Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari
522 subscribers
5.67K photos
312 videos
3 files
1.1K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Shu kunlarda mamlakatimiz boʼylab ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat koʼrsatayotgan matematika va kimyo fanlari oʼqituvchilari oʼrtasida Respublika olimpiadasining tuman, shahar va viloyat bosqichlari oʼtkazilyapdi. Termiz shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tanlovning hududiy bosqichi doirasida navbatdagi bilimlar bellashuvi bo'lib o'tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Termiz shahrida "Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#ishchi_guruh
#birinchi_kun
#Surxondaryo

Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan bugun Uzun, Sariosiyo, Denov 2-son hamda Sho’rchi tumanlaridagi ixtisoslashtirlgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Surxondaryo_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024

Ota-onalar uchun yanada qulaylik!

🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyalari:
📍Termiz shahridagi Prezident maktabi
📍Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida barpo etilayotgan obyektlarga tashrif buyurdi.

Xususan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo viloyati filiali binosi, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida turar joylar, ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari hamda maktablar uchun qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi bilan tanishildi.

➡️Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2212

#Surxondaryo #qurilish #turarjoylar #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Denov Gavhari (Zuxriddin Raxmatov)
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

📌 Xabaringiz bor, mustaqillik bayramiga tuhfa sifatida “Men ham harbiy bo’laman” kitob-albomini nashr qilingan edi.

🔹 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Denov tuman boʻlinmasi hamda Denov tuman 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda mazkur kitob-albom taqdimotini o’tkazdik.

❇️ Unda maktabning ,,Vatan tayanchi bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakatiʼʼ otryadi aʼzolari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

O’ylaymanki, bu kitob yoshlar qo’lidan tushmay o’qiladi, kutubxonalardan joy oladi va tom ma’noda vatanparvar avlod tarbiyalash yo’lida qo’llanma ham bo’ladi.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇
https://t.iss.one/Denovgavhar
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

📌 Xabaringiz bor, mustaqillik bayramiga tuhfa sifatida “Men ham harbiy bo’laman” kitob-albomini nashr qilingan edi.

🔹 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Denov tuman bo'linmasi va Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Denov tuman Hayrabod garnizonida joylashgan 36691 harbiy qismda "Men harbiy boʻlamanʼʼ kitob-albom taqdimoti oʻtkazildi.

❇️ Unda harbiylar ,,Vatan tayanchi bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakatiʼʼ otryadi aʼzolari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

O’ylaymanki, bu kitob yoshlar qo’lidan tushmay o’qiladi, kutubxonalardan joy oladi va tom ma’noda vatanparvar avlod tarbiyalash yo’lida qo’llanma ham bo’ladi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
#Jarayon
#Respublik_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

Bugun Denov tumanidagi Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan "Afrosiyob" bogʻida O‘zbek tili bayramining 35-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbiri Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi. Tadbirda Denov tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, oliy ta'lim, Maktab va Maktabgacha ta'lim tashkiloti, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Bayram tadbirida Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini  ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, olimlar, tilshunoslar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Denovgavhar
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 8-, 13-, 27, 45- va 56-sonli maktablarda ta’lim jarayonlari, biriktirilgan oliygohlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimotlari, 29-sonli bog‘chada bolalarni sog‘lom ovqatlantirish sharoitlari hamda “Bobur” oilaviy shifokorlik punktinining aholi salomatligini asrash borasidagi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2286

#Surxondaryo #maktab #bogcha #tibbiyot #talim #soglomovqatlanish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
09:00  30.11.2024

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAGIMIZGA DAXLDOR EZGU HARAKAT

#Surxondaryo

muxbir: Sobit Qaynarov

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_seminari
#direktorlar_kengashi
#Surxondaryo_viloyati

📌Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi hamda Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi umumta’lim muassasalari direktorlari uchun “Ta’lim muassasalarida sifat menejmenti: Zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudayberdiyev hamda
Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi raisi E.Isaqova ochib berdi.

📝Ushbu seminar bir nechta sho‘balarda tashkil etilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimiga aloqador so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmon, qarorlari, hukumat qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🔗Qolaversa, ta’lim muassasasini samarali boshqarish, liderlik ko‘nikmalari shakllantirish, odob-axloq qoidalari haqida ham alohida sho‘balarda mashg‘ulotlar olib borildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrifi davomida ikkita tibbiyot muassasasining yangilangan binosini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etib, viloyat bo‘yicha tibbiyot va ta’lim maskanlari ta’miriga start berdi. Shuningdek, maktab va texnikumlar faoliyati hamda sanoatlashgan bog‘ va uzumzor tashkil etish loyihasi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2316

#Surxondaryo #tibbiyot #maktab #politexnikum #invitro #sanoatlashganbog

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X