Navqiron gujumlar
26 subscribers
214 photos
10 videos
3 files
41 links
Ushbu kanalda siz "Navqiron gujumlar" she'riy duel loyihasining qatnashchilari, umuman Xorazm vohasining yosh va katta adabiy qatlami vakillarining ijodidan bahramand bo‘lasiz!

Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ijod maktabimiz uch yoshda!

Ko‘ngil yaqinligi beruvchi totni faqat buni his qilgan yuraklargina to‘laqonli tasavvur qila oladi.  Aytmoqchimanki, Ogahiy ijod maktabi - ma‘naviyat kishilari, ko‘ngil kishilari, ijod kishilarini bir joyga yig‘a olgan manzillarning eng navqironi.
Maktabga ilk qadam qo‘yishimiz ham ayni ijodiy kecha - she‘r bayrami "Navqiron gujumlar" loyihasi tufayli edi. Keyinchalik ham ijodiy uchrashuvlar sababli hech yotsirashlarsiz ahli maktab bilan diydor ko‘rishganmiz.
Maktabga kirarkanman, tanisharkanman, kuzatarkanman, mendan kechgan ilk fikr - "Qaniydi bola bo‘lsam-u..." va siz anglagan, ehtimol  ko‘p marotaba siz ham o‘ylagan o‘sha jumla bo‘lgan.
Ijodiy muhit bilan doimo hamnafas bo‘lish, she‘r kishilari, yuksak ma‘naviyat sohiblarining ta‘limini olish, adabiyotni "kundalik hayot tarziga olib kirish" - bag‘rida yashash , bularni o‘ylab entikmaslik mumkin emasdek, nazarimda.
Ogahiylar avlodining kichik uyi, ta‘lim va ma‘naviyatning qalamli maktabi, uch yoshing muborak!  Kelayotgan yil ilk qaldirg‘ochlarini uchirma qilayotgan ilm dargohimizga
adabiyot va ma‘naviyat osmoniga hali ko‘pdan ko‘p qaldirg‘ochlar uchirma qilishini, parvozi boqiy bo‘lishini tilab qolaman!

: Shohsanam Iskandarova,
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ogahiy ijod maktabi uch yoshda
!🎉

💌
Men ilk marta Ogahiy ijod maktabiga borganimni yaxshi eslayman. Shu kungacha hashamatli, shinam koʻpgina joylarga borganman, koʻrganman, lekin ijod maktabining fayzi boʻlakcha. Oʻquvchilarning kiyinish, soʻzlash va sheʼr oʻqish madaniyatiga oshiq boʻlib qolgandim. Va hamon shunday tasavvurdaman. Ijod maktabi chin maʼnodagi isteʼdodlarni tarbiyalab, bu vohaga qaytadan Ogahiylar berishini, sheʼrni, dilni tushunadigan, adabiyotning salobatini, malohatini chuqur his qiladigan insonlarni tarbiyalovchi dargoh boʻlib qolishini chin dildan istayman. Va aytamanki, millat tarbiyasi yoʻlida qilayotgan ishlaringiz xayrli va bardavom boʻlsin!

Zubayda Otaxonova
Urganch davlar universiteti talabasi, shoira


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun Muso)
#Yangi_ijod
#Koʻngiliston

TALVASA

Tugamaydi men yurgan manzil,
Tugamaydi alqar jobirlar.
Hayotimning yarmi chin hazil,
Taqdir nima qo‘ygan hozirlab?

Bir ko‘ngilning halovatini,
Qo‘ygandekman nogoh o‘g‘irlab.
Bergin menga saxovatingni,
Menga o‘zing yo‘l ko‘rsat, Yo Rab!

O‘zi meni nega yaratding?
Qilganmiding zaminga tortiq.
Iblislar kezar tegramda,
Yasholmayman bundayin ortiq.

Ruhim shaksiz adil so‘roqda,
O‘y-tashvishga qadalgan boshim.
Menga o‘zi nima bo‘lmoqda?
Begonaday o‘z jismim, loshim.

Bormi? Hargiz izlagan rohat,
Totli damlar tushmas yodimga.
Men borliqqa qildim itoat,
Sodiq qolib e’tiqodimga.

Tugamaydi men yurgan manzil…


Xorun Muso

@Xorun_Muso
🔥1
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (Jumanazar Yo‘ldosh)
***

Yelkamda ko‘tarib borardim tolib
yelkam ezgan yuk bilan...
Olis-yaqin manzilga...
Yo‘lda uchrar odamlar
Qararlar hayron bo‘lib.
Eshitaman shivirlashlarin:
– Bu savdogar bo‘lsa kerak,
Sotsa kerak, albatta!
– Yo‘q, uyida och qolgan
Bolasiga eltar yegulik?
– Balki topib olgan xazina?!
– Menimcha, chiqindini
Tashlab kelmoqchi, balki?
– Ahmoqona! Bildim buni,
Yelkasida – ayoliga atalgan tortiq!
Odamlarning taxminidan
kulaman horg‘in...
Oxir yurak yutib
So‘rasharlar o‘smoqlab:
– Neni ko‘tarib yuribsan,
Bukchayib, horib?
Men hazin jilmayib,
Beraman javob:
– Yelkamdagi – odamlarning anduhi...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash
2
#drabl

Pufak


Shishiraverganlaridan xursand, tobora óziga siģmay borardi.
Poooq!


Shohruh Sardor
🔥2
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (Jumanazar Yo‘ldosh)
***

Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi.
Chiroqlardan iliq nur tomar,
Itlar hurar – mendayin daydi.
O, qishloqning jonbaxsh nafasi!
Xush iforli his toshar qalbda.
Shu qishloqning har insoniga
Qilgim kelar jonimni sadqa.
Jimjit koʻcha... orom kechasi...
Men oʻzimni butkul unutdim,
Unib chiqdi xayol chechagi
Va nenidir tinmayin kutdim...
Bolalikda ekkan niholim
Bugun oʻsib terak boʻlibdi.
Men unutgan qadrli tolim,
Chopilibdi – tugabdi umri...
Bir paytlari sevgan qizimning
Uyidagi dorga tortilgan
Bir paytlari kiyganday oʻzi –
Goʻdak liboslari osilgan.
Ne ham derdim, shu ekan qismat
Sevilgandik, sevgandik nochor,
Lek maktabni bitirgan fursat,
Ajralishdik – hayot badkirdor.
Bir koʻchada yashasak ham biz
Taqdir uzoq qilgandi axir.
Ne boʻlsa ham koʻrishmaymiz yuz,
Taqdir degan shunchalik taxir.
Sen yashagin, deyman qasdma-qasd
Ayol boshing – turmush bilan band.
Men ham chidab, jim yashayman bas,
Sabil turmush qilar zanjirband...
Bedor kezib tagʻin tunchogʻi
Hasratimni yozdimu biroz,
Yodga olib qadrdon chogʻim
Koʻnglim xiyol boʻldi sarafroz.
Tunda esgan salqin shabboda,
Gʻamlarimni uchirdi ilkis.
Lablarimga tutdi gulboda
Unutilgan umr shodligi...
Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi.
Chiroqlardan iliq nur tomar,
Itlar hurar – mendayin daydi...


J.Y.


@Jumanazar_Yuldash
👍1
  «Мангулик жамоли»  жамоат бирлашмаси

Қадрли ёш ижодкорлар!
    
      «Мангулик жамоли» жамоат бирлашмаси кутубхонаси сериясида нашр этиладиган тўпламга ижодкорлар асарлари танлови эълон қилинади. Танловга 35 ёшгача бўлган Хоразмлик  ижодкорларнинг наср, назм, публицистика, таржимачилик ва адабий танқидчилик йўналишидаги ижодий ишлари қабул қилинади.
      Қабул қилиш  2023 йилнинг 1 мартига қадар давом этади.
      Ишларингизни ҳайъат кўриб чиқиши учун ушбу рақам телеграм манзилига йўллашингиз мумкин:

+998975298362
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (Jumanazar Yo‘ldosh)
SHOIRGA

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."

(Jumanazar Yoʻldosh misrasi)

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."
Bu chorlovlar oʻtkinchi, ogʻam,
Oy hamisha goʻzal aldaydi.
Qishi qattiq kelar qishloqning
Qishlagani shahar ketasiz.
Siz ekkan huv tollar kesilgan,
Endi qalbga ishqni ekasiz.
Bu yerlarning manglayi shoʻrmas –
Bergan tuzin oqlar Vatanning!
Shoirlarning sevgani yormas,
Ilhomidir shonli sheʼrlarning.
Oy sayrga chorlaydi, munis...
Qish kechasi,
qishloq koʻchasi...
Sheʼringizga tuzlar sepadi
Sevganingiz goʻzal allasi...
Taqdir– toshday qattiq non ekan!
Tishlaringiz toshni yormadi.
Maktab payti siz yozgan xatlar
Balki...
unga yetib bormadi...
Ne qilarsiz, turmush musht solsa,
Ona aytgan qizga koʻnganysiz.
Shu kechaday sokin, sevimli
Huv allani oyga koʻmgaysiz...
(Bilmam, kimga botar bu izhor?)
Barchasini solasiz she'rga.
Va shu bilan tunlar oqarar
Belanadi sham qora terga...
Lek, unutmang:
Oylar aldoqchi!
Ular doim goʻzal aldaydi,
Shu qishloqda kimdir sizga ham
Yetib kelmas xatlar yoʻllaydi...

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."


Zubayda Otaxonova


@Jumanazar_Yuldash
1
Shohruh Sardor she'r.docx
24.1 KB
#ДИҚҚАТ
#Эълон
#Муҳокама

    Қадрли адабиёт ихлосмандлари, катта-кичик ёшдаги  ижод аҳли!
    
     "Муҳокама соати" нинг навбатдаги машғулотида иқтидорли ёш ижодкор Шоҳрух Сардорнинг «Висол манзили» деб номланган шеърий ижод ишлари муҳокамаси бўлиб ўтиши кутилаётганини маълум қиламиз.
     Муҳокама 2023 йил 02 феврал куни  соат 10.00да Вилоят ахборот кутубхона марказида  бўлиб ўтади.
     Барча қизиққанларни "Муҳокама соати"га таклиф қиламиз.
     
    ЭСЛАТМА: Галдаги «Муҳокама соат»ларига истаган ҳар бир қалам соҳиби ўз ижодий ишини муҳокама учун тақдим қилиши мумкин.
   
Mурожаат учун тел.+998974561015
Кичик ҳикоялар

Эркаклик бурчи

– Ойи тунов кунги амаки яна келиб менга шоколад бериб кетди.
– Нимадир дедими?
– Ҳа, мен сени даданг бўламан деди.
– Сен нима дединг?
– Индамадим. Сўнг у кетди.
– Яна келиб дадангман деса дадам узоооққа кетганлар деб айт!
– Қачон келади деб сўрасаларчи?
–Эркаклик бурчи эсига тушганда дегин!


Сўнги йўл


- Азизлар, бир дақиқа сукут сақлаймиз.
Йиғилганлар бирин-кетин бетоқатлик билан соатига қараб қўйди.


Бева

Ётишга ҳозирланаркан девордаги аёлининг суратига кўзда ёш аралаш боқиб, икки кишилик қилиб жой солди.


Пуфак

Шишираверганларидан хурсанд, тобора ўзига сиғмай борарди. Поооқ.


Шоҳруҳ Сардор
* * *
Sochlaring eslatdi qizgʻish yaproqlar,
Yana sogʻinch rangga boʻyaldi koʻngil.
Hijronga sabrning kuchi yetmaydi
Bardosh qulamasin qoʻlingni bergil.

Ne savdo bunchalar bogʻliqman senga,
Ruhimda ishq boʻlib taralganmiding.
Men hijron ilgida tugʻildimmi yo,
Sen-chi,  sogʻinch boʻlib yaralganmiding...

Kel,  omon oʻtayin talatoʻplardan,
Ishq oʻlib,  tuygʻular ochmasin aza.
Farishtalar qoʻlin ochar duoga,
Sen ham qoʻllaringni koʻtar shu lahza.

Shoyadki, duolar boʻlib ijobat,
Koʻngil bogʻimizni tark etsin hazon,
Uyatdan boshini egib, choʻkib tiz
Qizgish sochlaringdek  qizarsin  hijron.

Umidjon Qoʻziyev

@Umidjon_Quziyev
#happy_birthday

Assalomu alaykum, Xorun do‘stim tavallud ayyomingiz bilan tabriklayman! Hamisha yaxshiliklar va yaxshi odamlar atrofida bo‘ling! Adabiyotning, she'riyatning olovli yo‘llarida samandarday olg‘a qadam tashlayvering, do‘stim!

Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh

@navqiron_gujumlar
#TAVALLUD_MUBORAK

Bugun Xorazmning eng faol va tashabbuskor yoshlaridan biri, koʻngli ochiq va samimiy ijodkor, shoir va jurnalist doʻstimiz Xorun Musoning tavallud kunlari!!!
Shu munosabat bilan Xorun Musoni bugungi qutlugʻ ayyomi bilan chin yurakdan tabriklayman!!!
Barcha orzu niyatlaringiz ushalib, dunyodagi eng baxtli insonlar safida yuring!!! Hayot va ijod yoʻlingizda hamisha baxt va omad hamroh boʻlsin!!! Xalq ardogʻidagi shoir va jurnalist boʻlishingizga tilakdoshman!!!😊
Tugʻilgan kuningiz bilan!!! 🎂🎂🎂🎂
#nazm

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»

Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Koʻngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening oʻchini sezdi,
«Ey, uzoq yoʻllarni yaqinlatuvchi!»

Yana ikki koʻzdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza gʻamlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!

Asli, qayda boʻlsang, men koʻngli toʻqman,
Kunchiqarim ishqdir, nur oʻchsa — yoʻqman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!

Kim aytdi, yoʻl ancha oʻtildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch boʻldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!

Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, koʻhna dardlarni yangilatuvchi!»

Omon Matjon
Forwarded from Umidjon QO'ZIYEV
Bugun 14-iyun Xorazmlik ijodkor yoshlar ichida oʻz oʻrniga ega boʻlgan doʻstim, Respublika Zomin seminarining ishtirokchisi Shohrux Sardor tavallud topgan kun. Ushbu qutlugʻ ayyoming muborak boʻlsin doʻstim!!!
Umring uzun, baxting butun boʻlsin!
Ijodingga ijod qoʻshilib, ishlaringni rivojini beraversin Allohim.

Umidjon Qoʻziyev
👍1
Bugun 18-iyul yaxshi inson, iste'dodli ijodkor do‘stim, Zomin seminari ishtirokchisi Umidjon Qo‘ziyevning tavallud ayyomi. Do‘stim shukrona kuning muborak bo‘lsin. hamisha sog‘-salomat bo‘lgin.
Ijodda va ishlaringda omad yor bo‘lsin.


***
Кўчатман, илдизи ердан узилган,
Мени юрагингга ўтказ азизим.
Сув тутгин лабимга,  меҳр бер бироз,
Танимга тириклик етказ азизим.

Қалбингда парвариш топай абадий,
Хуснингдай гулласин умр чечагим,
Эртаклар рост дея ишонсин дунё,
Ҳаётга айлансин менинг эртагим.

Менга тириклик йуқ ўзга юракда,
Яшиллик фасли йўқ, ишқ йўқ, гуллаш йўқ.
Тезроқ юрагингга  ўтказ азизим,
Вақт орқага қайтмас, вақт отилган ўқ.

Кўчатман, илдизи ердан узилган,
Мени юрагингга ўтказ азизим....


Умиджон Қўзиев
👍31
Assalomu alaykum, do‘stim, qadrdonim Xorun! Sizni tavallud kuningiz bilan chin dildan tabriklayman! Iforli, ma'noli, sehrli, ruhli she'riyatingiz bor. Ilohim, ko‘z tegmasin, Xorazm adabiyotining eng qadrli, o‘z o‘rniga ega, hurmatga sazovor shoiri bo‘lib yuravering. Alloh umringizni ziyoda qilsin! Tabriklayman!

Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh