Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

➡️Forum doirasida san’at va sport, "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilari, kitobxon va rassom, ijodkor va san’atkor yoshlarning ijodiy chiqishlari, shuningdek, maktab darsliklari, "Prezident sovg'alari", maktab formalari ko'rgazmalari namoyish etildi.

➡️Ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

➡️Shuningdek, 15 ta sho'bada 309 nafar o'qituvchilar ishtirokida seminar-treninglar o'tkazildi.


#Ustozlarforumi #taqdirlash #konsertdasturi
#korgazma #treninglar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
🖥Surxondaryoda "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o’quv-trening mashg’ulotlari oʻtkazilmoqda

📉Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi binosida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o'quv-trening mashg'uloti o'z ishini boshladi.

➡️2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 30 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 45 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarida bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

ℹ️Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etmoqdalar. Mashg’ulotlar 21-22-avgust kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1👏1🎉1🤩1
📈Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

➡️Singapurning “Marshall Cavendish  Education” tashkiloti hamkorligida maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida kaskad usulida seminar-treninglarning uchinchi bosqichi o‘z ishini boshladi. 

🖥24-avgust kuniga qadar davom etadigan treninglarda 961 nafar maktab direktori, 1 ming 827 nafar matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi pedagoglar ishtirok etadilar.

📸Fotosuratlarda Termiz shahri, Angor, Jarqo'rg'on, Denov, Sariosiyo tumanlaridagi jarayonlar aks etgan.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9