Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

📊Milliy forumda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan 700 dan ortiq muallimlar orqali vohamizdagi barcha pedagoglarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Shuningdek, tizimda so‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, viloyatdagi 961 ta maktabda qariyb 533 ming o‘quvchiga 47 mingdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim-tarbiya berib kelayotgani hamda ularning 3 547 nafari oliy toifali o‘qituvchilar ekani, bu ko‘rsatkich so‘nggi yetti yilda qariyb to‘rt barobarga oshganligini ta’kidladi.

➡️Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

ℹ️Taqdirlash marosimida sohada ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.

✔️Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

#Ustozlarforumi #taqdirlash #konsertdasturi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏21🔥1🥰1🎉1
📉III "Ustozlar milliy forumi" treninglar bilan davom etdi

Forum doirasida:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli,
darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli,
aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish,
o‘quvchilarda muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda treninglar olib borildi.


➡️Treninglarda 15 ta sho'bada 309 nafar o'qituvchilar ishtirok etishdi.

🖥Ma’lumot o‘rnida: forum doirasidagi mahorat darslari 23-24-avgust sanalarida tuman (shahar)lar miqyosida, 27-30-avgust sanalarida esa barcha ta’lim muassasalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

#Ustozlarforumi #seminar #mahoratdarslari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1🎉1