Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
525 subscribers
5.72K photos
315 videos
3 files
1.1K links
Download Telegram
#ishchi_guruh
#birinchi_kun
#Surxondaryo

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan bugun Uzun, Sariosiyo, Denov 2-son hamda Sho’rchi tumanlaridagi ixtisoslashtirlgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube