Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.35K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi


Manba: VMQ 916-son, 30.12.2024 yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.

🚫 Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.

🌐 Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar oromgohlariga yo'llanma olish axborot tizimi “FHDYOning yagona elektron arxivi” AT bilan integratsiya qilinadi


Manba: PF-1-son, 11.01.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Jamoatchilik_muhokamasi

13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilinadi


“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida, xususan, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda:

oʻz ahamiyatini yoʻqotgan yoki kam ahamiyatli 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish;
litsenziya va ruxsatnomalarni berishda talabgor talab va shartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlashga qaratilgan dastlabki baholash xizmatini yoʻlga qoʻyish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Litsenziya” axborot tizimi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan binolar va inshootlarning loyihalarini kelishishni faqat elektron shaklda “Shaffof qurilish” tizimi orqali amalga oshirish;
davlat organlarining ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish vakolatini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish va davlat organlarining shu sohadagi vakolatlarini bekor qilish.

Masalan, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslashdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish kabi davlat xizmatlari.


🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Angor hamda Jarqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limida tizim xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi


Suhbat davomida, xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish hamda sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

⚡️ Huquq ta'limi kanali — huquqshunoslik fanlari o'qituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni o'zlashtirishga qiziquvchilar uchun kerakli platforma.

Kanaldagi turli o'quv materiallaridan o'qituvchilar darslarda foydalanishi, shuningdek, o'quvchilar esa o'z bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

📕 Kanalda quyidagilarni topish mumkin:

▪️Video darslar;
▪️Taqdimotlar;
▪️Testlar;
▪️Infografikalar.

📢 Bundan tashqari kanaldan foydalanish orqali huquq ta'limiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquq_talimi
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1019-son, 16.01.2025 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

⚡️ Unga ko'ra, yarim erkin sharoitlarda, sun'iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so'mdan 3 mln 750 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

📝 Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog'lig'iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming so'mdan 18 mln 750 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi nazarda tutilmoqda.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

🖥 Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko'rmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming so'mdan 1 mln 875 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so'mdan 3 mln 750 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.

🌐 SHuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog'lig'iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mdan 5 mln 625 ming so'mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so'mdan 11 mln 250 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi


“Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami 3599, 17.01.2025 y.)

📜 Nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

🏢 Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan ro'yxatdan iborat bo'lib, unga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:

🔹xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo'yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo'yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g'oliblari to'g'risidagi;

🔹majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo'lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

🔹davlat xaridlari jarayonida yolg'on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida ma'lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar to'g'risidagi;

🔹sudning qaroriga ko'ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to'g'risidagi.

🗓 Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2 yil muddat o'tgandan so'ng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi.

📝 Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga ko'ra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tursunov tomonidan Boysun, Bandixon, Qiziriq tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan mas’ul xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni yuzasidan amalga oshirgan ishlari, shu jumladan, “huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahallalarda olib borilayotgan tadbirlar ahvoli tahlil qilindi.

Shuningdek, barcha mas’ul xodimlar bilan korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni oldini olish, korrupsiyaviy jinoyatning oqibatlari bo‘yicha suhbatlashildi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan barcha mas’ullarga aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, ish faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur topshiriq, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#bir_murojaat_izidan

Yolg‘iz keksalar ro‘yxatida turuvchi onaxonga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi

Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan “Jayhun” mahallasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning muammolari o‘rganilganda fuqaro U.Nazarovaning “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ foydasiga suvdan 600.000 so‘m qarzdorligi bo‘yicha ogohlantirish berilmasdan uning ishtirokisiz sud tomonidan ko‘rilib 600.000 so‘m asosiy qarz, 340.000 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i qabul qilinganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ish yurituviga olindi.

Oʻrganish davomida fuqaroning Yolg‘iz keksalar ro‘yxatida turganligi bois e’tiroznoma loyihasi tayyorlanib, uni sudda ko‘rib chiqilishigacha adliya mas’ul xodimi biriktirilishi natijasida e’tiroznoma ko‘rib chiqilib, sud buyrug‘i bekor qilinishi ta’minlandi.

Yolg‘iz onaxonning davlat boji va ijro yig‘imi bo‘yicha jami 680 000 so‘m pul mablag‘i tejab qolinishiga erishildi.

Bizdan uzoqlashmang!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👏4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim ta'lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi


Manba: VMQ 8-son, 11.01.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsni do'pposlash, ushbu shaxslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumani va Termiz shahar adliya bo‘limlarida ham tizim xodimlari bilan profilaktik suhbat olib borildi

Suhbat davomida, xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish hamda sohaga oid “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” uslubiyoti, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👏3