📉Termizda "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminarlar bo‘lib o‘tmoqda🔼Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda viloyat Direktorlar kengashi tomonidan vohadagi taʼlim muassasalari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun 2 kunlik "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-treninglar boshlandi. 🔔Seminarning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i
Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.
✔️Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro tatqiqotlarning ahamiyati hamda PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirish, amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar bilan ishlash, ta’lim sifatini oshirishda xalqaro tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishdan iborat.
#seminar #direktorlarkengashiTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt