Navqiron gujumlar
26 subscribers
214 photos
10 videos
3 files
41 links
Ushbu kanalda siz "Navqiron gujumlar" she'riy duel loyihasining qatnashchilari, umuman Xorazm vohasining yosh va katta adabiy qatlami vakillarining ijodidan bahramand bo‘lasiz!

Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Butun olam tortishish qonunini bilsangiz kerak-a? Albatta, bilasiz. Ya'nikim, siz nimani xayol qilsangiz, kun kelib unga dahldor bo'lasiz. U sizning hayotingizga kirib keladi va yoki nimadir sizni o'sha narsa bilan bog'laydi. Ogahiy ijod maktabi shunday qutlug' maskanlardan biriki, o'sha qonun men uchun ishlab berganiga guvoh zamin. Respublika yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan "Duel" loyihasi viloyat bosqichi shu maktabda bo'lib o'tgan edi. Vohamiz yosh ijodkorlarini bir joyga jamlagan, yangi ovozlarni kashf etgan va qadrdonlarni uchrashtirgan edi o'sha kun. Biz esa bu duelda tirilgan edik, oqibat topdik, diydorlashdik va dillashdik. She'rsirab borsang, so'zsirab borsang, mehrsirab borsang quchoq ochib kutib olguvchi maskanga doimo hurmatdaman. Fidoyi jamoa yig'ilganiga ham guvohmanki, qolaversa, o'quvchilari ham samimiy yoshlar. Chehralaridan tabassum arimaydigan yoshlarga qarab, beixtiyor shoirimizning o'sha mashhur jumlasini pichirlab qo'yasiz: "Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi", deb.
Bu qadrdon maskanimiz bugun uch yoshini nishonlayotgan ekan, ilohim yana uch ming yil tabarruk ziyo maskani bo'lib minglagan o'g'il-qizlarga adabiyot va so'zga mehr-muhabbat, sadoqat tuyg'ularini singdirib boraversin. Ijodkor va bilimdon o'quvchilari safi kengayishida, Ogahiy bobomiz ruhini shod etib, davrimiznini ogoh yoshlari voyaga yetib chiqishida tilakdoshman. Zero, so'zni sevgan avlod bu dargohga mudom talpingay.

Ruxsora Saparboyeva
Qo'shko'pir tumani 28-maktabning matematika fani o‘qituvchisi.
2020-yil Respublika "Zomin seminari" ishtirokchisi, 2021-yil Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Duel" loyihasining "Nazm" yo‘nalishi respublika qatnashchisi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Biz, oʻzbek xalqining milliy obidalaridan biri boʻlmish Xiva shahri koʻpchilikning eʼtiborini jalb qiladi. Mening eʼtiborimni esa Ogahiydek buyuk siymolarimizning ikkinchi umrini hamon gullab-yashnatayotgan, haqiqiy ijod zavqini tuydira olgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi boʻldi. Ilk tashrifimizdayoq "Navqiron gujumlar" sheʼriy duel loyihasining shu yerda oʻtkazilganida ajib bir manzarani bagʻsh etgandi. Biz kabi koʻngil kishilariga yuksak gujumlar ichra begʻubor baxt ulasha olgan va faxr hissini bera olgan barchaga, ayniqsa, qalbi qaynoq qizlarimizga tashakkur! Adabiyot – koʻngillarni birlashtiradi. Ilm ahlini birlashtirguvchi maskan, 3 yoshing qutlugʻ boʻlsin!
Biz siz kabi kelajagi porloqlardan faxrlanamiz va ijod narvonining yana-da yetuk marralarini tilab qolamiz!

: Dilnura Omonzoda – Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi, shoira

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |In
stagram|
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ijod maktabimiz uch yoshda!

Ko‘ngil yaqinligi beruvchi totni faqat buni his qilgan yuraklargina to‘laqonli tasavvur qila oladi.  Aytmoqchimanki, Ogahiy ijod maktabi - ma‘naviyat kishilari, ko‘ngil kishilari, ijod kishilarini bir joyga yig‘a olgan manzillarning eng navqironi.
Maktabga ilk qadam qo‘yishimiz ham ayni ijodiy kecha - she‘r bayrami "Navqiron gujumlar" loyihasi tufayli edi. Keyinchalik ham ijodiy uchrashuvlar sababli hech yotsirashlarsiz ahli maktab bilan diydor ko‘rishganmiz.
Maktabga kirarkanman, tanisharkanman, kuzatarkanman, mendan kechgan ilk fikr - "Qaniydi bola bo‘lsam-u..." va siz anglagan, ehtimol  ko‘p marotaba siz ham o‘ylagan o‘sha jumla bo‘lgan.
Ijodiy muhit bilan doimo hamnafas bo‘lish, she‘r kishilari, yuksak ma‘naviyat sohiblarining ta‘limini olish, adabiyotni "kundalik hayot tarziga olib kirish" - bag‘rida yashash , bularni o‘ylab entikmaslik mumkin emasdek, nazarimda.
Ogahiylar avlodining kichik uyi, ta‘lim va ma‘naviyatning qalamli maktabi, uch yoshing muborak!  Kelayotgan yil ilk qaldirg‘ochlarini uchirma qilayotgan ilm dargohimizga
adabiyot va ma‘naviyat osmoniga hali ko‘pdan ko‘p qaldirg‘ochlar uchirma qilishini, parvozi boqiy bo‘lishini tilab qolaman!

: Shohsanam Iskandarova,
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_3_yoshda
#Qutlovlar

Ogahiy ijod maktabi uch yoshda
!🎉

💌
Men ilk marta Ogahiy ijod maktabiga borganimni yaxshi eslayman. Shu kungacha hashamatli, shinam koʻpgina joylarga borganman, koʻrganman, lekin ijod maktabining fayzi boʻlakcha. Oʻquvchilarning kiyinish, soʻzlash va sheʼr oʻqish madaniyatiga oshiq boʻlib qolgandim. Va hamon shunday tasavvurdaman. Ijod maktabi chin maʼnodagi isteʼdodlarni tarbiyalab, bu vohaga qaytadan Ogahiylar berishini, sheʼrni, dilni tushunadigan, adabiyotning salobatini, malohatini chuqur his qiladigan insonlarni tarbiyalovchi dargoh boʻlib qolishini chin dildan istayman. Va aytamanki, millat tarbiyasi yoʻlida qilayotgan ishlaringiz xayrli va bardavom boʻlsin!

Zubayda Otaxonova
Urganch davlar universiteti talabasi, shoira


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|