Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarning 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

☑️ Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Davlat inson hamda fuqaroning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi.

✔️ Har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

⚡️Har kimga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, er va xotinning har biri mashg'ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir.

📌 Xotiniga (eriga) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilish ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Konunchilikka koʻra, kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish hisoblanadi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

❗️Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
“Yer ajratish bilan bog‘liq huquqiy nizolar va ularni hal qilish masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi


🎙Suhbat spikerlari:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari.

Ovozli chat 14-iyun kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔥Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:

🔹fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Shu kunlarda Adliya vaziri A.Toshqulov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida.

Vazir safarni Denov tumanida “Imkon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

A.Toshqulov Surxondaryo viloyati Denov tumanining “Surxon Diyor” mahallasida yashovchi fuqaro D.Yuldashevaning xonadonida boʻlib, loyiha doirasida qilinayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍5
#Adliya_xabari

Muammolar joyida hal etilmoqda

Adliya vazirining Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari davomida ko'plab fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi fuqaro R.Tillabekovaning uzoq vaqtlardan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olishda yuzaga kelgan muammolari joyida hal etildi.

⚖️ Ushbu fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmiylashtirish davomida barmoq izlarini olish va tegishli tizimga saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammosi to‘liq bartaraf etilib, ID-karta taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri A.Toshqulov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanining “Bahoriston” mahalla fuqarolari yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidlandi.

MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz takliflarini ham bildirdi.

@adliyangiliklari
👍5
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shoʻrchi tumani adliya boʻlimi xodimlari hamda “Navroʻz” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Shuningdek, Adliya vaziri MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidladi.

Bundan tashqari, MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari
👍42
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shoʻrchi tumani adliya boʻlimi xodimlari hamda “Navroʻz” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Shuningdek, Adliya vaziri MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidladi.

Bundan tashqari, MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari
👍4