Digital.uz
11.8K subscribers
14.8K photos
901 videos
1 file
5.46K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
🔘 O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion universitet tashkil etish loyihasi muhokama qilindi

Bugun, 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Abu Dhabi Uzbek Investment” hamda “CINTANA TEAM” tashkilotining prezidenti Chagri Bagchioglu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉https://mitc.uz/uz/news/view/4328

#mitc
#it_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Raqamli texnologiyalar vazirligi IT o‘quv markazlarni qo‘llab-quvvatlaydi!

💬  Mamlakatimizda yildan yilga
IT  ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda:

🔼 3 yil oldin 11 tagina IT o‘quv markaz IT park rezidenti bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 250 dan (20+ barobar) ortiq o‘quv markazlar davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishmoqda.

🔵 IT bilim (bilgi.uz) jamg‘armasi yordamida o‘quv markazlarni qo‘llab-quvvatlashga 30 mlrd so‘m, 70 nafar yoshlarga 768 mln so‘m o‘qish xarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlar taqdim etildi.

🔵  Agarda Siz o‘quv markazingizni kengaytirish yoki yangi o‘quv markazini ochish rejangiz bo‘lsa, quyidagi SO‘ROVNOMANI to‘ldiring va bizning jamoamiz Siz bilan bog‘lanishadi.

🌐  Ariza qoldirish

#digital
#mitc
#IT_education
#IT_markaz

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
IT sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshlar dasturlashga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad – imkoniyati yetarli bo‘lmagan, biroq qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga dasturlashni bepul o‘rganishlari uchun yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1697/

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Endilikda - “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 1,2 million O'zbekistonlik yoshlar dasturlash asoslarini Coursera onlayn oʻquv kurslari orqali Bepul o‘rganishlari hamda xalqaro IT Sertifikatga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi:

Onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar saralanib, xalqaro miqyosda ish faoliyatini yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;

Sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari ajratiladi;

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

🔗 Batafsil: 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaror

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Byudjet tashkilotlaridagi AKT xodimlariga qo'shimcha ustamalar belgilandi

▪️2023-yil, 1-avgustdan boshlab:

Endilikda, AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama;

Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.

🔗 Batafsil: 24.05.2023-yildagi PF-76-son

#digital
#mitc
#tashrif
#IT_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
⭕️ Buxoro viloyati, Qo‘rakol tumanida IT-klaster faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

🔵 IT-klaster doirasida:

😄 Hindiston davlatining Acharya universiteti;
😄 masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
😄 ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv laboratoriyalar;
😄 startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi va boshqa obyektlar tashkil etiladi.

🤔 Acharya universiteti:
🔴 har yili 1 440 nafar yigit-qizlarni o’qishga qabul qiladi;
🔴 professor-pedagoglarning 70 % xorijdan kelib ta’lim beradi;
🔴 har yili 100 ta grant kvotalari ajratiladi;
🔴 mahalliy o‘qituvchilar Hindistonda malaka oshirishadi.

📥Batafsil: Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.07.2023 yildagi 273-son

#digital
#mitc
#IT_education
#Acharya_university

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 IT ko‘nikmalarga global talab: IT-ta’limga sarmoya kiritish orqali ehtiyojlarni to‘ldirishEdTech sessiyasi

Joriy yilning 7-iyul kuni bo’lib o’tadigan "Digital Leadership Forum"i doirasida EdTech sessiya tashkil etiladi.

🫥 Sessiya davomida IT ta'limni rivojlantirish, sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy tendensiyalarni joriy qilish, kelajak IT kasblar hamda raqamli ta’lim transformatsiyasi kabi mavzularda taqdimotlar va muhokamalar bo’lib o’tadi.

🌐 Sessiyaga o'z sohasida ko'p yillik tajribaga ega, malakali xorijiy ekspertlar taklif etilgan.

😄 Eslatib o'tamiz: Forumda dunyoning 30 ga yaqin davlatidan 300 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etadi!

#digital
#IT_education
#EdTech_session
#Digital_Leadership_Forum

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Қоракўлга ёшларимиз энди нафақат репетитор учун, балки юқори даромад топадиган касбларга ўқитадиган олий таълим муассасасида ўқишга ҳам борадиган бўладилар

Президентимиз Қоракўл туманидаги машҳур математика мактабимизга борганларида ёшларимизга келгуси ҳаётларида юқори даромадли касбларга эга бўлишлари учун айнан ўша ерда Ҳиндистондан университетни таклиф қилиб, АйТи Кластер ташкил этиш вазифасини белгилаб берган эдилар.

Албатта, пойтахт ёки вилоят марказида эмас, туманда бундай вазифани сифатли амалга ошириш осон иш эмас, шунинг учун Бухоро вилояти ҳокимлиги билан ҳамкорликда жуда кўплаб университетлар билан муҳокамалар натижасида Қоракул АйТи кластерини ташкил этиш бўйича Вазирлар Маҳкамасининг жорий йил 5 июлдаги 273-қарори қабул қилинди. Ушбу кластерда Ачария университети ташкил этилади ва математикани кучли биладиган ҳамда чет тилида дастурчилик қиладиган юқори малакали мутахассисларга талаби бўлган қатор АйТи компаниялар ҳам ўзларини бўлинмаларини очишлари режалаштирилган.

Ҳиндистоннинг Бангалоридан келган ҳамкорларимизни Қоракўл туманида ўзига хос математика ўқитиш тажрибаси бор, шунга асосий халқаро математика олимпиадаларида айнан шу ердаги ўқувчилар ғолиб бўлишади ва ота-оналар ҳам айнан шу ерга ўз фарзандларини олий таълимга қабул имтиҳонларига пухта тайёрланиш учун юборадилар деб анча ишонтирдик. Яқинда бўлиб ўтган Digital Leadership Forumидаги уларнинг тақдимотидан қанчалик бу лойиҳага улар ҳам қаттиқ эътибор қаратаётганини кўрсангиз бўлади: https://www.youtube.com/watch?v=RvEWk51gcs8

Бухоро вилояти ҳокимлиги ҳам ушбу лойиҳага алоҳида эътибор қаратиб ёрдам бераётгани жуда муҳим ва бошқа ҳудудлар учун ўзига хос ўрнакдир, чунки айнан АйТи таълимини ривожлантириш орқали ёшларимиз ўз оилалари билан ўз юртларида яшаб, чет элга хизматларини экспортидан юқори даромад олишлари мумкин бўлади.

Бухорога Давлатимиз Раҳбари ташрифлари муносабати билан Қоракўлга яна бир бор бориб, тайёргарлик ишларини жойида кўриш имкони бўлди. Насиб қилса хақиқатда ёшларимиз келажаги учун жуда фойдали лойиҳа бўлади, чунки айнан кучли математика базасига эга бўлган АйТи муҳандисларига талаб дунё бозорида юқори бўлиб қолади.

Батафсил:
https://lex.uz/uz/pdfs/6523574
https://www.acharya.uz/
“George Washington University” rahbariyati IT taʼlim sohasini rivojlantirish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Uchrashuvda George Washington universiteti ijrochi direktori Britani Wright, universitet dekani John Lach va boshqalar ishtirok etishdi.

Batafsil: 👉 https://gov.uz/digital/news/view/2694/

#digital
#It_education
#AQSH

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Vashingtonda AQSh – Oʻzbekiston biznes forumi doirasida bir qator IT kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik masalalari bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi

Ushbu uchrashuvlarda bir qator natijalarga erishildi:

▪️Stirling jamg'armasi ko'magida Utah shtati hamda O‘zbekistondagi IT kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqa o‘rnatish va moliyalashtirish;
▪️ DFC korporatsiyasi tomonidan yirik mahalliy xususiy IT kompaniyalarni moliyalashtirish yangi mehanizmlarini yo'lga qo'yish;
▪️ John Deere hamda GE Healthcare korporatsiyalari o'z IT xizmatlar exportini O'zbekistonda yo'lga qo'yish va tegishli sohalarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ko'maklashish masalalari muhokama etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2714/

#digital
#IT_education
#AQSH

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
⭕️⭕️⭕️⭕️

📱O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education Forum”i boshlandi

IT-Education” forumi – axborot texnologiyalari va taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni taqdim etishga qaratilgan tadbir. Ushbu forumning maqsadi – bilim almashish va so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish uchun mutaxassislar, potensial ish beruvchilar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, talabalar va IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlarni birlashtirishdan iborat.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook: https://fb.watch/nVTf9JkHKS/

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=f07wVkeR8lE

🌐 Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirining Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://fb.watch/nVTiNTKLP5/

#digital
#it_education
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ICT Week – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – IT Education Forum”i bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab yoshlarni IT sohasiga qiziqtirishga, sohaga kirib kelishiga motivatsiya beruvchi “Biz 1 mln dasturchilar jamoasimiz” nomli video lavha taqdim etildi.

Shundan so'ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT eksport hajmini oshirishda yosh mutaxassislarning roli” mavzusida nutq so‘zladi.

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “2030 yilgacha 300 ming nafar yuqori malakali IT mutaxassis tayyorlash”mavzusida o'z chiqishi bilan ishtirok etdi.

Tadbirga Oʻzbekistondagi yetakchi IT-kompaniyalar rahbarlari, taʼlim platformalari asoschilari va universitetlar rektorlari, jumladan, IT Park, TATU, Amity, Inha va boshqa universitet rahbarlari toʻplanishdi.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook: https://fb.watch/nVTf9JkHKS/

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=f07wVkeR8lE

🌐 Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirining Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://fb.watch/nVTiNTKLP5/

#digital
#it_education
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵Coursera’da o‘qib, eng ko‘p sertifikatlarni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi

“ICT Week – 2023” AKT haftaligi doirasida IT ta’lim forumi davom etmoqda. Forum davomida “Coursera” kompaniyasining bosh direktori video murojaat yo‘llab, ayni vaqtda O‘zbekistondan “Coursera” platformasi orqali ta’lim oladigan o‘quvchilar soni 3 barobarga oshganini ta’kidladi hamda bunda IT Park Uzbekistanning hissasi kattaligini ham qayd etdi.

Shuningdek, “Coursera” buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha menejeri (AQSH) Sidxartxa Nagar “Young Talent and Global Skills” mavzusidagi o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.

Shundan so‘ng, Coursera platformasida o‘qib eng ko‘p sertifikatlarni qo‘lga kiritgan TOP-5 yoshlarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi ijtimoiy tarmoqlari orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook: https://fb.watch/nVTf9JkHKS/

▶️ YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=f07wVkeR8lE

🌐 Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirining Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://fb.watch/nVTiNTKLP5/

#digital
#it_education
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

📱Yangi loyihalar va tashabbuskor tashkilotlar taqdirlandi

“ICT Week – 2023” AKT
haftaligi doirasida tashkil etilgan IT ta’lim forumi yuqori daromadga ega bo‘lgan IT sohasida muvaffaqiyatli influyenserlardan motivatsion nutqlar bilan davom etdi.

🏛 Shundan so‘ng Aloqabank tomonidan joriy etilgan “Student ID-Card” loyihasini qo‘llab-quvvatlagan universitet rektorlari va eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarni mukofotlash jarayoni ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, IT-ta’lim va raqamli texnologiyalari sohasida tashabbus ko‘rsatgan eng yaxshi hudud ham munosib taqdirlandi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirni quyidagi havolalar orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

🌐 Facebook

▶️ YouTube

#digital
#it_education
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻O‘zbekistonda IT ta’lim sohasidagi asosiy va muhim voqealardan biri bo‘lgan – “IT Education Forum”i bo‘lib oʻtdi

#digital
#ictweek
#it_education

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM