Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#seminar

Joriy yilning 11-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat sudi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari ishtirokida sudlar va adliya organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash va yagona amaliyotni joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar davomida Surxondaryo viloyat sudi mas’ul xodimlari tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlariga davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, adliya organlari va muassasalari manfaatlarini ko‘zlab sudlarga ariza, da’vo ariza va shikoyatlar berish jarayonida amaliyotda turli huquqiy muammolarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar hamda uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Qurbon hayiti bayrami 16 iyun kuni nishonlanadi


“Muborak Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi
Prezident Qarori (PQ-216-son, 11.06.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga to'g'ri kelishi to'g'risida O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, yurtimizda 16-iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

✔️Shuningdek:

🔹Mehnat kodeksiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko'chiriladi.

🔹Prezident Farmoni bilan 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

📌 Qurbon hayiti kunlarida mo'tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olamiz?


🔰 Qurbon hayiti arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

🔹15-iyun (shanba) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni;
🔹16-iyun
(yakshanba) – Qurbon hayiti bayrami;
🔹17-iyun (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni;
🔹18-iyun (seshanba) – barcha xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam qancha miqdorda toʻlanadi?

👉Batafsil📋

✍️ Muallif: Boysun tuman adliya bo‘limi  Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi  - Hikmatillo Umarov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
#Adliya_yoshlar

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi otaliqqa olingan 2 nafar yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida payvandlash apparati topshirildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Huquqiy_targibot_kuni

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining  mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Angor tuman adliya boʻlimi YXKM,  DXM hamda FHDY bo'limi bilan hamkorlikda  “Qo‘shtegirmon” MFYda   Huquqiy targ'ibot kuni doirasida sayyor qabul o'tkazildi.

🔸Sayyor qabul davomida MFY aholisidan murojaatlar qabul qilinib,  yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tashrif buyurgan fuqarlarning 10 nafariga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#Bilasizmi

Foydalanilmagan taʼtil uchun pullik kom­pensatsiya toʻlanadimi?

👉Batafsil📋

✍️ Muallif: Boysun tuman adliya bo‘limi  Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi  - Xurshid Sharipov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
#Bilasizmi

Bolani bogʻchaga berishda kimlarga imtiyoz­lar beriladi?

👉Batafsil📋

✍️ Muallif: Boysun tuman adliya bo‘limi  Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi  - Xurshid Sharipov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

Telegram I Facebook I Youtube I Web-sitе
#adliya_uyma_uy

Xonadonlarda huquqiy muammolar o‘rganilmoqda


Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati Oltinsoy tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oltinsoy tumanidagi “Qoratepa” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rganib chiqdi.

Mahallada aholi muammolari o‘rganilishi jarayonida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy uchun subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.

O‘rganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1