#nazm
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»
Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Koʻngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening oʻchini sezdi,
«Ey, uzoq yoʻllarni yaqinlatuvchi!»
Yana ikki koʻzdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza gʻamlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!
Asli, qayda boʻlsang, men koʻngli toʻqman,
Kunchiqarim ishqdir, nur oʻchsa — yoʻqman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!
Kim aytdi, yoʻl ancha oʻtildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch boʻldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, koʻhna dardlarni yangilatuvchi!»
✍Omon Matjon
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»
Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Koʻngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening oʻchini sezdi,
«Ey, uzoq yoʻllarni yaqinlatuvchi!»
Yana ikki koʻzdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza gʻamlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!
Asli, qayda boʻlsang, men koʻngli toʻqman,
Kunchiqarim ishqdir, nur oʻchsa — yoʻqman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!
Kim aytdi, yoʻl ancha oʻtildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch boʻldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning oʻzgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qoʻydim:
«Ey, koʻhna dardlarni yangilatuvchi!»
✍Omon Matjon