Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
225 photos
86 videos
110 files
706 links
Download Telegram
#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.500.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️IT yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilangan.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-213812

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

💰Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 875 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5569689

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Talabalarga uyni ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.

🔔 Soliq kodeksining 378-moddasi 19.1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali
(ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ko'p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga oylik ustama to'lanadi.

Vrachlarga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog'liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to'lanishi kerak:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma'lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma'lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

Asos: https://lex.uz/docs/-941878

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

🔰 Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi | #Xotin_qizlar

⚡️Yolg'iz ayollarning farzandlari bog'chaga imtiyozli ro'yxat asosida qabul qilinadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Quyidagi banklar bankomatlaridan past foiz bilan yoki komissiyasiz naqd pul yechish mumkin.

1) Ipoteka bank - 0,7%
Bankning Uzcard kartalaridan Samarqand viloyati, Chilonzor va Ko’ksaroy filiallari bankomatlarida naqd yechilganda;

2) Asakabank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Asakabank bankomatlarida naqd yechilganda;

3) Garantbank - 0,7%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Garantbank bankomatlarida naqd yechilganda;

4) Asia Alliance Bank - 0,6%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan AAB bankomatlarida naqd yechilganda;

5) Ipak Yo’li Banki - 0,5%
Bankning Visa Start so’m kartalaridan IYB bankomatlarida naqd yechilganda;

6) Davrbank - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan Davrbank bankomatlarida naqd yechilganda;

7) Biznesni Rivojlantirish Banki - 0,5%
Bankning Uzcard va Humo kartalaridan BRB bankomatlarida naqd yechilganda;

8) KDB Bank O’zbekiston - 0,5%
Bankning Humo kartalaridan KDB Bank bankomatlarida naqd yechilganda;

9) Kapitalbank - 0%
Bankning Visa so’m kartalaridan Kapitalbank bankomatlarida 10 mln. so’mgacha naqd yechilganda;

10) Tenge Bank - 0%
Bankning xalqaro bank kartalaridan Tenge Bankning bosh ofisi, Intercontinental, Hyatt Regency va TATUda joylashgan AMEX logotipi bor bankomatlarida 30 mln. so’mgacha naqd yechilganda.

❗️Oradan vaqt o’tgach, komissiyalar o’zgarishi mumkin.
©Manba...

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🇺🇿 @imtiyozuz
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi

Ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanadi.

🔰Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o'tkaziladigan fanlar bo'yicha aynan g'oliblikni qo'lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g'olibiga beriladi;

ta'lim muassasalarida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari tomonidan g'oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021 yildagi 562-sonli qarori.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
kontrakt;
nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

✍️ Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi | #imtiyoz

⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
.

🎓 Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1️⃣ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2️⃣ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

⚡️To‘langan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish uchun soliq organlariga borishingiz shart emas. Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Xodimlarga ish kuni davomida dam olish uchun tanaffuslar berilishi kerak

Qonunchilikka ko'ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko'pi bilan 2 soat bo'lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

📋 Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi.

❗️Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini ta'mirlash uchun pul beriladi.

Qonunchilikka ko'ra, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o'rganiladi.

🏢 Har bir uy-joyni ta'mirlash ishlariga "Ayollar daftari" jamg'armasi hisobidan BHMning 30 baravarigacha (11 mln 250 ming so'm) miqdorda mablag' ajratilishi belgilangan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-son qarori.
---------------------------------------------------------
Ayollar daftariga kimlar kiritiladi? Javob...

⚡️Xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi. Batafsil...

⚡️Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun 33 million so'mgacha kreditlar ajratiladi. Batafsil...

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM