Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!
801 subscribers
149 photos
52 videos
78 links
Ushbu sahifada "Yoshlar daftari"dagi mavjud imkoniyatlar, yangiliklar, imkoniyatdan foydalanayotgan yoshlar haqida maʼlumot berib boriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida davomat tizimi yuzasidan video qo'llanma

Bugungi kunda loyihamizga 13 686 nafar yoshdan ariza topshirilgan bo‘lib, ularning 8 336 nafari tasdiqlangan. Shuningdek, 4 990 nafar yosh hozirda zamonaviy kasblar va xorijiy tillar kurslarida faol ishtirok etmoqda.

Yoshlarimizning 90 dan ortiq markazlarning 150 dan ortiq filiallariga o‘rnatilgan face-id tizimlari kunlik davomatini tekshirib, "Yoshlar daftari" tizimining kabinet qismida aks ettirib bormoqda. Loyiha ishtirokchilariga yanada qulay va tushunarli bo'lish uchun biz davomat tizimi qanday ishlashi yuzasidan video tayyorladik. Ushbu videoni loyihaning barcha ishtirokchilariga yetib borishida ko'maklashing.

#kelajakkasblari #davomattizimi

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanday yordam bermoqda?

Yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga bepul o’qitish uchun “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilgan. Mazkur loyihada bugungi kungacha 17 205 nafar yosh 40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘qitilib, ularga jami 37,5 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Samarqandlik yoshlar ham loyiha doirasida chet tillarini o’rganib IELTS darajasini olishmoqda. Misol uchun, Nurobodlik Fatxulla Musurmonov 6 oy davomida ingliz tilini o’rganib IELTS 6,5 darajasiga ega bo’ldi.

📹Video davomida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarning fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin

#Yoshlardaftari #KelajakKasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumi yuzasidan o'quv markazlari va yoshlarning arizalarini qabul qilish vaqtincha to'xtatiladi

Loyiha tashkil etilganidan buyon yoshlarning zamonaviy kasblar egallashi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganishi uchun 18 ming 500 nafardan ortiq yoshlarga qariyb 40 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar 35 dan ortiq yo‘nalishlar uchun "Yoshlar daftari" jamg‘armalari va Yoshlar ishlari agentligining tegishli mablag‘laridan subsidiyalar ajratildi.

“Kelajak kasblari” loyihasining ikkinchi mavsumida 10 543 nafar yoshlarning arizasi tasdiqlangan va shundan 4 550 nafari hozirda o‘qimoqda. Kurslarni yakunlab, daromad topayotgan yoshlar soni 2 035 nafar bo'lsa, 539 nafar yoshlar xorijiy tillar sertifikatini qo‘lga kiritgan (375 ta IELTS, 164 ta CEFR).

2-mavsumda 100 ga yaqin o'quv markazlarining 160 ga yaqin filliallari loyiha uchun face-id tizimlarini o'rnatdi va maxsus kabinet orqali mavsum davomida o'rtacha 62% davomat qayd etildi.

Prezidentimizning PQ-66 sonli qarori yuzasidan belgilab berilgan topshiriq ijrosini yanada sifatli bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun 2-mavsum doirasida arizalar qabul qilinishi davom etadi.

Hozirda ta'lim olayotgan yoshlarning kurs xarajatlarini to‘liq qoplash, ularning kasbli va daromadli bo‘lishi yuzasidan ishlarni olib borish maqsadida 2-mavsum vaqtincha to‘xtatilib, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan keyingi mavsum uchun chuqur tayyorgarlik ko‘riladi.

#kelajakkasblari #tahlil #2mavsum #natija

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💼“Kelajak kasblari” loyihasi

O‘zining orzu va maqsadlariga erishib kelayotgan yoshlarimizdan yana biri surxondaryolik Hosila Asadullaeva

👨‍💻Grafik dizayn sohasiga qiziqqan qahramonimiz “Kelajak kasblari” loyihasi orqali Termiz shahridagi o‘quv markazda bepul tahsil olib kelmoqda. O‘qish davomida bir qancha reklamalar, brending va logolar tayyorlashni o‘rgangan Hosilaxon, kelajakda jahonning mashxur grafik dizaynerlar qatorida bo‘lishni niyat qilgan.

#KelajakKasblari #yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤“Tekin deb yuzaki qarashadi va natija kutilgandek bo‘lmaydi…”

💼Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali animator bo‘lgan namanganlik Azizbek hozirda Agentlik buyurtmasi asosida multfilm ishlashni boshlagan.

Namangan viloyatining Uychi tumani “Yangier” mahallasida istiqomat qiluvchi Azizbek Abduxalilov Toshkent shahridagi “Let’s Animate” o‘quv markazida 3D animatsiya yo‘nalishida kurslarni tamomlagan.

📹Loyiha doirasida natijaga erishayotgan yoshlar singari Azizbek ham hozirda “United Soft” kompaniyasida animator bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Video orqali qahramonimizning loyiha haqidagi fikrlari hamda amaliy ishlari haqida bilib olishingiz mumkin.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasi orqali natijalarga erishayotgan yoshlar safi kengaymoqda.

💼Bu loyiha haqida deyarli barcha yoshlar juda yaxshi bilishadi, chunki u yoshlarga kasb-hunar va ta’lim olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda loyiha doirasida ingliz tilini chuqur o‘rganib, xalqaro IELTS sertifikatlaridan yuqori ballarni qo‘lga kiritayotgan yoshlar ham talaygina.

Bugun sizlarga poytaxtimizdagi “Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan yoshlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼“Kelajak kasblari” loyihasining navbatdagi natijalari.

➡️Xorazmlik yoshlar ham “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida egallagan bilimlari sabab yuqori natijalarga erishmoqda. Loyiha doirasida olgan bilimlari tufayli, ular CEFR sertifikatlariga ega bo‘lishdi va xorijiy tillarni mukammal egallash yo‘lida ulkan qadam tashlashdi.

Xususan, Xorazm viloyatidagi “Harvard English Team” o‘quv markazi ushbu yoshlarga zamonaviy, sifatli ta’lim berib, ularning kelajakka intilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yoshlarimizning kelajakdagi faoliyatlariga katta muvaffaqiyat tilaymiz, ularning yutuqlari hali oldinda!

#kelajakkasblari #cefr #xorazm

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak kasblari” loyihasi Xorazm yoshlari misolida

💼Bugungi kunda, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida tahsil olgan ko‘plab yoshlar turli tashkilotlar va korxonalarda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha nafaqat yoshlarga bilim berish, balki ularni bandligini ta’minlashda keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Loyihaning 2-mavsumida Xorazm viloyatidan 440 nafar yosh “Data union” o‘quv markazida grafik dizayn, video montaj, 3D max, dasturlash, mobilografiya, ijtimoiy tarmoqlar marketingi kabi zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalari bo‘yicha tahsil oldi. Shuningdek, o‘quv markazi bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashda keng qamrovli tashabbuslarni amalga oshirib, ularning kelajakda muvaffaqiyatli kasb egalariga aylanishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan va yangi hayotga yo‘l qo‘ygan yoshlar haqida infografikamiz orqali ma’lumot oling.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida yoshlar natijalarga erishishda davom etmoqda

Toshkent shaharidagi "IELTS ZONE" o‘quv markazida loyiha ko‘magi bilan ta'lim olayotgan yoshlar xalqaro va mahalliy darajadagi xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritmoqda. Bugungi kunda ushbu o‘quv markazida 200 nafarga yaqin yosh loyiha doirasida ta'lim olib kelmoqda. Ushbu yoshlar orasidan muvaffaqqiyatga erishgan o‘quvchilarning natijasi bilan tanishingiz mumkin.

#kelajakkasblari #ieltszone

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillar ta’limida yuksak natijalar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan yoshlar haqida ma’lumot berishni davom etamiz.

Mamlakatimiz bo’ylab yoshlarimizga xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishda hamkorimiz “Registon” o‘quv markazi katta imkoniyatlar yaratmoqda. Loyiha doirasida ingliz tilini mukammal egallab, mahalliy va xorijiy darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz, endilikda o‘z bilimlarini tengdoshlariga ulashib, nafaqat muvaffaqiyatga, balki daromadga ham erishmoqda. Batafsil quyidagi infografikamizda.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida "PDP academy" o'quvchilari daromad topishmoqda

Poytaxtimizdagi ushbu o'quv markazida 250 nafardan ortiq yoshlar ikkinchi mavsum doirasida ta'lim olishmoqda. Ularga dasturlashning "Python", "C#,.NET", "Frontend", "Flutter and Dart mobile", "Java Backend" kabi yo‘nalishlari doirasida yetuk dasturchi bo‘lib yetishishi uchun o‘z kasbining ustalari tomonidan darslar o‘tilmoqda.

Kurslarni yakunlab o‘z ish joylariga ega va daromad topishni boshlagan yoshlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#kelajakkasblari #pdp #dasturlash

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tillari ta’limida yangi cho‘qqilar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlar uchun kasb-hunar va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida ingliz tilini chuqur o‘rganish va xalqaro IELTS sertifikatida yuqori natijaga erishish tendensiyasi kundan-kunga o‘sib bormoqda. Bu esa uzoq muddatli natijalar berishi, yoshlarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga asos yaratishi shubhasiz.

“Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan navbatdagi yoshlar haqida ma’lumot beramiz. Ushbu yoshlarning aksariyati daromad topishni ham boshlagani bizni quvontiradi.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM