Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Orientation_week

Talaba-yoshlarni birlashtirgan loyiha - “Orientation Week” doirasidagi navbatdagi uchrashuv Tarix fakulteti 1-bosqich talaba - yoshlari bilan oʻtkazildi. Ushbu loyihaning maqsadi - talabalarning oliy ta'lim muassasalariga moslashuviga yordamlashish va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdir.

Joriy o‘quv yilida talaba bo‘lishdek baxtga musharraf bo‘lgan yoshlar fakultet tyutori A.Ahmatov hamrohligida 1200 o‘rinli o‘quv binosi, Axborot resurs markazi, universitet bosh o‘yingohida bo‘ldilar. Yo‘l-yo‘lakay suhbat chog‘ida yoshlar universitetning odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalar turar joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi, shuningdek, fakultetdagi taʼlim jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

👉 @qarduuz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Orientation_week
#Birinchi_kurs_maktabi
#Videolavha

Talaba-yoshlarni birlashtirgan loyiha - Orientation Week” doirasidagi uchrashuv Fizika fakulteti 1-bosqich talaba - yoshlari bilan oʻtkazildi. Ushbu loyihaning maqsadi - talabalarning oliy ta'lim muassasalariga moslashuviga yordamlashish va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdir.

Joriy o‘quv yilida talaba bo‘lishdek baxtga musharraf bo‘lgan yoshlar bugun universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Ravshanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamrohligida
Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi), Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi, Inkubatsiya markazi, Kutubxona, Turizm amaliyot markazi, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasini ko‘zdan kechirishdi.

Yo‘l-yo‘lakay suhbat chog‘ida yoshlar universitetning odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, yotoqxonalarga joylashish hamda fakultetdagi taʼlim jarayonlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7