Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.65K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch #AKT #maktab #al #Xorazmiy

AL-XORAZMIY AVLODLARI SAFIDA BO‘LING!

🚨Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida videolavha.🚀



ПРИСОЕДИНЯЙТЕСЬ К ПОТОМКАМ АЛ-ХОРАЗМИ!

🚨Видеоролик о деятельности специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве Президентских образовательных учреждений, и созданных условий для учащихся.🚀

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Imtihon_natijalari
#Tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 5-6-avgust kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasiga ID raqamingizni kiritish orqali,

2️⃣Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.


✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fakt
#Hisobot
#Tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O'QUVCHILARI ERISHGAN YUTUQLAR

Agentlik tizimida 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktab - Muhammad al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritmoqda.

Jumladan:

▶️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 48 nafar bitiruvchisi xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy universitetlardan umumiy hisobda 10 mln AQSh dollardan ziyod miqdoridagi xalqaro va mahalliy grantlarga ega bo‘lishdi.

❗️Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

▶️Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 29 nafar bitiruvchisidan 23 nafari xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

Bitiruvchilarimiz xorijiy OTMlardan umumiy hisobda 6 mln 141 ming 700 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

❗️Mazkur maktabda 100% lik natija ko‘rsatilib, 29 nafar bitiruvchilarning barchasi mahalliy hamda xorijiy OTMlarning talabalariga aylanishdi.

Shuningdek, maktabning 2 nafar bitiruvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohiblariga aylanib, AQSHning nufuzli oliygohlariga o‘qishga jo‘nab ketishdi.

▶️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilaridan 54 nafari (94%) oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi.

Ulardan 10 nafari xorijiy OTM lardan umumiy hisobda 209 ming 388 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grantlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur maktab o'quvchilari joriy yilda nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 10 ta medal sohibiga aylanishdi.
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#1_iyuldan_20_iyulgacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
🔸Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;
🔸Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;
🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT E'LON!

❗️
TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Markaziy studiya | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni o‘tkazildi
#my5tv

Zamon | Imtihonlar jarayoni qanday o‘tmoqda?
#sevimli_tv

Yangi Davr | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#yoshlar_tv

Poytaxt | Qabul jarayonlari haqida
#toshkent

Bugun| Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#madaniyat

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 114 nafar o‘quvchi bitirdi.

🏅Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. (Elbek Zohidjonov - 2 ta oltin, 2 ta kumush, Asilbek Sunnatov - 1 ta bronza, Abdulaziz Radjabov - 1 ta bronza, Ozodbek Axtamov - 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)

🏛 Maktabning 19 nafar bitiruvchisi Xalqaro universitetlarning grant sohiblari bo‘lishdi.

💯 Bitiruvchilarning barchasi mahalliy universitetlarga qabul qilindi.

Yaponiyaning Chibo shahrida o'tkazilgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) hamda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov bronza medallarini qo’lga kiritdi.

✔️ IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatini 84 nafar o‘quvchi oldi.

SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi.

💫 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari Jaloliddin Ismoilov, Shahrizoda Karimova hamda Zumrad Akbarova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TAʼLIM GRANTIni qo‘lga kiritdi. Ular 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi. U yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashishadi.

📊 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida Behruz Ernazarov munosib qatnashib yuqori ballni qo‘lga kiritdi va "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarining 2-smenasidan fotoreportaj

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hududlardagi kirish imtihon jarayonlari yakunlandi.

Bugun, 9-iyul kuni tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 42 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal