Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.35K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Denov va Oltinsoy tumanlaridagi “mahalla yettiliklari” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati Denov tumani “Nuriston” va Oltinsoy tumanining “Qoratepa” mahalla fuqarolar yigʻinlarida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar boʻyicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan 4 ta sektor rahbarlari mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍5
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Bilasizmi

🔰 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Amal_qiling

🔰 Bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish quyidagi hollarda sodir etilsa 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazib;

bir guruh shaxslar tomonidan;

sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab;

ko'p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Adliya_uyma_uy

ADLIYA XALQ ORASIDA

Qumqo'rg'on tumani adliya bo‘limi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida  tumanning "Elobod' " mahallasida tuman adliya bo‘limi xodimlari 10 ta xonadonga uyma-uy yurib fuqarolarnig muammolarini o‘rgandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#Bilasizmi

📋 Maxsus o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 mln so'mgacha garovsiz imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #hujjat #topshirish #yuridiktexnikum

YURIDIK SOHADA O'QISHNI ISTAGANLARGA SURXONDARYO VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMI AJOYIB IMKONIYAT TAKLIF ETADI!

Yuridik texnikumga davlat granti va to'lov-kontrakt asosida 3 ta yo'nalish bo'yicha (kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida) o'quvchilar qabul qilinadi:

1️⃣ Davlat-huquqiy faoliyat;
2️⃣ Yuridik xizmat;
3️⃣ Sud-huquqiy faoliyat.

Texnikumga 2024/2025-o'quv yili uchun hujjat topshirish 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasida "Yurisprudensiya" yo'nalishini tanlash orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

☎️ Ma’lumot olish uchun telefonlar:
+ 998 93 638 47 64
+ 998 90 747 56 31
+ 998 90 045 75 90
+ 998 97 007 06 80

🏛 Manzilimiz: Termiz sharhi, At-Termiziy ko’chasi, 13-uy.

📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍1
SURXONDARYODA “YOSH KELIN KUYOVLAR MAKTABI” RAHBARLARI UCHUN OʻQUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

Sherobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 15-sonli bayoniga asosan tashkil etilgan “Yosh kelin kuyovlar maktabi” faoliyatini takomillashtirish, markaz rahbarlariga uslubiy koʻmak berish maqsadida Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 15 ta tuman (shahar) “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” rahbarlari hamda tuman hokimliklarning Oilaviy, maʻnaviy ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassislari ishtirokida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Oila va hotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston musilmonlar idorasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining hududlarda faoliyat yurituvchi vakillari hamkorligida oʻtkazildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍4