Imtiyoz.uz
1.05K subscribers
228 photos
89 videos
110 files
733 links
Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz
Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz

Muallif: Avazbek Yo’ldoshev
Download Telegram
#abituriyentlarga | #Imtiyoz

Xotin-qizlarga berilgan
imtiyoz qanday hisoblanadi?

Imtiyoz qanday qoʻllanadi?

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar turli viloyat shu bilan birga o‘z hududidagi OTMga hujjat topshirganidan qatiy nazar tanlovda ishtrok etadimi?

Tavsiyanoma 5 tanlagan yo‘nalishga ham o‘tadimi?


Savollarga javoblar: https://telegra.ph/Xotin-qizlarga-berilgan-imtiyoz-qanday-hisoblanadi-06-26

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?
Javobni o‘qish...

➡️ @imtiyozuz
#imtiyoz | #abituriyent2023

⚡️Ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

📌 @imtiyozuz
⚡️Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan 2 ta tavsiyanoma beriladi.

📋 1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

📋 2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

🙎‍♀️ 5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ariza uchun oxirgi muddat — 1-iyun.

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

🤵‍♀️ 2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Batafsil...

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.

📌 @imtiyozuz
#imtiyoz

⚡️Ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar tugashiga 2 kun qoldi

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Batafsil...

📌 @imtiyozuz
#imtiyoz

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha bir qator imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil  14-maydagi PQ-4319-son qarorida oliy taʼlim muassassiga qabul bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undirish belgilangan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur to‘lovdan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq kirish imtihonlarida ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda esa oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan qo‘shimcha ravishda ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratish tartibini joriy etish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga asosan bunday imtiyoz toifasi I va II guruh nogironligi to‘g‘risida maʼlumotnomaga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga binoan nogironligi bo‘lgan shaxslar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib yetarli ball to‘play olmagan va o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan (5 ta) bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan ishtirok etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga binoan oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilangan. O‘rganish natijalariga ko‘ra nogironligi tasdiqlanmagan shaxslar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasidagi tanlovga qo‘yilmaydi va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda umumiy tartibda ishtirok etadi.

📌 @imtiyozuz
#Abituriyentlarga | #imtiyoz

⚡️OTMga o‘qishga kirishda imtiyozlar...

⚡️Fan olimpiadalari g‘oliblariga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
Batafsil...

⚡️Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat bo‘yicha Respublika tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga qanday imtiyozlar beriladi?
Batafsil...

⚡️“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblariga oliy o‘quv yurtiga kirish uchun qanday imtiyozlar beriladi?
Batafsil...

⚡️Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga oliy o‘quv yurtiga kirishda qanday imtiyozlar berilgan?
Batafsil...

⚡️“Nihol” mukofoti sohiblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️Olis cho‘l hududlari aholisi uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qanday imkoniyat yaratilgan?
Batafsil...

⚡️“Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar mavjud?
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xizmatchilari farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun qanday imtiyozlar belgilangan?
Batafsil...

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni otab, harbiy qismlar qomondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lganlarga beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda beriladigan imtiyozlar.
Batafsil...

⚡️Boshqa imtiyoz turlari bilan tanishish.
Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
#Qabul_2023 | #imtiyoz | #kvota

⚡️Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.

🇺🇿 @imtiyozuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

⚡️1-avgustdan talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉 Soliq kodeksi 378-modda

2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ularning ta'lim olishi uchun yo‘naltirgan summadan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

🎞 Batafsil yuqoridagi videolavhada

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️Toʻlov-kontrakt uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining,  shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Batafsil: https://telegra.ph/To%CA%BBlov-kontrakt-uchun-yo%CA%BBnaltirilgan-mablag%CA%BBlar-soliqqa-tortilmaydi-11-19

🇺🇿 @imtiyozuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #ayollarga

“Dekret ta'tili” tugamasdan hodim farzandliy bo‘lsa hodimga dekret puli yana to‘lab beriladimi?

🇺🇿 @imtiyozuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

✍️ Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
.

🎓 Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1️⃣ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2️⃣ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas. Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

⚡️2025-yil 1-apreldan boshlab:

nogironligi boʻlgan yoshlarga parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1 baravarigacha (375 ming so‘m) miqdorda yoʻl haqi xarajatlari qoplab beriladi;

6 oy davomida muntazam ravishda sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlarga qiymati BHMning 10 baravaridan (3 mln 750 ming so‘m) oshmaydigan maxsus sport formalari, inventarlar, musiqa va cholgʻu asboblari olib beriladi;

tabiiy va texnogen hodisalar (yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqalar) oqibatida zarar koʻrgan oilalarga uy-joylarini tiklash va taʼmirlash uchun BHMning 150 baravarigacha (56 mln 250 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatiladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam oʻrniga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.

❗️Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan (11 mln 250 ming so‘m) koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

⚡️Xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga kurs xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

Xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

☝️Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#imtiyoz

⚡️Kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi. — Prezident

🇺🇿 @imtiyozuz
#imtiyoz

⚡️Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g'ayrat” musobaqalari g'oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#imtiyoz | #olimlarga

⚡️Dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
.

🎓 Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1️⃣ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2️⃣ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas. Batafsil video qo’llanmada.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #talaba_qizlariga

⚡️Ayrim toifadagi oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz