Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
▪️Hududlarga tashrif: Angor va Muzrabot tumanlaridagi maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i Bobur Rahmonovlar Angor va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Angor tumanidagi 11-12-sonli, Muzrabot tumanidagi 1-3-48-sonli umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari va qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

Ma'lumot uchun, joriy yilda Angor tumanida mavjud 47 ta, Muzrabot tumanidagi 57 ta umumta'lim maktablari to‘liq joriy ta'mirdan chiqarilmoqda.

O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#yangioquvyili #tayyorgarlik

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kun mavzusi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saylov kampaniyasi nima va u qanday bosqichlardan iborat?

💬 Saylov kampaniyasi – bu saylovlarga tayyorgarlik koʼrish va ularni oʼtkazish davri hisoblanadi.

📱 Saylov2024
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Япон халқининг доно фикрлари

● Шубҳаланишдан олдин етти маротаба ишон.

● Кетаётганни тўхтатма, келаётганни хайдама.

● Ёмон одамнинг дўсти бўлгандан яхши одамнинг душмани бўлган яхши.

● Оддий одамларсиз буюк одамлар бўлмайди.

● Тепага чиқишни қаттиқ хоҳлаган одам нарвонни ўйлаб топади!

● Қуёш ҳақ одамни билмайди. Қуёш ноҳақ одамни ҳам билмайди. Қуёш кимнидир иситиш мақсадида порламайди. Ўзлигини топган инсон бамисоли қуёш каби бўлади.

● Узоқ йўл ҳам яқинидан бошланади.

● Ғамни худди йиртиқ кўйлакни уйда қолдирганинг каби қолдир!

● Севги бўлса, юздаги чандиқлар ҳам худди кулгич каби чиройли кўринади.

● Биргина яхши сўз уч ой қаҳратонни иситади.

● Қўлингдан келганича ҳаракат қил, қолганини тақдирга ташла.

● Ҳаддан ортиқ тўғрилик аҳмоқлик билан ўлчанади.

● Одамлари кулган уйга бахт келади.

● Ўйлаб ҳал қил, ҳал қилгач, ўйлама!

● Сўрасанг, бир неча дақиқа уяласан, билмасанг — бир умр.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
▪️Surxondaryodagi 168 ta maktab viloyatdagi tashkilot rahbarlariga biriktirildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida viloyatdagi umumta'lim maktablari direktorlari uchun ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan maktablarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash va maktabda ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv-uslubiy yo'nalishlarda amaliy ishlarni olib borish maqsadida Surxondaryodagi 168 ta tashkilot va idoralarning viloyat rahbarlari o‘zlari tahsil olgan maktablarga biriktirildi.

Yig‘ilish davomida direktorlarga maktabga biriktirilgan rahbarlar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish va boshqa qator masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

#maktab #rahbarlar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @TilAdabiyot_bot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat bot | Muhokama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Донишманддан сўрадилар:
– Яхши одамни қандай билиш мумкин?

Донишманд жавоб қилибди:
– Сиз одамнинг қандайлигини билишда унинг сўзига, кийимига,  ишига қараманг! Бу ҳолатга алданишингиз мумкин.

❗️ Сиз унинг атроф - муҳитига қаранг. Яхши одам ўз атрофидаги одамларнинг ҳурматида ва тоза муҳитда яшайди...
Бу ҳол билан алдаш мумкин эмас...

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
▪️Yaxshi dam - mehnatga hamdam

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish va ta'lim tizimida faollik ko‘rsatayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan hududdagi bir guruh faol maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda bo‘lim xodimlari uchun sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida jarqo‘rg‘onlik ta'lim jonkuyarlari Toshkent va Samarqand shahridagi qator diqqatga sazovor manzillarda bo‘lib, maroqli hordiq chiqarishdi.

Yangi o‘quv yili oldidan ushbu sayohat ta'lim rahbarlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Xodimlarga qaratilgan e'tibor, munosib rag‘bat tizimdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.

#Jarqorgon #sayohat
#Toshkent #Samarqand

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
▪️Surxondaryoda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" mavzusidagi seminarga start berildi

Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilarining xalqaro ta'lim dasturlariga oid bilimlarini takomillashtirish, PISA kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Singapurning “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkiloti va viloyat Pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilgan seminar 5-8-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda 51 nafar maktab direktorlari hamda 102 nafar pedagoglar qatnashmoqda.

Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, mazkur treninglarning ahamiyati borasida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng mahoratli trenerlar tomonidan olib borilgan seminarlarda matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishga e'tibor qaratildi.

📃Batafsil: https://surxonedu.uz/uz/news.php?page=44

#seminar #PISA

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt