Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!
798 subscribers
150 photos
53 videos
80 links
Ushbu sahifada "Yoshlar daftari"dagi mavjud imkoniyatlar, yangiliklar, imkoniyatdan foydalanayotgan yoshlar haqida maʼlumot berib boriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling!
Download Telegram
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumi yuzasidan o'quv markazlari va yoshlarning arizalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi

Loyiha tashkil etilganidan buyon yoshlarning zamonaviy kasblar egallashi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganishi uchun 18 ming 500 nafardan ortiq yoshlarga qariyb 40 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar 35 dan ortiq yo‘nalishlar uchun "Yoshlar daftari" jamg‘armalari va Yoshlar ishlari agentligining tegishli mablag‘laridan subsidiyalar ajratildi.

“Kelajak kasblari” loyihasining ikkinchi mavsumida 10 543 nafar yoshlarning arizasi tasdiqlangan va shundan 4 550 nafari hozirda o‘qimoqda. Kurslarni yakunlab, daromad topayotgan yoshlar soni 2 035 nafar bo'lsa, 539 nafar yoshlar xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan (375 ta IELTS, 164 ta CEFR).

2-mavsumda 100 ga yaqin o'quv markazlarining 160 ga yaqin filliallari loyiha uchun face-id tizimlarini o'rnatdi va maxsus kabinet orqali mavsum davomida o'rtacha 62% davomat qayd etildi.

Prezidentimizning PQ-66 sonli qarori yuzasidan belgilab berilgan topshiriq ijrosini yanada sifatli bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun 2-mavsum doirasida arizalar qabul qilinishi davom etadi.

Hozirda ta'lim olayotgan yoshlarning kurs xarajatlarini to‘liq qoplash, ularning kasbli va daromadli bo‘lishi yuzasidan ishlarni olib borish maqsadida 2-mavsum vaqtincha to‘xtatilib, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan keyingi mavsum uchun chuqur tayyorgarlik ko‘riladi.

#kelajakkasblari #tahlil #2mavsum #natija

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4