Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening
#3_kun

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda.

7-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 51 nafar menejer direktorlar, 49 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 52 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

#seminar #tabiiyfan #aniqfan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

▪️Surxondaryoda Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar yakunlandi

5-8-avgust kunlari o‘tkazilgan treninglarda 51 nafar maktab direktorlari hamda 102 nafar pedagoglar qamrab olindi va trening yakunida ularga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining maxsus sertifikatlari taqdim qilindi.

📃Batafsil: https://surxonedu.uz/uz/news.php?page=44

#seminar #PISA

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
✔️Jarqo'rg'on tajribasi: maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

📌Bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 33-umumta'lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktab direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator ta'lim muassasalari jamoasi o'z namunali maktab formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

🔼Shuningdek, 33-umumta'lim maktabining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktab tajribasini tumandagi barcha maktablarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.

#Jarqorgon #seminar
#maktabformasi #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi

📌 "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi seminar tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham davom etdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoalari o'z namunali formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

🔼Shuningdek, 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti tajribasini tumandagi barcha bog‘chalarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.

#Jarqorgon #seminar
#tajribaalmashish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️Jarqo‘rg‘on tajribasi: ta'lim rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

📌Bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 33-umumta'lim maktabi va 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

#Jarqorgon #seminar
#maktabformasi #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sariosiyo tajribasi: ta'limda ota-onalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

📈Bugun Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan umumta'lim maktablari rahbarlari ishtirokida "Yangi O'zbekistonning yangi ta'lim bosqichi yoʻlida ota-onalar hamkorligi" mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

🔔Seminarda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta'lim muassasalarida odob-axloq qoidalari boʻyicha berilgan tavsiyalar borasida so‘z yuritildi.

✔️Seminar soʻngida ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni ota-onalar hamkorligida olib borish vazifasi belgilandi.

#Sariosiyo #seminar
#otaonalarhamkorligi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📉Termizda "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

🔼Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda viloyat Direktorlar kengashi tomonidan vohadagi taʼlim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun 2 kunlik "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-treninglar boshlandi.

🔔Seminarning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.

✔️Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tatqiqotlarning ahamiyati hamda PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirish, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar bilan ishlash, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat.

#seminar #direktorlarkengashi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈Angorda yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔼Angor tumanidagi 9-umumta'lim maktabida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

✔️Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

🖥Seminar davomida yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida ishtirokchilarga ta'lim muassasalarini tegishli tartibda jihozlash va bezatish, qolaversa, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

#Angor #seminar #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥Xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan seminar o‘tkazildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. 

📊Unda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni,
“E-AUKSION”
elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️Ko‘rgazmali vositalar orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasida so‘nggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadini oshirish, xususiylashtirish dasturida belgilangan imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida hamda auksion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.

#eauksion #seminar #xususiylashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥Surxondaryoda "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o’quv-trening mashg’ulotlari oʻtkazilmoqda

📉Bugun Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi binosida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o'quv-trening mashg'uloti o'z ishini boshladi.

➡️2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 30 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 45 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarida bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

ℹ️Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etmoqdalar. Mashg’ulotlar 21-22-avgust kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥"Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusidagi o’quv-trening mashg’ulotlari yakunlandi

📉Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabi binosida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusida o'quv-trening mashg'ulotlari bo‘lib o‘tdi.

➡️2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 30 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 45 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarida bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

ℹ️Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan mazkur maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etishdi. Mashg’ulotlar 21-22-avgust kunlari davom etdi.

#yangibaholash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM