TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.9K subscribers
12.5K photos
1.33K videos
74 files
5.1K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Bektemir #Olmazor
#Mirzo_Ulugbek #Uchtepa #Chilonzor
#obodonlashtirish

Tozalik va obodlik ko'ngildan boshlanadi

🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig'ining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bektemir tumani soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan Musaffo mahallasida mahalla yettiligi hamda ishchi guruh a'zolariga “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida kerakli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Olmazor tumani Xislat mahallasida Toshshaharnur xodimlari tomonidan elektr yoritgichlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanida ham sektor rahbari tomonidan H.Abdullayev va Shahriobod mahallalarida mahalla yettiligi hamda boshqaruv servis kompaniyalari ishchi xodimlariga topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda.

Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi rahbari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida Nayman mahallasida obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

Qolaversa, Chilonzor tumani Katta Do'mbirobod mahallasida ham hudud obod bo'lib, chiqindilardan tozalanmoqda.

Har kuni shahrimizdagi 4-sektorga qarashli barcha mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" dasturi asosida ishlar yuqori darajada tashkil etilmoqda.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Ozbekiston_2030

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: rivojlanishning aniq maqsadlari va muhim vazifalar ijrosi muhokama
qilindi

Soliq qoʻmitasida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar avvalida ishtirokchilariga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va har bir jabhada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, amalga oshiriladigan islohotlarda davlat idoralari bilan bir qatorda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham zarur ekanligi qayd etildi.

Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan

Go‘zal tashbehlar go‘zal fikrga yarashib, uni avaylab turadi.

Viktor Gyugo

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#deklaratsiya

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etiladi?


Soliq toʻlovchi soliq toʻlash maqsadida jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etsa, toʻlanadigan soliq summasi real vaqt rejimida uning shaxsiy kartochkasida avtomatik ravishda shakllanadi.

Bunda, taqdim etilgan deklaratsiya soliq organi tomonidan rad etilmasdan qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 82-modda

Soliq toʻlovchilar JShODS boʻyicha qoʻllaniladigan imtiyozlarni deklaratsiya taqdim etish orqali qaytarib olishi mumkin.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda;
▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda.
👉 VMQ-601-son 15.11.2023

Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya “my3.soliq.uz” saytidagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
👉“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya” elektron xizmatidan foydalanish yuzasidan qo‘llanma
__________
#декларация

В каких случаях физлицам может быть отказано в применении льготы по налогу на доходы?

Если для целей налогообложения налогоплательщик представит в электронном виде декларацию о совокупном годовом доходе, то подлежащая уплате сумма налога в режиме реального времени автоматически формируется в лицевой карточке.

При этом налоговый орган не вправе отказать в принятии декларации о совокупном годовом доходе, представленной налогоплательщиком.
👉 ст.82 НК

Также налогоплательщики могут воспользоваться льготой по налогу на доходы физических лиц, подав декларацию.

В применении льготы по налогу на доходы может быть отказано в следующих случаях:
▫️неустранения заявителем ошибок и недостатков в заявлении (декларации) и прилагаемых к нему документах в течение установленного срока (5 рабочих дней);
▫️представления поддельных документов;
▫️применения ранее льготы по налогу на доходы.
👉ПКМ № 601от 15.11.2023 г.

Отклоненные декларации принимаются налоговыми органами при их повторном представлении с устранением недостатков.

К сведению. Декларацию о совокупном годовом доходе
можно подать через персональный кабинет налогоплательщика на сайте my3.soliq.uz.
👉Инструкция по использованию электронной услуги "Декларация о совокупном годовом доходе физлиц"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining muammolari va ularning yechimlari yuzasidan takliflar tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Sog’liqni saqlash vaziriligi, Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
_____
#встреча

В эти минуты в Ташкенте проходит открытая встреча с предпринимателями сферы здравоохранения и фармацевтики


На мероприятии обсуждаются проблемы субъектов предпринимательства, осуществляющих деятельность в данных отраслях, рассматриваются предложения по их решению.

Во встрече участвуют председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, представитель Бизнес-омбудсмана Дилмурод Касимов, руководители Министерства здравоохранения, Агентства по развитию фармацевтической отрасли и других соответствующих министерств и ведомств.

📡 Трансляция прямого эфира доступна на платформе YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_kodeksi

26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari

209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish to‘g‘risidagi va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar

🔹O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar to‘g‘risida xabardor qiladi:

Chet el yuridik shaxsi faoliyatida o‘zining ishtirok etishi to‘g‘risida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish haqida);
chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalar haqida.

👉BATAFSIL 👈

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#ONKM

Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, — yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram