Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#TTJda_tadbir

Joriy yilning 21-fevral kuni universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Xorijiy tillar fakulteti koordinatori S.Jalilova, tarbiyachi-pedagog M.Murodova tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida “Talabalik oltin davrim” shiori ostida “Karaoke” musiqiy dam olish dasturi o'tkazildi.

Shuningdek, dastur davomida talabalarning zukkoligi sinovdan oʻtkazildi. Qiziqarli shartlar talabalar davrasiga pozitiv kayfiyat bagʻishladi. Faol talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉1
#TTJda_tadbir

Ma’lumki, xalqaro YUNESKO tashkiloti tashabbusi bilan 2001-yildan buyon 21-fevral — Xalqaro ona tili kuni keng miqyosda nishonlanadi.

Sana munosabati bilan 10-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bòlimi tyutori Sh.Ashurova, tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova hamda Filologiya fakulteti koordinatori N.Abdujalilova tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda qatnashchilar tomonidan turli xalq tillarida she'rlar òqildi, qiziqar savollar asosida viktorina tashkil etildi. Go‘zal raqslar tadbirga o‘zgacha mazmun baxsh etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4
#TTJda_tadbir

Bugun 1-sonli talabalar turar joyida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Xorijiy tillar fakultetining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Nekboyeva, Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori S.Djumayeva, koordinator S.Jalilova tomonidan
"Oila - jamiyat ustuni" mavzusida tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini oshirish, mustahkam va sog'lom oila qurish uchun nimalarga koʻproq ahamiyat berish to'g'risida foydali maʼlumotlar keltirildi. Tadbir davomida mavzuga oid savol-javoblar, qiziqarli shartlar o'tkazildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#TTJda_tadbir

26-sentyabr kuni Kimyo-biologiya fakulteti dekani L.Kamolov, dekan o‘rinbosari O‘.Norchayev 8-sonli talabalar turar joyida turadigan fakultet yoshlari bilan uchrashishdi.

Muloqotda odob-axloq qoidalari, muomala va kiyinish madaniyati, darslarni o‘zlashtirish, mavjud umumiy xizmat ko‘rsatish joylaridan foydalanish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil qilinayotgan tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z bordi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉1
#TTJda_tadbir

2-sonli talabalar turar joyida Fizika fakulteti talaba-qizlari ishtirokida "Pazandalik mahorati" mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Unda qatnashchi qizlar mazali va salomatlik uchun foydali bo'lgan salatlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildilar.

Fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Odilova, Umumiy fizika hamda Nazariy va eksperimental fizika kafedralari o‘qituvchilari iborat hakamlar hay’ati tomonidan qizlar tayyorlagan salatlar yuqori baholandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉3
#TTJda_tadbir

17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" kuni munosabati bilan 10-sonli talabalar turar joyida tadbir tashkil qilindi. Tadbirga viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Aminova, O‘zbekiston Qahramoni M.Sharopova, Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari M.Ochilova tashrif buyurdi.

Dastlab talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan mehmonlar talaba-qizlar bilan dildan suhbatlashishdi. Hayotiy tajribalar o‘rtoqlashilib, bayram munosabati bilan dasturxon tuzaldi.

Shu jarayonda universitetning Namangan, Samarqanddan kelib tahsil oladigan talaba-qizlari osh tayyorlash borasida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Pazanda qizlarga sovg‘alar ulashildi. Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan yotoqxona kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
#TTJda_tadbir

23-yanvar kuni 2-sonli talabalar turar joyida “Internet va undan foydalanish madaniyati” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda universitet profilaktika inspektorlari M.Jabbarov, D.Ro’ziyeva, Fizika fakulteti dekan o‘rinbosarlari F.Muqimov, N.Odilova, Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi I.Razzoqov va fakultet talaba-qizlari ishtirok etdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉3👍2
#TTJda_tadbir #kitobxonlik

7-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutori S.Djumayeva tomonidan "Kitobning hayotimizdagi roli va ahamiyati" mavzusida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.

Kitob oʻqishga oid qiziqarli va intellektual savollar orqali talabalar o'z bilimlarini mustahkamlashdi.

Har bir ishtirokchi o'zi sevgan asari haqida qisqacha soʻzlab berdi va boshqalarga ham tavsiya qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9
#TTJda_tadbir #milliylik

3-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori Sh.Suyunova tomonidan "Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzlaganlar milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq ekanligini amaliy misollar orqali ifoda etishdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥2
#TTJda_tadbir

⚡️Millat dardi bilan yashagan shoir

10-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutori Sh.Ashurova hamda tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova hamkorligida O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 84 yilligiga bag'ishlab “Millat dardi bilan yashagan shoir” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir she’riy mushoiraga aylandi. Talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub dilbar satrlardan namunalar keltirildi. Go‘zal raqslar ijro qilindi. Yakunda faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4
#TTJda_tadbir #zakovat

1-sonli talabalar turar joyida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil qilindi. Unda Xorijiy tillar fakulteti talabalaridan iborat “Google”, “One force”, “Black stars” va “Dominators” jamoalari o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli kechgan zukkolar bellashuvi yakunida fakultet dekani Sh.Nashirova g‘oliblarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥6🎉3
#TTJda_tadbir #musobaqa

1-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori Sh.Aslonova tomonidan talabalarning dars mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha musobaqa tashkillashtirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6
#TTJda_tadbir

10-sonli talabalar turar joyida “Zakovat” ligasi 3-tur o'yinlari o‘tkazildi. Unda “Logos” va “Zukko” jamoalari o'zaro bellashdi hamda "Zukko" jamoasi g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
🔥4
#TTJda_tadbir

10-TTJda "Milliy she’riyat kechasi" doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda talabalar mumtoz va zamonaviy she’rlardan namunalar ijro etib, she’riyatga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Suhbat samimiy ruhda o‘tib, barchaga iliq kayfiyat ulashdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍8