This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Orientation_week
#Birinchi_kurs_maktabi
#Videolavha
Talaba-yoshlarni birlashtirgan loyiha - “Orientation Week” doirasidagi uchrashuv Fizika fakulteti 1-bosqich talaba - yoshlari bilan oʻtkazildi. Ushbu loyihaning maqsadi - talabalarning oliy ta'lim muassasalariga moslashuviga yordamlashish va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdir.
Joriy o‘quv yilida talaba bo‘lishdek baxtga musharraf bo‘lgan yoshlar bugun universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Ravshanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamrohligida
Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi), Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi, Inkubatsiya markazi, Kutubxona, Turizm amaliyot markazi, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasini ko‘zdan kechirishdi.
Yo‘l-yo‘lakay suhbat chog‘ida yoshlar universitetning odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, yotoqxonalarga joylashish hamda fakultetdagi taʼlim jarayonlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#Birinchi_kurs_maktabi
Milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan teatr san’ati xususida so‘z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxonadur” deb aytgan fikrini eslash o‘rinlidir. Zero, teatr ma’rifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin o‘rtasida jonli muloqot o‘rnatuvchi maskan bo‘lib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy g‘oyalar tarannum etiladi.
Joriy yilning 10-sentyabr kuni “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari doirasida Qarshi davlat universiteti birinchi bosqich talabalari Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamrohligida viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan "Davlat bolalari" nomli spektaklni maroq bilan tomosha qildilar.
Spektakl rejissor Farhod Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda yetim va qarovsiz bolalarning og‘ir hayoti va dardlari orqali oilalarda ajrimlarga qarshi ma’naviy kurash aks etgan. Spektakl tomoshasi talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

👍17
#Birinchi_kurs_maktabi
⚡️ Ta'lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishda uzviy hamkorlik
11-sentyabr kuni Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida "Universitet-talaba-ota-ona" tamoyili asosida "Ta'lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirishda uzviy hamkorlik" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Ismatov, profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, fakultet dekani N.Eshqorayeva, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jo‘rayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, 1-kurs talabalari va ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.
Muloqotda mas'ullar tomonidan talabalar uchun oliy ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashaydigan talabalar bilan uzviy aloqa hamda xavfsiz hudud – xavfsiz talaba tamoyili doirasida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berildi. Tadbir davomida mavzu bo‘yicha ota-onalardan ham fikr-mulohazalar tinglandi.
👉@qarduuz 👈

👍10🔥4🎉4
#Birinchi_kurs_maktabi
12-sentyabr kuni Geografiya va agronomiya fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, Geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.
Suhbat davomida fakultet va universitet rahbariyati, Odob-axloq kodeksi, kredit-modul tizimi va universitet ichki tartib-qoidalari to'g'risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tanishuv haftaligi tadbirlar doirasida talabalar Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi) va kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.

👍10🎉3