomonidan obodonlashtirish ishlari bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berilib, ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Bektemir tumani Oltintopgan mahallasida obodonlashtiish ishlari olib borilib mahalla hududi chiqindilardan tozalanmoqda.

Mana shunday xayrli ishlar 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda olib borilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Bektemir #Olmazor
#Mirzo_Ulugbek #Uchtepa #Chilonzor
#obodonlashtirish

Tozalik va obodlik ko'ngildan boshlanadi

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bektemir tumani soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan Musaffo mahallasida mahalla yettiligi hamda ishchi guruh a'zolariga “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Olmazor tumani Xislat mahallasida Toshshaharnur xodimlari tomonidan elektr yoritgichlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanida ham sektor rahbari tomonidan H.Abdullayev va Shahriobod mahallalarida mahalla yettiligi hamda boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlariga topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi rahbari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida Nayman mahallasida obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

Qolaversa, Chilonzor tumani Katta Do'mbirobod mahallasida ham hudud obod bo'lib, chiqindilardan tozalanmoqda.

Har kuni shahrimizdagi 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ishlar yuqori darajada tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram