Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!
800 subscribers
149 photos
52 videos
78 links
Ushbu sahifada "Yoshlar daftari"dagi mavjud imkoniyatlar, yangiliklar, imkoniyatdan foydalanayotgan yoshlar haqida maʼlumot berib boriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling!
Download Telegram
Xorijiy tillar ta’limida yuksak natijalar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelayotgan yoshlar haqida ma’lumot berishni davom etamiz.

Mamlakatimiz bo’ylab yoshlarimizga xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishda hamkorimiz “Registon” o‘quv markazi katta imkoniyatlar yaratmoqda. Loyiha doirasida ingliz tilini mukammal egallab, mahalliy va xorijiy darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz, endilikda o‘z bilimlarini tengdoshlariga ulashib, nafaqat muvaffaqiyatga, balki daromadga ham erishmoqda. Batafsil quyidagi infografikamizda.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasida "PDP academy" o'quvchilari daromad topishmoqda

Poytaxtimizdagi ushbu o'quv markazida 250 nafardan ortiq yoshlar ikkinchi mavsum doirasida ta'lim olishmoqda. Ularga dasturlashning "Python", "C#,.NET", "Frontend", "Flutter and Dart mobile", "Java Backend" kabi yo‘nalishlari doirasida yetuk dasturchi bo‘lib yetishishi uchun o‘z kasbining ustalari tomonidan darslar o‘tilmoqda.

Kurslarni yakunlab o‘z ish joylariga ega va daromad topishni boshlagan yoshlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#kelajakkasblari #pdp #dasturlash

Bizning sahifalarimiz:
◾️Telegram | ◾️Instagram | ◾️ Facebook |◾️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰Daromad xorijdagidan ko‘proq!

🎤Bu galgi loyihamiz qahramonlari, 6 yildan ortiq chet davlatlarda ishlab kelgan sirdaryolik Usmonov Usmonboy hamda Fayzullayev Jahongir.

Chekka qishloq yigitlari xorijdan qaytgach yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan dehqonchilik qilish uchun 50 sotixdan yer oldi. Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq ular doimiy daromadga ega bo‘ldi. Usmonboyning ta’kidlashicha, bugun uning daromadi xorijda ishlab topganidan ko‘proq.

📹Vatan sog‘inchi bilan o‘z mahallasiga qaytgan qahramonlarimiz hikoyasini tinglang!

#yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ Ayni vaqtda Andijon viloyatidamiz.

Obunachilarimiz ichida Andijonlik yoshlar ham bormi, bir jonli muloqot qilsak nima deysizlar?

Andijonda ham yoshlarimizga zamonaviy kasblarni, xorijiy tillarni o'qitish yuzasidan o'quv markazlari bilan muloqot qilmoqchimiz. Shuningdek, talabalar, yosh tadbirkorlar va tashabbuskor yoshlar bilan 16:00da Andijon davlat chet tillari institutida ko'rishib olmoqchimiz.

Savollaringiz bo'lsa, izohlarda mas'ullar javob berishadi. Uchrashuv hamma uchun ochiq, hech qanday ro'yxatdan o'tish shart emas.

P.S. Qaysi o'quv markaziga yoki yosh tadbirkorlar subyeklariga borsak bo'ladi?
Chet tillari ta’limida yangi cho‘qqilar!

💼“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlar uchun kasb-hunar va ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida ingliz tilini chuqur o‘rganish va xalqaro IELTS sertifikatida yuqori natijaga erishish tendensiyasi kundan-kunga o‘sib bormoqda. Bu esa uzoq muddatli natijalar berishi, yoshlarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga asos yaratishi shubhasiz.

“Cambridge” o‘quv markazida chet tillarini o‘rganib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan navbatdagi yoshlar haqida ma’lumot beramiz. Ushbu yoshlarning aksariyati daromad topishni ham boshlagani bizni quvontiradi.

#kelajakkasblari #ielts

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️O‘quv markazlari forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Avvalroq aytganimdek, eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari, hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirish uchun o‘quv markazlari forumini tashkil etyapmiz.

Forumni yuqori saviyada va barcha uchun tizimli hamda qiymatli o‘tkazish, shuningdek byudjet mablag‘larini tejash maqsadida, forum xarajatlarini qoplash uchun o‘quv markazlari o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyati yaratildi (ixtiyoriy).

O‘quv markazlari ochmoqchi bo‘lgan, xorijiy tillar hamda kelajak kasblariga qiziquvchi yoshlar uchun alohida master-klaslar tashkil etiladi. Spikerlar tarkibi kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Marhamat, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, 14-15-dekabr kunlari, Toshkent shahridagi, yoshlar ijodiyot saroyida bo'lib o'tadigan O‘zbekistonning eng katta o‘quv markazlari hamjamiyatiga aʼzo bo‘ling.

👉https://forum.kelajakkasblari.uz/
⚡️Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyb 2 baravarga o‘sgan

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev qiziqarli ma’lumotlar ulashdi.

Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida yaratilgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, ularning kasb egallash imkoniyatlari yildan-yilga oshib bormoqda.

💼Birgina Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali bugungi kungacha 755 ta o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borilib, 25 mingdan ortiq yoshlarga ta’lim berildi. Ushbu muassasalarning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM