TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.89K subscribers
12.6K photos
1.33K videos
74 files
5.16K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#sergeli #seminar #barqarorlik_reytingi #qonunchilikdagi_yangiliklar

🔷 Sergeli tumanida soliq to'lovchilar uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 4-iyul kuni Sergeli tumani soliq inspeksiyasida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-chi qaroriga asosan hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ularni muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruh tuzildi hamda sayyor qabul tashkil etildi, tadbirkorlarning murojaatlari yechimi bo'yicha takliflar Respublika shtabiga taqdim etish uchun qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Tadbir davomida Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash yuzasidan tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi

🔹Soliq hisobotini taqdim etish tartibi qanday?

🔸Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram