Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.6K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Uchinchi “Ustozlar milliy forumi”da surxondaryolik pedagoglar faol qatnashmoqda

▶️ Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy III “Ustozlar Milliy forumi” Toshkent viloyatidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo’lib o’tmoqda.

🔼Ushbu tadbir yangi o’quv yili oldidan ilg’or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish maqsadida har yili o’tkaziladi.

🖥Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat kabi yo’nalishlarni qamrab olgan. Trening mashg’ulotlari
2 kun davom etadi.

✔️Forumda Surxondaryo viloyatidan 14 nafar faol va tajribali o‘qituvchilar qatnashmoqda.

#Ustozlarforumi #Surxondaryo #treninglar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏2🔥1🎉1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uchinchi “Ustozlar milliy forumi”da surxondaryolik pedagoglar faol qatnashmoqda

▶️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy III “Ustozlar Milliy forumi” Toshkent viloyatidagi “Renessans” bolalar oromgohida bo’lib o’tmoqda.

✔️Forumda Surxondaryo viloyatidan 14 nafar faol va tajribali o‘qituvchilar qatnashmoqda.

🎤Batafsil videolavhada.

#Ustozlarforumi #Surxondaryo #treninglar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🎉1👌1🕊1
⚡️Surxondaryolik pedagoglarning sohadagi xizmatlari e'tirof etildi

✔️Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida III "Ustozlar milliy forumi"ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bir guruh ustozlarga "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlarini topshirdi.

🏅Taqdirlanganlar orasida surxondaryolik pedagoglar ham bor:

💐Soliya Tangirova - Angor tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi

💐Saodat Axmedova - Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


⚡️Ushbu yutuq bilan ustozlarimizni qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#Ustozlarforumi #taqdirlash
#Xalqtalimialochisi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥32🥰1🎉1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21🥰1👏1
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

🔼"Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostidagi an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi" bugun Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida bo‘lib o‘tdi.

➡️Forum avvalida san’at va sport, "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari, kitobxon va rassom, ijodkor va san’atkor yoshlarning ijodiy chiqishlari, shuningdek, maktab darsliklari, "Prezident sovg'alari", maktab formalari ko'rgazmalari namoyish etildi.

ℹ️Tadbirda viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov ishtirok etib, o'qituvchilar va o'quvchilar bilan suhbatlashdi. Viloyat rahbari ta'lim tizimidagi ilg'or o'zgarishlarga hissa qo'shayotgan pedagoglarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

#Ustozlarforumi #korgazma

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1🥰1🎉1👌1
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

📊Milliy forumda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan 700 dan ortiq muallimlar orqali vohamizdagi barcha pedagoglarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Shuningdek, tizimda so‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, viloyatdagi 961 ta maktabda qariyb 533 ming o‘quvchiga 47 mingdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim-tarbiya berib kelayotgani hamda ularning 3 547 nafari oliy toifali o‘qituvchilar ekani, bu ko‘rsatkich so‘nggi yetti yilda qariyb to‘rt barobarga oshganligini ta’kidladi.

➡️Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

ℹ️Taqdirlash marosimida sohada ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.

✔️Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

#Ustozlarforumi #taqdirlash #konsertdasturi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏21🔥1🥰1🎉1
📉III "Ustozlar milliy forumi" treninglar bilan davom etdi

Forum doirasida:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli,
darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli,
aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish,
o‘quvchilarda muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda treninglar olib borildi.


➡️Treninglarda 15 ta sho'bada 309 nafar o'qituvchilar ishtirok etishdi.

🖥Ma’lumot o‘rnida: forum doirasidagi mahorat darslari 23-24-avgust sanalarida tuman (shahar)lar miqyosida, 27-30-avgust sanalarida esa barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

#Ustozlarforumi #seminar #mahoratdarslari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

➡️Forum doirasida san’at va sport, "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari, kitobxon va rassom, ijodkor va san’atkor yoshlarning ijodiy chiqishlari, shuningdek, maktab darsliklari, "Prezident sovg'alari", maktab formalari ko'rgazmalari namoyish etildi.

➡️Ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

➡️Shuningdek, 15 ta sho'bada 309 nafar o'qituvchilar ishtirokida seminar-treninglar o'tkazildi.


#Ustozlarforumi #taqdirlash #konsertdasturi
#korgazma #treninglar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
☄️III "Ustozlar milliy forumi"ning shahar va tuman bosqichlari boshlandi

➡️Bugun viloyatimizning barcha hududlarida an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi"ga start berildi.

✔️Forum doirasida 15 ta sho‘bada pedagoglar uchun seminar-trening va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bunda ustozlar bilim va mahoratlarini oshirish barobarida o‘zaro tajriba ham almashishmoqda.

🔔Shuningdek, forum doirasida hududlardagi ta'lim tizimida alohida o'rnak ko'rsatib kelayotgan o'qituvchi-murabbiylar munosib taqdirlanmoqda.

#ustozlarforumi #seminar #taqdirlash #hududlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🥰2👏1🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

🔼"Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostidagi an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi" Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida bo‘lib o‘tdi.


🎤Jarayonlar "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida.

#Ustozlarforumi #taqdirlash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1🥰1🎉1🕊1
🔔Termiz tumanida III "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tdi

🖥Termiz tumanidagi 3-umumta'lim maktabida III an'anaviy "Ustozlar milliy forumi"ning tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimi, pedagoglar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

✔️Bugungi kunda Termiz tumanidagi 34 ta maktabda 1 ming 700 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Forum davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan 50 nafar pedagoglar munosib taqdirlandi.

ℹ️Tadbirdan so‘ng boshqarma boshlig‘i mazkur maktabda yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab jamoasiga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

#Termiztumani #ustozlarforumi
#taqdirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1