Digital.uz
12.1K subscribers
19.4K photos
1.09K videos
1 file
6.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
“Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔰 Unda tuman (shahar) bosqichida eng yaxshi natija qayd etgan qizlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

🌐 Tanlov 4 ta yo‘nalishda tashkil etildi — sun’iy intellekt, ta’lim, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot.

🔴 Bugungi tanlov jarayonlari davomida ishtirokchilar tomonidan “Aqlli soyabon”, “Ishonch uylari”, “COBY — Sun’iy intellekt asosidagi chiqindilarni qayta ishlash loyihasi”, “School events” mobil ilovasi kabi loyihalar taqdimot qilindi.


Taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

📊 Ma’lumot o‘rnida: mazkur bosqichda 1 yarim ming nafardan ortiq qizlar kuch sinashmoqda.

Tanlov butun Respublikamiz bo‘ylab hududlar kesimida 2 kun davom etadi.

✈️Yakuniy bosqichda g’olib bo‘lgan ishtirokchilar xorijga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OLIVER CORP (DTV Soft): O‘zbekiston startapi “TechCrunch” sahnasida

🦠O‘zbekistonning OLIVER CORP (DTV Soft) startapi dunyodagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — TechCrunch konferensiyasida o‘zining TMS platformasini taqdim etdi.

🧑‍💻Mazkur innovatsion mahsulot Amerika yuk tashish kompaniyalariga sayohatlar, yuklar, moliyaviy jarayonlar va masofaviy jamoalarni samarali boshqarishda yordam beradi. Platforma ta’sischilarning AQSh logistika sohasidagi amaliy tajribasiga asoslanib yaratilgan bo‘lib, hozirda 6 ta yuk tashish kompaniyasi undan faol foydalanmoqda.

📱TechCrunch’da ishtirok etish kompaniya uchun xalqaro miqyosda kengayish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini chuqurlashtirish va AQShning yangi shtatlarida faoliyatni kengaytirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.

📈DTV Soft’ning ushbu muvaffaqiyati O‘zbekiston startaplari global texnologiyalar bozorida raqobatbardosh, innovatsion yechimlar yarata olishini yana bir bor isbotladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/117167

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OLIVER CORP (DTV Soft): An Uzbek Startup Showcasing Its TMS Platform at TechCrunch

🦠The Uzbek startup OLIVER CORP (DTV Soft) presented its TMS platform at TechCrunch, one of the world’s largest tech events.

🧑‍💻The product helps American trucking companies manage trips, cargo, finances, and remote teams. Built on the founders’ real experience in U.S. logistics, the platform is already used by 6 trucking companies.

📱Participation in TechCrunch marked an important step toward scaling, developing AI features, and expanding into new U.S. states.

📈The story of DTV Soft proves that startups from Uzbekistan can successfully compete in the global market.

Learn more: 👉 https://digital.uz/en/news/view/117167

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, adolat va haqqoniylikni qaror toptirish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingiz jamiyat barqarorligi va davlat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, fidokorona xizmatlaringizda bardavom kuch-g‘ayrat va yuksak natijalar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM