TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.72K subscribers
13.5K photos
1.46K videos
80 files
5.66K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#keshbek #mobil_ilova #ONKM_chek

Xarid uchun keshbek

Xarid summasidan 1% keshbek olish uchun “Soliq” mobil ilovasida (Android/iOS/Harmony OS) onlayn nazorat kassa texnikalaridan berilgan fiskal cheklarni ro'yxatdan o'tkazish lozim.

❗️Fiskal chek quyidagilarni o'z ichiga oladi:
✔️ tadbirkorlik subyekti nomi va STIR (YATTlar – JSHSHIR)
✔️ berilgan sana va vaqti
✔️ MXIK (tovar va xizmatlarning identifikatsiya kodi)
✔️QQS summasi
✔️to‘lov turi (naqd/bank kartasi orqali/aralash)
✔️ fiskal modulning takrorlanmaydigan raqami
✔️ fiskal belgi
✔️ 30 x 30 mm o‘lchamli QR-kod

* va boshqa tegishli ma‘lumotlar

👉 Batafsil VMQ-943 7-b.1-ilova

❗️To'lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirishdan qat'iy nazar xaridorga fiskal chek berilishi kerak.

👉PF-5813-son 09.06.2019 yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONKM

Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, — yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram