Imtiyoz.uz
1.06K subscribers
232 photos
89 videos
110 files
747 links
Download Telegram
⚡️Bog'cha va maktablar oldiga 30 tezlikka radar qo'yiladi.

Ichki ishlar vazirligi 2025 yil 1 sentabrga qadar joylardagi o'rganishlar asosida yo'llar bo'yida joylashgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofida soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish mumkinligini ko'rsatuvchi yo'l belgilari va bunga qat'iy rioya etishni ta'minlovchi maxsus texnika vositalarini o'rnatish bo'yicha barcha zarur choralarni ko'radi.

🇺🇿 @imtiyozuz
👍61
⚡️Prezident farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g'olib va sovrindor bo'lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi.

🎓 @imtiyozuz
11👍1
⚡️Ayrim tibbiyot xodimlarining ish haqlari oshirildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida oshiriladi.

☑️ Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.

Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;

tibbiyot brigadasiga belgilangan me’yorlardan 10 foiz ortiqcha qo‘shimcha biriktirilgan aholining har biri uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – shaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;

oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.

🎓 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
⚡️1-iyuldan pensiya va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Unga ko‘ra:

fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda, pensiyalar alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;

ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalar elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlanadi;

nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdori har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblanadi.

💵 2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
4🔥3👍2
⚡️2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to'g'ri keladi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o'tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo'yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo'shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
🔥32🤩2
#imtiyoz | #Xotin_qizlarga

⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.

Talabgorlar, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

🎓 @imtiyozuz
2
⚡️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq:


2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari;

2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi belgilandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
4👍2
⚡️Futbolchilarimizga Prezident sovg‘asi BYD avtomobillari topshiriladi.

❗️Prezident farmoni bilan:

Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan terma jamoamizning 25 nafar a'zosi hamda bosh murabbiy Timur Kapadze"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan;

sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes hamda uning shtabidagi yordamchi murabbiylar — "Do‘stlik" ordeni bilan;

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

☝️Shuningdek, terma jamoamizning shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (A.Bezborodov I.
Usmanov, A. Hasanov) esa «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Shuhrat» medali beriladi:

Axmedov Davron — tarjimon;
Ashirov Shukurullo — administrator;
Igamberdiyev Sherzod — xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
Maksumov Avaz — bosh kotib;
Pirmuxamedov Xasan — fotosuratchi;
Ruziyev Islom — video operator;
Salixov Jamoliddin — bosh mutaxassis;
Tadjiyev Sarvar — administrator;
Fayziyev Davron — marketing va media bo‘limi boshlig‘i;
Xakimov Dilshod — maxsus inspeksiya bo‘lim boshlig‘i;
Sherbayev Jurabek — muxlislar klubi raisi o‘rinbosari.


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi muxlislar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Abdurahmon Fazilov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
9🥰2👍1
#imtiyoz | #ustozlarga

O‘qituvchilarning mehnat ta’tili puli qanday hisoblanadi?

Javob: https://t.iss.one/imtiyozuz/2290

⚡️Qonunchilikda o’qituvchilarga beriladigan ayrim imtiyoz turlari.
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2370

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2377

⚡️Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2395

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi.
Batafsil: https://t.iss.one/imtiyozuz/2374

🇺🇿 @imtiyozuz
3👍1
⚡️Bitiruvchilarga imtiyozliy kreditlar ajratiladi.

🏦 “Aloqabank” va “O'zmilliybank”ga 300 million dollar ajratildi. Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta'minlashga mas'ul bo'ladi — prezident

☝️ Imtiyoz kreditlar o'qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari, texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarga beriladi

🇺🇿 @imtiyozuz
3👍1
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar

🇺🇿 @imtiyozuz
2👍2
1-iyuldan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Ayrim ekofaol fuqarolarga subsidiya beriladi BATAFSIL;

Tadbirkorlarga yangi majburiyatlar yuklaydigan normalarni qabul qilishga moratoriy elon qilinadi BATAFSIL;

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkor javobgarlikdan ozod etiladi BATAFSIL;

Nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi BATAFSIL;

Bolalar uchun kontent yaratgan shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi BATAFSIL;

Malaka oshirishning yangi shakllari joriy etiladi BATAFSIL;

Pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi BATAFSIL;

Ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi BATAFSIL;

"Jonli ijro haftaligi" o'tkaziladi BATAFSIL;

Ayrim shaxslarga QQS 1 ish kunida qaytariladi BATAFSIL;

Energiya samaradorligini oshirish rag'batlantiriladi BATAFSIL;

Sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi BATAFSIL;

Ayrim shifokorlarga ustamalar to'lanadi BATAFSIL.

🇺🇿 @imtiyozuz
4👍2
#Magistratura | #Imtiyoz

⚡️Quydagi imtiyizga ega talabgorlar magistratura mutaxassisliklariga chet tili sertifikatsiz hujjat topshirishi mumkin:


Xalqaro fan olimpiadasi;
Xalqaro fizika olimpiadasi;
Fan olimpiadasining hududiy g'oliblari;
Xalqaro matematika olimpiadasi;
Prezident stipendiyasi;
Beruniy stipendiyasi;
Ibn Sino stipendiyasi;
Imom al-Buxoriy stipendiyasi;
Islom Karimov stipendiyasi;
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi;
Navoiy stipendiyasi;
Ulug'bek stipendiyasi;
Bobur nomli davlat stipendiyasi;
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi;
Xalqaro matematika musobaqasi;
Zulfiya davlat mukofoti;
To'lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi;
Ibroyim Yusupov stipendiyasi;
"Mard o'g'lon" davlat mukofoti;
Respublika fan olimpiadasi g'olibi (Biologiya);
Respublika fan olimpiadasi g'olibi (Fizika);
Respublika fan olimpiadasi g'olibi (Informatika va AT);
Respublika fan olimpiadasi g'olibi (Kimyo);
Imtiyozli diplom (Biologiya);
Imtiyozli diplom (Kimyo);
Xalqaro biologiya olimpiadasi;
Imtiyozli diplom (Informatika va AT);
Xalqaro buxgalter sertifikati (CIPA, ACCA, CPA, DipIFR));
"Zakovat" intellektual o'yini g'olibi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada;
O‘smirlar o‘rtasida Xalqaro Tabiiy fanlar olimpiadasi;
Xalqaro Jautikov Olimpiadasi;
Xalqaro informatika olimpiadasi;
Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi;
Xalqaro kimyo olimpiadasi.

🇺🇿
@imtiyozuz
5👍2
#imtiyozuz

Temurbeklar maktabi bitiruvchilari OTMga o’qishga kirishda qanday imtiyozlarga ega?

Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda quyidagi imtiyozlarga ega:

Davlat oliy ta’lim muassasalariga (umumiy yo‘nalishlar bo‘yicha) kirishda test sinovlarida to‘plagan ballariga nisbatan 15 foiz miqdoridagi qo‘shimcha ball beriladi;

Oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan ballariga nisbatan 30 foiz miqdoridagi qo‘shimcha ball beriladi;

Temurbeklar maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilar, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishli oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, faqat harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari asosida kirish huquqiga ega.

🇺🇿
@imtiyozuz
3👍3
#Qabul2025

⚡️Xotin-qizlar uchun 4000 ta grant o‘rni ajratildi.

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;

davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni.

🇺🇿 @imtiyozuz
3
Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo'lgan abiturientlarga qanday imtiyozlar beriladi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq:

Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilgan.

Bular:

🇬🇧 ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🇯🇵 yapon tili uchunmilliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🇩🇪 nemis tili uchunmilliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

🇫🇷 fransuz tili uchunmilliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchunmilliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

🇺🇿 @imtiyozuz
4
#Qabul2025

⚡️Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi va qabul kvotalari e’lon qilindi.


Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham) tanlashi mumkin. Batafsil…

⚡️Qabul kvotalari:
Bakalavryat kunduzgi;
Bakalavryat kechki;
Bakalavryat masofaviy ta’lim.

🇺🇿 @imtiyozuz
⚡️Magistratura, ikkinchi OTM va perevod

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

❗️Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat OTMlarga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan.

🇺🇿 @imtiyozuz