sharoitplus.uz
2.23K subscribers
1.71K photos
301 videos
20 files
2.15K links
Toshkent shahar "SHAROIT PLYUS" nogironlar jamoat birlashmasi

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: [email protected]

www.sharoitplus.uz

Общественное объединение инвалидов г. Ташкента «ШАРОИТ ПЛЮС»

Tel: +998 (55) 500-50-60
E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from kitobplus.uz
📚 KitobPlus kutubxonasidagi asarlar soni 1000 taga yetdi! 🎉

Hurmatli KitobPlus foydalanuvchilari!

Kutubxonamizdagi audiokitoblar soni 1000 taga yetgani munosabati bilan barchangizni chin qalbdan tabriklaymiz! 🥳 Bu sonlar biz uchun juda qadrli.

Maqsadimiz O‘zbek tilida ovozlashtirilgan barcha audiokitoblarni bir joyga jamlash edi va bu yo‘lda dadil davom etmoqdamiz. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sifatli va qulay audio kutubxona yaratish men hamda do‘stim, KitobPlus koordinatori Abdulaziz Salimovning bolalikdagi orzuyimiz edi. Bu istak ilk bor Rossiyada tashkil qilingan av3715.ru audiokutubxonasidan foydalanishni boshlaganimizda paydo bo‘lgan.

📅 2023-yil, 30-noyabr kuni SharoitPlus Nogironlar jamoat birlashmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda barcha uchun qulay bo‘lgan online audio kutubxona ishga tushdi.

Loyihamiz haqida batafsil quyidagi sahifalardan bilib olishingiz mumkin:

🔗 KitobPlus loyihasi haqida
🔗 Loyiha imkoniyatlari haqida

---

🎙 KitobPlus jamoasi bilan tanishing:

👨‍💻 Mixail Korneev – Dasturchimiz.
Uning professionalligi va fidoyiligi bilan KitobPlus sayti va ilovasi bugungi qulay shakliga ega bo‘ldi. Bizga ilhom bergan Logos online kutubxonasi dasturchisi va hozirgi rahbari bilan bir jamoada ishlash biz uchun qadrli.

🎧 Shirin O‘lmasova – Audiokitoblar bo‘yicha mutaxassis.
6 yildan ortiq audiokitoblar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tajribali, talabchan va mas'uliyatli mutaxassis. Kitoblarimizning dizayni, tartibi va sifatli ovozlashtirilishini Shirinsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

🤝 Dilmurod Yusupov – Jamoaning "Ko‘rinmas qo‘li", ruschasiga aytganda, "Серый кардинал" ijobiy ma'noda albatta.
Doimo bizni qo‘llab-quvvatlab, kerakli maslahatlarini ayamaydigan fidokor inson. KitobPlus platformasining yaratilishi va rivojlanishida uning xizmatlari juda katta.

👉 Dilmurod akaning Telegramdagi shaxsiy blogiga ham obuna bo‘lishni tavsiya etamiz. Inklyuziya, nogironlik masalalari va ijtimoiy mavzularga oid eng sifatli kanallardan biri:
🔗 t.iss.one/dilmurad_me

📌 Abdulaziz SalimovKitobPlus loyiha koordinatori.

📌 Mirali G‘iyosov – Loyiha menejeri.
Biz haqimizda batafsil ushbu podkast orqali bilib oling:
🎥 KitobPlus haqida podkastni ko‘rish

---

📲 KitobPlus mobil ilovasini yuklab oling:
- 📥 Google Play
- 📥 App Store

📢 Yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling:
- 📣 Telegram kanalimiz
- 🌐 Rasmiy veb-saytimiz

---

🌟 KitobPlus — Siz uchun maxsus!

#KitobPlus #AudioKutubxona #1000taKitob
🔥21👍1
📚 “Kitob Plus” Nurli maskanlarda

🗓 2025-yil 24-aprel kuni Namangan viloyatidagi 45-sonli Nurli maskan — ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida www.kitobplus.uz onlayn audio kutubxonasining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎧KitobPlus” — bu O‘zbekistondagi ilk onlayn audio kutubxona bo‘lib, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun maxsus yaratilgan. Platforma yuzlab audiokitoblar, turli janrlar va professional ovozli kontentdan iborat bo‘lib, Android va iOS ilovalari orqali foydalanish imkoniyatini beradi.


💁🏻‍♂️ Taqdimotni loyiha rahbari Mirali G‘iyosov olib bordi. U ishtirokchilar — yuqori sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar va kutubxona xodimlariga nafaqat platformaning funksional imkoniyatlarini tanishtirdi, balki uni qanday ro‘yxatdan o‘tib, amalda ishlatishni ham ko‘rsatib berdi.

💬 Taqdimot davomida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va tushunarli javoblar berildi.

“Har bir bola eshitish orqali his qilsin, tushunsin, tasavvur qilsin. KitobPlus — bu faqat eshitish emas, bu bilish va rivojlanish imkoniyati,” dedi Mirali G‘iyosov tadbirda.


📍 Bu taqdimot orqali 45-sonli Nurli maskan rasmiy ravishda platformaning faol foydalanuvchilar safiga qo‘shildi! Navbatdagi manzillarimiz — Farg‘ona va Andijon!

Loyiha kanaliga obuna bo‘ling:
📱 https://t.iss.one/kitobplus_uz

📱 Play Market: https://bit.ly/kitobplus

📱 App Store: https://bit.ly/kitoblus-ios

Kitob Plus — siz uchun maxsus!

#KitobPlus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📚 “Kitob Plus” Nurli maskanlarda: Farg‘onada ham kitobsevar yuraklar bilan!

🗓 2025-yil 25-aprel kuni Farg‘ona viloyatidagi 1-sonli “Nurli maskan” — ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida KitobPlus onlayn audio kutubxonasining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎧 KitobPlus — bu O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ilk audio kutubxona bo‘lib, professional tarzda ovozlashtirilgan yuzlab audiokitoblar, o‘ttizdan ortiq janrlar mavjudligi, hamda Android va iOS ilovalari orqali foydalanish imkoniyati bilan ajralib turadi.

👥 Taqdimotda yuqori sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar va kutubxona xodimlari qatnashdi. Ular platformaning imkoniyatlari, ishlash tartibi, ilovalarni o‘rnatish va audiokitoblarni tinglash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

💁🏻‍♂️ Taqdimotni loyiha rahbari Mirali G‘iyosov olib bordi. U ro‘yxatdan o‘tish, kitob izlash, tinglash va saqlash kabi funksiyalarni amaliy tarzda tushuntirib berdi.

💬 Savol-javob qismi juda faol o‘tdi:

* Kutubxonada audio darsliklar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
* Tarix, adabiyot va ingliz tili bo‘yicha maxsus audiodarsliklar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot berildi.
* Bolalar adabiyotiga oid audiokitoblar sonini oshirish yuzasidan ishtirokchilardan qimmatli takliflar olindi.

📍 Bu tadbir orqali Farg‘onadagi “Nurli maskan” ham rasmiy ravishda KitobPlus platformasining faol foydalanuvchilari safidan joy oldi.

📢 Navbatdagi manzillarimiz — Andijon, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Samarqand!

📲 Siz ham bizga qo‘shiling:
🔗 KitobPlus.uz (veb-sayt)
📥 Googleplay'
📥 App Store'
📢 Telegram kanalimiz

📚 Kitob Plus — siz uchun maxsus!

#KitobPlus #Fargona #NurliMaskan #AudioKutubxona #InkluzivTalim #NogironligiBorlarUchun #Kitobxonlik #SharoitPlus
👏4
Forwarded from kitobplus.uz
📢 Aziz kitobxonlar! Ajoyib yangilik! 🎉

🎭 Endi KitobPlus ilovasi orqali *radiospektakllarni* ham tinglashingiz mumkin!

🎧 Sevimli sahna asarlari, mashhur aktyorlarning unutilmas ijrosi, dramatik ovozlar va sahnadek jonli muhit — barchasi endi sevimli ilovangizda jamlanadi!

🔍 Tinglash uchun:

1. Ilovani oching
2. “Janrlar” bo‘limiga o‘ting
3. “Radiospektakllar” janrini tanlang

🎙 50 dan ortiq radiospektakllar sizni kutmoqda – va bu son har kuni oshib boradi!

💫 Sevimli aktyorlaringiz ovozida sahna asarlarini tinglash imkonini faqat KitobPlus ilovasi taqdim etadi.

📲 Ilovani yuklab oling:

* Google Play
* App Store

📢 KitobPlus — Siz uchun maxsus!

#KitobPlus #Radiospektakllar #AudioKutubxona