📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi📊Milliy forumda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan
700 dan ortiq muallimlar orqali vohamizdagi barcha pedagoglarni mustaqilligimizning o‘ttiz uch yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. Shuningdek, tizimda so‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, viloyatdagi
961 ta maktabda qariyb
533 ming o‘quvchiga 47 mingdan ortiq o‘qituvchi va murabbiylar ta’lim-tarbiya berib kelayotgani hamda ularning
3 547 nafari oliy toifali o‘qituvchilar ekani, bu ko‘rsatkich so‘nggi yetti yilda qariyb to‘rt barobarga oshganligini ta’kidladi.
➡️Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan 15 nafar pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan taqdirlandi.ℹ️Taqdirlash marosimida sohada ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar so‘zga chiqib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor xususida, pedagog kasbining jamiyat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.
✔️Viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.#Ustozlarforumi #taqdirlash #konsertdasturiTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt