Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Hududlarda "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etilmoqda

➡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va boshqa hamkorlar tomonidan hududlarda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

📊Unda yigit-qizlar faol qatnashib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapdi.

📸Fotosuratlarda Angor va Uzun tumanidagi jarayonlar aks etgan.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
⚡️Умумтаълим фанларидан 2024 йилнинг 2-ярмида бўлиб ўтадиган сертификат имтиҳонлари

Умумтаълим фанларини билиш даражасини аниқлаш тест синовлари октябрь, ноябрь ва декабрь ойларида ўтказилади.

👨🏻‍💻 Тест синови учун талабгорлар my.gov.uz сайти орқали онлайн тарзда рўйхатга олинади.

📍 Рўйхатдан ўтишда талабгорлар ўзларига қулай бўлган ҳудудни танлаган ҳолда мазкур ҳудудда тест синовларида иштирок этишлари мумкин.

📆 Тест синовлари қайси фанлардан ўтказилиши, рўйхатга олиш муддатлари ва тест синови ўтказиладиган саналар юқоридаги расмда келтирилган.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍8
#Ochiq_eshiklar_kuni

"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRI O'TKAZILDI

▪️ Bugun Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Oltinsoy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktablarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo'lib o'tdi.

❇️ Bunda to'garak a'zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko'rgazmalari va sahna chiqishlari namoyish etilib, tashrif buyurgan ota-onalarga quvnoq kayfiyat ulashildi.

🔹Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, o'quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb qilish, ota-onalarni ushbu to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
 
"Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari barcha tuman "Barkamol avlod" maktablarida davom etadi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


🕰Sana: 10.09.2024 yil

🌍 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube
👍8🔥21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim-tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍51🔥1👌1🕊1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi 43-maktabda korrupsion holatlar uchrayotganligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Mazkur holat bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga xabar berilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Nuroniylar o‘giti - ta'lim-tarbiya ustuni

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 47-umumta'lim maktabida ta'lim-tarbiya fidoyisi, "Xalq ta'limi a'lochisi", 80 yoshli nuroniy Jo‘ra Normurodov ishtirokida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️20 yil Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, umrini ta'lim-tarbiya rivojiga baxsh etib, jami 46 yillik ish faoliyati davomida Jarqo‘rg‘on ta'limini viloyatda yetakchi o‘rinlarga olib chiqqan Jo‘ra Normurodov tumandagi minglab pedagoglarning ustozi.


🔔Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy muloqot davomida nuroniy otaxon bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e'tirof etib, sohada amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

✔️Boshqarma boshlig‘i esa nuroniylarning maslahatlari ta'lim tizimida muhim ekanligini ta'kidlab, sohadagi mehnatlari uchun Jo‘ra Normurodovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

#Jarqorgon #nuroniy #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2🕊21