#Kredit_modul_tizimi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 19 noyabrdagi 483-sonli buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi tashkil etilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari 4 ta siklda guruhlarga bo‘lingan holda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster, Toshkent davlat iqtisodiyot hamda Toshkent davlat yuridik universitetlari bazasida tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 22-25 noyabr kunlari ushbu kurslarning 1 sikli, 29 noyabr - 2-dekabr kunlari ushbu kurslarning 2-sikli bo‘lib o‘tdi.
Kurs yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirish natijalarini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovi natijalari asosida 56 foiz va undan yuqori ball to‘plagan tinglovchilarga “Trenerlik guvoxnomasi” hamda 55 foizdan past ball olgan tinglovchilarga kurslarda o‘qiganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etildi.
Treninglarda Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Kurslarning uchinchi va to‘rtinchi sikllari 6 – 16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👉@qarduuz 👈