TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.67K subscribers
13.9K photos
1.49K videos
82 files
5.83K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Yakkasaroy

🔷Soliq tushumlari

Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Shuningdek, tadbirda ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlar ogohlantirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
1
#Soliq_tushumlari #yashirin_iqtisodiyot #Yunusobod

🔷Soliqlarni sifatli undirish chora tadbirlari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yunusobod tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish hamda soliq bazalarini ko'paytirib mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Soliq_tushumlari #Korrupsiya #yashirin_iqtisodiyot #Olmazor

🔷Soliq tushumlari

Olmazor tumani soliq inspeksiyasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Ganiyev hamda Poytaxt soliq boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari J.Maxmadustov boshchiligida shaxsiy tarkib xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda byudjetga soliqlarni sifatli undirish, soliq ma'murchiligini salmog'ini kengaytirish mahallabay tizimida ish samaradorligini ko'tarishga katta e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Tadbir davomida ish faoliyatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo'ymaslik to'g'risida barcha xodimlarga tushuntirildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#korrupsiya
#seminar
#yashirin_iqtisodiyot

🔷Korrupsiya kelajakka tahdid!

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi hamda Yuridik sho'basi mas'ullari tomonidan Soliq texnikumida “Korrupsiya va uning oqibatlari” hamda “Korrupsiya uchun jazo muqarrar” mavzularida o'quv seminari o'tkazildi.

Seminarda o'quvchilarga kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir fuqaro masʼul ekanligi, yashirin iqtisodiyotga yo'l qo'ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek mas'ullar tomonidan amaliyotda uchrab kelayotgan korrupsiyaviy holatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Kuryerlar ham soliqqa tortiladimi?


Mubin Mirzayev:

Maqsad hamma daromad olayotganlardan soliq olish emas, birinchi o‘rinda aholini rasmiy ish bilan taʼminlab, daromad manbayiga ega qilish.

Ayrim faoliyat turlari bilan o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bo'lib ro'yxatdan o'tgan holda shug'ullanish mumkin. Ular 100 mln so‘mgacha daromadlaridan soliqdan ozod, ushbu summadan oshsa soliq to'lovchi bo'ladi.

__________
#теневая_экономика

Будут ли платить налоги курьеры?

Мубин Мирзаев:

Цель состоит не в том, чтобы собрать налоги со всех получателей доходов, а в первую очередь в том, чтобы обеспечить население официальной занятостью и источником дохода.

Некоторыми видами деятельности можно заниматься, зарегистрировавшись в качестве самозанятого гражданина. Они освобождаются от налога на свои доходы до 100 млн сумов, а если превышают эту сумму, становятся налогоплательщиками.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#yashirin_iqtisodiyot #Chilonzor

Soliq tushumlari

Chilonzor tumani hokimligida tuman hokimi S.Xolxo'jayev, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.G'aniyev, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Maxmadustovlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda budjet tushumi, soliq qarzdorligi, belgilangan rejaning amaldagi ijrosi yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

Amalga oshirilgan ishlar qayd etilib, belgilangan yillik rejani bajarish, budjet tushumini ko'paytirish, qo'shimcha manbaalarni aniqlash, belgilangan yillik rejani o'z vaqtida bajarish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilanib olindi. Bundan asosiy ko'zlangan maqsad yashirin iqtisodni oldini olish hamda tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatishdir.

Manba: ✍️Chilonzor tuman hokimligi Matbuot xizmati...

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
#yashirin_iqtisodiyot

Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda


AAA toifasidagi korxonalarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmayapti. Ortiqcha to‘langan (salbiy farq) QQS 1 kun muddatda qoplab (qaytarib) berilyapti.

2024-yil 20-avgust holatiga “AAA” toifadagi 317 ta tadbirkorlik subyektiga 513,8 mlrd so‘m QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lov 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz qaytarilgan.

2024-yil 22-oktabr holatiga “AAA” toifadagi 775 ta tadbirkorlik subyektiga 1 242,7 mlrd so‘m QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lov 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz qaytarilgan.

Quyi toifadagi tadbirkorlarning reytinglarini ko‘tarishga tushuntirishlar orqali yordam beriladi.

Lekin shu bilan birga, ayrim holatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilmagan yoki umuman xarid qilinmagan tovarlarga EHF rasmiylashtirib, QQSni sunʼiy hisobga olish (zachet) holatlari uchrab turibdi, - Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.


Hozirgi kunda huquqni suiisteʼmol qilish, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari yuzasidan 100 ga yaqin korxonalarda jami 400 mlrd so‘m QQS summasini qoplab berilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Amalda Soliq kodeksiga asosan ortiqcha to‘langan soliqlar 15 kun ichida qaytariladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi (AAA, AA va A toifa) 355 ta tadbirkorlik subyektlarinining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Tadbirkorlik subyekti xarid cheki bermasdan savdo qilsa yoki xizmat koʻrsatib tushum pulini kirim qilmadimi, demak, u soliq toʻlashdan boʻyin tovlayapti.

Soliq kodeksining 22-moddasida tovar va xizmatlar realizatsiya qilinganida unga chek berish soliq toʻlovchining majburiyati etib belgilangan.

Aks holda soliq huquqbuzarligi sodir etilgan boʻladi va SK 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminallarining qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek, hisob-kitob terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik, deb baholanadi.

Bunday holatda tadbirkorlik subyektiga 5 million soʻm, huquqbuzarlik yil davomida qayta takrorlanganida esa 10 million soʻm miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

Maʼlumot uchun, joriy yilda xuddi shunday holat boʻyicha soliq organi xodimlari tomonidan 3 mingdan ziyod sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilgan.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #JShODS

Biron tashkilot yoki korxonaga ishga kirganingizda
🤝 Siz bilan qonuniy mehnat shartnomasi tuzmasdan,
📨 ish haqingizni konvert usulida berishyaptimi?

"Menga oyligimni bersa boʻldi, nima farqi bor" deb oʻylaysizmi?

⚠️Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani #yashirin_iqtisodiyot

Mubin Mirzayev:


2025-yilda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Eng asosiy ustuvor vazifa xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan. Bunda sogʻlom raqobatni buzgan holda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, turli xil koʻzboʻyamachilik shartnomalarini tuzish orqali soliqlardan qochayotgan soliq toʻlovchilarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads