📚 “Kitob Plus” Nurli maskanlarda: Farg‘onada ham kitobsevar yuraklar bilan!
🗓 2025-yil 25-aprel kuni Farg‘ona viloyatidagi 1-sonli “Nurli maskan” — ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan maxsus maktab-internatida KitobPlus onlayn audio kutubxonasining navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🎧 KitobPlus — bu O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ilk audio kutubxona bo‘lib, professional tarzda ovozlashtirilgan yuzlab audiokitoblar, o‘ttizdan ortiq janrlar mavjudligi, hamda Android va iOS ilovalari orqali foydalanish imkoniyati bilan ajralib turadi.
👥 Taqdimotda yuqori sinf o‘quvchilari, o‘qituvchilar va kutubxona xodimlari qatnashdi. Ular platformaning imkoniyatlari, ishlash tartibi, ilovalarni o‘rnatish va audiokitoblarni tinglash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
💁🏻♂️ Taqdimotni loyiha rahbari Mirali G‘iyosov olib bordi. U ro‘yxatdan o‘tish, kitob izlash, tinglash va saqlash kabi funksiyalarni amaliy tarzda tushuntirib berdi.
💬 Savol-javob qismi juda faol o‘tdi:
* Kutubxonada audio darsliklar sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
* Tarix, adabiyot va ingliz tili bo‘yicha maxsus audiodarsliklar tayyorlanayotgani haqida ma’lumot berildi.
* Bolalar adabiyotiga oid audiokitoblar sonini oshirish yuzasidan ishtirokchilardan qimmatli takliflar olindi.
📍 Bu tadbir orqali Farg‘onadagi “Nurli maskan” ham rasmiy ravishda KitobPlus platformasining faol foydalanuvchilari safidan joy oldi.
📢 Navbatdagi manzillarimiz — Andijon, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Samarqand!
📲 Siz ham bizga qo‘shiling:
🔗 KitobPlus.uz (veb-sayt)
📥 Googleplay'
📥 App Store'
📢 Telegram kanalimiz
📚 Kitob Plus — siz uchun maxsus!
#KitobPlus #Fargona #NurliMaskan #AudioKutubxona #InkluzivTalim #NogironligiBorlarUchun #Kitobxonlik #SharoitPlus

👏4