Forwarded from kitobplus.uz
📚 KitobPlus kutubxonasidagi asarlar soni 1000 taga yetdi! 🎉
Hurmatli KitobPlus foydalanuvchilari!
Kutubxonamizdagi audiokitoblar soni 1000 taga yetgani munosabati bilan barchangizni chin qalbdan tabriklaymiz! 🥳 Bu sonlar biz uchun juda qadrli.
Maqsadimiz O‘zbek tilida ovozlashtirilgan barcha audiokitoblarni bir joyga jamlash edi va bu yo‘lda dadil davom etmoqdamiz. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sifatli va qulay audio kutubxona yaratish men hamda do‘stim, KitobPlus koordinatori Abdulaziz Salimovning bolalikdagi orzuyimiz edi. Bu istak ilk bor Rossiyada tashkil qilingan av3715.ru audiokutubxonasidan foydalanishni boshlaganimizda paydo bo‘lgan.
📅 2023-yil, 30-noyabr kuni SharoitPlus Nogironlar jamoat birlashmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda barcha uchun qulay bo‘lgan online audio kutubxona ishga tushdi.
Loyihamiz haqida batafsil quyidagi sahifalardan bilib olishingiz mumkin:
🔗 KitobPlus loyihasi haqida
🔗 Loyiha imkoniyatlari haqida
---
🎙 KitobPlus jamoasi bilan tanishing:
👨💻 Mixail Korneev – Dasturchimiz.
Uning professionalligi va fidoyiligi bilan KitobPlus sayti va ilovasi bugungi qulay shakliga ega bo‘ldi. Bizga ilhom bergan Logos online kutubxonasi dasturchisi va hozirgi rahbari bilan bir jamoada ishlash biz uchun qadrli.
🎧 Shirin O‘lmasova – Audiokitoblar bo‘yicha mutaxassis.
6 yildan ortiq audiokitoblar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tajribali, talabchan va mas'uliyatli mutaxassis. Kitoblarimizning dizayni, tartibi va sifatli ovozlashtirilishini Shirinsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
🤝 Dilmurod Yusupov – Jamoaning "Ko‘rinmas qo‘li", ruschasiga aytganda, "Серый кардинал" ijobiy ma'noda albatta.
Doimo bizni qo‘llab-quvvatlab, kerakli maslahatlarini ayamaydigan fidokor inson. KitobPlus platformasining yaratilishi va rivojlanishida uning xizmatlari juda katta.
👉 Dilmurod akaning Telegramdagi shaxsiy blogiga ham obuna bo‘lishni tavsiya etamiz. Inklyuziya, nogironlik masalalari va ijtimoiy mavzularga oid eng sifatli kanallardan biri:
🔗 t.iss.one/dilmurad_me
📌 Abdulaziz Salimov – KitobPlus loyiha koordinatori.
📌 Mirali G‘iyosov – Loyiha menejeri.
Biz haqimizda batafsil ushbu podkast orqali bilib oling:
🎥 KitobPlus haqida podkastni ko‘rish
---
📲 KitobPlus mobil ilovasini yuklab oling:
- 📥 Google Play
- 📥 App Store
📢 Yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling:
- 📣 Telegram kanalimiz
- 🌐 Rasmiy veb-saytimiz
---
🌟 KitobPlus — Siz uchun maxsus!
#KitobPlus #AudioKutubxona #1000taKitob

Sharoit Plus
Kitob Plus – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona yaratish - Sharoit Plus
Suratga tiflosharh: Loyiha menejeri Mirali G’iyosov ovoz yozish studiyasida mikrofon va kompyuter ro‘parasida o‘tiribdi. Mirali qora ko‘zoynak taqib olgan va qora kostyum shim, qora galstuk va oq ko‘ylakda. Asaxiy, Audionoma, UzBook kabi ilovalarda audio…
🔥2❤1👍1