Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#amaliyot

Geografiya va agronomiya fakulteti Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish yo’nalishlari talabalari Akademik M.Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti (Qashqadaryo filiali)da amalyot o’tashmoqda.

Amaliyot davomida talabalar in-vitro usulida ko’chat yetishtirish, zamonaviy issiqxona tuzilmasi, intensiv bog’ barpo qilish, gidroponika usulida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish usullarini qunt bilan o’zlashtirishayotir.

Kuni kecha universitetning Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i B.Primqulov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Z.Nazirov Ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurib, amaliyot jarayonlarini kuzatishdi. O’rganish asnosida amaliyot rahbarlari va talabalarga zarur tavsiyalar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#amaliyot

⚡️Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 4-kurs 020-54-guruh talabalari Qarshi shahridagi 29-maktabda amaliyot o'tashmoqda. Aytish joiz, amaliyot davomida talabalar bo‘lajak o‘qituvchi sifatida kasb sirlarini puxta o‘rganadilar.

⚡️Dars o‘tish mahorati, o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash texnikasini o‘zlashtiradilar. Kuni kecha amaliyot rahbari L.O‘rinova, maktab psixologi N.Karimova va amaliyotchi talabalar ishtirokida o‘quvchi-yoshlarga pozitiv kayfiyat ulashish maqsadida “Yashash uchun 1001 sabab” aksiyasi tashkil etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#amaliyot

Kimyo-biologiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari Sho'rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida Noorganik kimyo va Organik kimyo kafedralarining professor-o’qituvchilari B.Shodmonov, D.Gulboyeva hamda M.Qurbonov rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini o’tamoqdalar.

Amaliyot jarayonida talabalarda sohada qo’llaniladigan eng yangi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risidagi kerakli bilimlardan tashqari, qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ekologiyaga ta’siri va foydalanish prinsiplari, texnik muammolar bo‘yicha to‘g‘ri yechimlar qabul qilish bo'yicha ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#amaliyot

⚡️Nazariy bilimlarning amaliyotdagi tatbig‘i

Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Matematika va informatika yo‘nalishi 4–kurs 02082-guruh talabalari Qarshi shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashmoqda. Malakaviy amaliyotga Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasining dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi N.Begmatova rahbarlik qilmoqda. Amaliyot davomida talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etib, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsion texnologiyaning usul va uslublari asosida dars jarayonlarini tashkil qilishmoqda.

Batafsil: https://qarshidu.uz/oz/news/760-nazariy-bilimlarning-amaliyotdagi-tatbigi

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
#amaliyot

⚡️Geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya kafedrasi o'qituvchilari L.Erdonov, F.Xushmurodov, I.Safarov, M.Berdiqulova rahbarligida Geografiya yo'nalishi 2-bosqich talabalari yirik kimyo sanoati zavodining ishlab chiqarish texnologik qurilmalari hamda zaruriy xomashyo resurslari bilan taninshish va shu asnoda zarur ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga bordilar. Tashrif davomida zavod faoliyati, quvvati, xomashyoni qazib olish, laboratoriyadagi jarayonlar, eksport qilinadigan davlatlar geografiyasi va shu kabi ko'plab ma'lumotlarni o'rgandilar.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
#amaliyot #musobaqa

Ayni kunlarda sport faoliyati: kurash ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 021-68-guruh talabalari Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan internatida malakaviy amaliyot o‘tashmoqda. Bugun amaliyotchi talabalar tomonidan internat o‘quvchilari o‘rtasida kurash va dzyudo sport turlari bo‘yicha internat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbir jarayonlarini Sport fakulteti dekani F.Egamberdiyev, Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi,
amaliyot rahbari A.Umarov, kafedra katta o‘qituvchilari F.Qahhorov, B.Begaliyev va o‘qituvchi B.Nuriddinov kuzatib bordilar. Qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib o‘quvchilar rag‘batlantirildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#amaliyot #jarayon

Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Matematika va informatika yo‘nalishi 4–kurs 02083-guruh talabalari Qarshi shahar 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashmoqda. Malakaviy amaliyotga Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi D.Saidova rahbarlik qilmoqda.

Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etib, axborot texnologiyalarining zamonaviy usul va uslublaridan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil qilishayotir. Xususan, amaliyot jarayonida maktabning informatika fani o‘qituvchisi F.Umarova bilan 3D printer yordamida kitob uchun lavh tayyorlashdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
#amaliyot

Geografiya va agronomiya fakulteti Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish yo’nalishlari talabalari Akademik M.Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti (Qashqadaryo filiali)da amalyot o’tashmoqda.

Amaliyot davomida talabalar ustozlari D.Mingboyeva bilan birgalikda zamonaviy issiqxona tuzilmasi, issiqxonada gul yetishtirish, intensiv bog’ barpo qilish, gidroponika usulida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish usullarini qunt bilan o’zlashtirmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#amaliyot

Fizika fakulteti Muqobil energiya manbalari yo‘nalishi 1-2-3-kurs talabalari Sanoat muhandisligi kafedrasi dotsentlari A.Vardiyashvili, A.Teymurxanov va o‘qituvchi E. Meyliyev rahbarligida universitet geliopoligonidagi Quyosh fotoelektr stansiyasi Ilmiy laboratoriyasida va “Hisorak GES” unitar korxonasida malakaviy amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot jarayonida talabalarda yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiyasining texnik potensialidan foydalanish to‘g‘risidagi kerakli bilimlardan tashqari, qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ekologiyadagi ta’siri va foydalanish prinsiplarini hamda texnik muammolar bo‘yicha to‘g‘ri yechimlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda. Shuningdek, malakaviy amaliyotda energetika sanoat korxonalarning qurilmalarini o‘rganish, hisoblash va tahlil qilish amalga oshiriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#amaliyot #jarayon

Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti Sanoat muhandisligi kafedrasi 022-16-guruh 2-bosqich Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishi talabalari amaliyot rahbari Yu.Daminova hamrohligida Qarshi shahridagi “SULTON STYLES” (UK) va “Qarshi LIDER ” MCHJ ga bordilar. Malakaviy amaliyot davrida talabalar korxonaning tajribali mutaxassislaridan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etish, korxonadagi barcha sexlarning faoliyatini o‘rganib, sohaga doir yangi texnika va texnologiyalardan unumli foydalanish, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini o‘rganmoqdalar.

Amaliyotchi talabalar korxonaning konstruktorlik-texnologlariga ishlab chiqariladigan mahsulotlarning o‘zlari yaratgan dizayndagi yangi model namunalarini taqdim etdilar. Tashrif davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi talabalar va korxonaning malakali ishchi-xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda yengil sanoat sohasini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni qo‘llashda engsamarali usullardan foydalanish, jahon standartlariga mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda O‘zbekistonning ichki bozorlarini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, chet davlatlarga eksport qilishni amalga oshirish kabi masalalar haqida so‘z bordi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
#amaliyot #jarayon

➡️Sport fakulteti kurash ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 022-29 va 022-81-guruh talabalari Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida amaliyot o‘tashmoqda. Amaliyot rahbarlari G‘ayrat Eshmatov, Rufat Ochilov talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashishmoqda. Kuni kecha Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurash bo‘limi bilan hamkorlikda milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ta’lim_sifati #o‘quv_laboratoriyalari #amaliyot

⚡️Qarshi davlat universitetida fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun moddiy-texnik baza yetarli(mi)?

Bu savolga javob o‘laroq universitet Axborot xizmati tomonidan Fizika fakultetining o‘quv laboratoriyalaridagi jarayonlardan lavha taqdim etildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, fakultetda 4 ta bakalavriat yo‘nalishi va 2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 500 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 3 ta kafedra, 11 ta o‘quv va 1 ta ilmiy laboratoriya mavjud. Joriy o‘quv yilidan muqobil energiya manbalari yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgan.

Universitetning geliopoligon maydonida fakultetning muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi tashkil qilingan. U yerda muqobil energiya manbalari yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalarning amaliyot o‘tashi hamda magistrantlar va yosh olimlarning dissertatsiyalari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish imkoniyati yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🎉1
#amaliyot #jarayon

Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 4-kurs 021-32-guruh talabalari Qarshi shahar 7-sonli maktabda amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot rahbari O'lmas Mamadiyorov va maktàb psixologi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashishmoqda.

Kuni kecha talabalar tomonidan maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun “Kimligimni top”, “Issiq stol”, “Qadriyatlar”, “Raqamlar” kabi trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Amaliyot davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#amaliyot #fakultet_xabarlari

Ayni kunlarda Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim yo`nalishi (sirtqi) 5-kurs talabalari umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot davrida fakultet talabalari tomonidan Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kechalar, “Milliy liboslar - milliy qadriyatlarmiz bezagi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Shu bilan bir qatorda Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim yo`nalishi 2-kurs talabalari va Yoshlar bilash bo‘limi tyutorlari ishtirokida milliy an’analarimizni targ‘ib etuvchi tadbir tashkil etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤩3🔥2🎉2
#amaliyot #milliy_liboslar_targ‘iboti

Fizika fakultet yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlab chiqarish va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) yo`nalishi talabalari Qarshi lider MChJ korxonasida amaliyot o’tamoqdalar. Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanadi. Shuningdek, amaliyot bo‘lg‘usi mutaxassislarni kasbga yo‘naltirishda katta ko‘mak beradi.

Amaliyot davrida Sanoat muhandisligi kafedrasi o'qituvchisi Ma’mura Suvonova tomonidan amaliyotchi talabalar ishtirokida o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish maqsadida “Milliy liboslar - milliy qadriyatlarimiz bezagi” shiori ostida “Milliy liboslar ko`rgazmasi” tashkil qilindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#amaliyot #jarayon

Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 4-kurs 021-30-guruh hamda 4-kurs 021-31-guruh talabalari Qarshi Nuriston akademik litseyida amaliyot o‘tashmoqda.

🔴Amaliyot rahbarlari Erkin Yoziyev va Surayyo Karimqulova hamda akademik litsey psixologi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashishmoqda.

Amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan akademik litsey “O‘quvchilar turar joyi”da yashaydigan o‘quvchi-qizlari uchun "Ilm saodat - kaliti" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi, shuningdek, "Besh barmoq" va "Raqamlarda faollik" mavzularida psixologik trening o‘tkazdilar. Amaliyot davom etmoqda.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#amaliyot

Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-kurs 022-3-guruh talabalari Qarshi shahridagi “Oxford school in Karshi” NTM da amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot rahbari S.Shodixonov, maktab direktori K.Rahmatullayeva hamda O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.Abdirahmonov talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda zaruriy metodik tavsiya va ko‘mak berishmoqda. Amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan “fevral – ingliz tili oyligi” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#amaliyot #jarayon

Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 4-kurs 021-30-guruh hamda 021-31-guruh talabalarining Qarshi Nuriston akademik litseyida amaliyoti faol davom etmoqda.

Amaliyot rahbarlari Erkin Yoziyev, Surayyo Karimqulova hamda akademik litsey psixologi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashishmoqda.

Kuni kecha amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan "Raqamlarda faollik", "Soyabon va tayoqcha", "Chaqqon qo'l" mavzularida psixologik -treninglar o'tkazildi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍14
#amaliyot

⚡️Innovatsion darslar bilan raqamli olamga sayohat!

Qarshi davlat universiteti Matematika va informatika yo‘nalishi 2-kurs 023-43-guruh talabalari Qarshi shahar 34-maktabda malakaviy amaliyotni samarali olib bormoqda. Amaliyotga Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi N.Begmatova rahbarlik qilmoqda.

Darslar davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq etmoqdalar. “Keys”, “Kubik”, “Asessment”, “Zinama-zina”, “Krossvord” kabi zamonaviy va innovatsion o‘qitish usullari orqali darslar interfaol tarzda tashkil etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, vizual taqdimotlar va guruh bilan ishlash elementlari dars jarayonini yanada jonli va samarali qilmoqda.

12-aprel kuni “Informatika – bu raqamli olamga sayohat” mavzusida tashkil etilgan tadbir esa amaliyotning yorqin davomi bo‘ldi. Tadbir doirasida “Xaker” va “Kiber” jamoalari o‘rtasida intellektual bellashuv, mozaika yig‘ish, “Raqamli olam va real hayot” mavzusida bahs, shuningdek, badiiy chiqishlar namoyon etildi.

Tadbirda kafedra o'qituvchilari F.Shodiyev, L.Safarov va I.Razzoqov ishtirok etib, jamoalar faoliyatini baholashdi. Faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Amaliyotchi talabalarning tashabbusi va ijodiy yondashuvi maktab ma’muriyati tomonidan ham munosib qadrlandi.

Ushbu amaliyot jarayoni talabalarda pedagogik mahoratni shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash va barkamol avlod tarbiyasida faol ishtirokchi bo‘lishga xizmat qilmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1🎉1
#amaliyot

Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida San'atshunoslik fakulteti arxitektura yo'nalishi 2-kurs talabalari hamda Filologiya fakulteti matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishi 2-kurs talabalari amaliyot o‘tamoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar muzey fondidagi tarixiy hujjatlar, eksponatlar va arxiv materiallarini chuqur o‘rganib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍6🔥3🤩1