Qarshi davlat universiteti
10.1K subscribers
21K photos
1.48K videos
326 files
6.85K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ideathon #tanlov
#taqdirlash_marosimi
#videotafsilot

Xabar berilganidek, Qarshi shahridagi IT-texnoparkda viloyatimizda o‘tgan yildan boshlab o'tkazib kelinayotgan “Istiqbolli IT-loyihalar” (Ideathon) ko'rik-tanlovining joriy yildagi 1 va 2-mavsum g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, tanlovda Qarshi davlat universiteti talabalaridan tarkib topgan jamoalar sovrinli o‘rinlarni band etishdi.

Jumladan, tanlovning 1-mavsumida Renessans jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Eng dolzarb muammoga yechim qilgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Intellegent jamoasi g‘olib deb topildi. 2-mavsum ham universitet jamoalariga omadli keldi. Xususan, Diamond jamoasi 2-o‘rinni egalladi, shuningdek, “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik Utopiya jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimidan so‘ng viloyat hokimi Murotjon Azimovning yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_akademiyasi
#taqdirlash_marosimi

Bir guruh faol yoshlar taqdirlandi


Bugun 28-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 20 nafardan ortiq yoshlar, jumladan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni sohiblari, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika olimpiadasi g‘oliblari hamda tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalarida eng samarali faoliyat olib borgan Yoshlar akademiyasi liderlari taqdirlandilar.

E’tirof etilgan yoshlarga vazirlikning maxsus sertifikati, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari taqdim etildi.

Ahamiyatlisi, eng samarali faoliyat olib borgan Yoshlar akademiyasi liderlari orasida Qarshi davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri, Kimyo-biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Nuriddinova Sevinch Nuriddin qizi ham bor.

Talabamizni ushbu e'tirof bilan tabriklaymiz.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_stipendiyasi
#taqdirlash_marosimi

16-noyabr kuni "Viloyat hokimi stipendiyasi" g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi M.Azimov yoshlarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga maxsus guvohnoma va tanlovga asosan, dastlabki stipendiyalarni topshirdi.

Xabar berilganidek, taqdirlanganlar orasida Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabasi Yusufova Madinaxon Isroil qizi, Filologiya fakulteti talabalari Usmonova Mohidil Laziz qizi, Sayimova Malika Laziz qizi, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabasi Narzullayev Dilshod Almurod o‘g‘li va Iqtisodiyot fakulteti talabasi Muratov A’zam Alisher o‘g‘li ham bor.

Ma'lumot o‘rnida, tanlov sovrindori bo‘lgan 18 nafar maktab o‘quvchilari (bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari) va 14 nafar oliygoh talabalariga (bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari) joriy  o‘quv yilining sentyabr oyidan iyun oyigacha har oy maxsus stipendiya to‘lanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM