Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
531 subscribers
6.39K photos
394 videos
3 files
1.26K links
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yil ichida ilk bor Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

Kotrina Kulbite shogirdlari saralash doirasida 🇱🇰Shri-Lankani 10:0, 🇱🇦Laosni 7:0 hisobida mag‘lub etishdi. So‘nggi turda esa dramatik kechgan bahsda 🇳🇵Nepal ayollari ustidan penaltilar seriyasida g‘alabaga erishishdi (asosiy vaqtda 3:3).

Shu tariqa ayollar terma jamoamiz 23 yillik tanaffusdan so‘ng, qit'aning eng nufuzli turnirida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Yana bir tarixiy natija!


👉 @xushnudbek 👈
👏52🔥2
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
4👍2
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz
📣 DIQQAT E'LON!

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan PEDAGOG kadrlar diqqatiga!
🔔 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

⚡️Robototexnika va sun'iy intellekt fanidan pedagog kadrlarni tanlov asosida ISHGA TAKLIF ETADI!
(Robototexnika bo'yicha sertifikatga ega informatika, fizika va texnologiya fani o'qituvchilari)

📆 Hujjatlarni 15-iyuldan job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati (agar mavjud bo'lsa).

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

Muroajaat uchun tel. raqami: 77-027-60-00
1
#Denov tuman 2-IMI

“ DOLZARB 90 KUNLIK AMALDA ”
"FUTBOL" MUSOBAQASI

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida “Futbol" musobaqasi tashkil etildi. 
        
🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
👏2🥰1
#Denov tuman 2-IMI

“ DOLZARB 90 KUNLIK AMALDA ”
"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI

   Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida “Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
         
🤩21
#Denov 2-IMI

“ DOLZARB 90 KUNLIK AMALDA ”
"HAR 10 KUNDA BIR KITOB"

   Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  yozgi ta'til davrida o'quvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida “Har 10 kunda bir kitob” shellenjji hamda kitobxonlik to'garagi tashkil etildi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
         
😁51👏1🤩1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini oʻzaro integratsiya qilishga doir muhim vazifalar muhokama qilindi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida taʼlim tizimini integratsiya qilish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar ijrosiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, mazkur vazirliklar masʼullari, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining kuni kecha eʼlon qilingan tegishli Farmoniga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan Eʼzoza Karimova jamoaga tanishtirildi.


Yigʻilishda taʼlim tizimini barcha boʻgʻinini oʻzaro integratsiya qilgan holda yangi sifat bosqichiga olib chiqish va uni samarali tashkil qilishga doir aniq vazifalar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim standartlari xalqaro meʼyor talablariga muvofiqlashtirilib, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarining oʻzaro uzviyligi taʼminlanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2009

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM