Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
6.39K subscribers
10.6K photos
747 videos
138 files
3.2K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik
rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203🎉2👀2❤‍🔥1