Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#yangi #innovatsiya #savol #javob

🦷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Fotolavhalar👈
Batafsil👈

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web 🌐
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-2022- o‘quv yilidan ta'limdagi mavjud baholash tizimini takomillashtirish va buning barobarida ta‘lim sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida Summativ baholash tizimi yaratilib, maktabga tajriba- sinov tariqasida tatbiq etilgan edi.

☑️Bugun 26-yanvar kuni Summativ baholash tizimi yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📊Yangi baholash tizimida erishilgan yutuqlar va uning afzalliklari bilan birga yuzaga kelgan kamchiliklar ham maktab ekspert guruhi tomonidan tahlil qilib berildi. Baholash bo‘yicha maktabdagi ixtisoslik va noixtisos fanlar kesimida olib borilgan monitoring natijalari yangi bosqichga qo‘yiladigan talablarni belgilab berdi.

📑Shuningdek, agentlik tasarrufidagi ta‘lim muassasalari vakillaridan iborat seminar qatnashchilari yangi tizim yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔘 Aytish joiz, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#infinity #jamoasi #innovatsiya #yangi #loyiha #patent #Dilmurod

INNOVATSION VA YANGI LOYIHALAR SARI

🙋🏽 Yo'ldoshev Dilmurod, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-05 sinf o'quvchisi, "Eko-qo'mita" sardori.

💡 U "Infinity team" jamoasining sardori, bir qancha yo’nalishlardagi tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan, Dilmurod:

🔻"Landshaft dizayni" tanlovining shahar bosqichida 1 o'rin, Respublika bosqichida "Eng yosh dizayner" nominatsiyasi;
🔻 "Yashil Sayyora" xalqaro tanlovi laureati;
🔻"Qadrdon shahrim ekologiyasi" tanlovida 3 o'rin;
🔻"Iqlim qutichasi" xalqaro tanlovi g'olibi;
🔻 Maktabda Eko qo'mita sardori, "Infinity team" sardori.
🔻Radiotexnika yo'nalishi bo'yicha "Yosh ixtirochilar" tanlovining shahar bosqichida 1-o'rin, Respublika bosqichida 2-o'rin sohibi.

Aytish joizki, "Infinity team" jamoasini tashkil qilishda ko'zda tutilgan maqsad: maktabimizning fizika va loyihalarga qiziqadigan o'quvchilarni bir-"Yosh olimlar" jamoasiga birlashtirish.

Hozirgi kunga qadar jamoada o'ndan ortiq iqtidorli o'quvchilarimiz ish olib bormoqdalar. Ularning portfoliosida "Wind-Generator" modeli, "Water-Rocket", "Solar-Stove", "Solar-Clock", "Air-Dust" loyihalarini to'liq yakunlandi. Ayni damda jamoa a'zolari "Snow-Rain" va "W-Generator" loyihalari ustida ish olib borishmoqda.

‼️"Air-Dust" loyihasi esa patentlash arafasida turibdi.‼️

〰️〰️〰️

СТРЕМЯСЬ К ИННОВАЦИЯМ И НОВЫМ ПРОЕКТАМ

🙋🏽Йулдошев Дилмурод, учащийся 10-05 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, лидер школьного «Эко-Комитета».

💡 Он лидер проектной команды "Infinity team" , участник конкурсов по нескольким направлениям:

🔻 1 место в городском этапе конкурса «Ландшафтный дизайн», номинация «Самый молодой дизайнер» в Республиканском этапе;
🔻 Лауреат международного конкурса «Зелёная планета»;
🔻 3 место в конкурсе «Экология родного города»;
🔻 Победитель международного конкурса «Климатическая шкатулка»;
🔻 Лидер эко-комитета школы, глава команды "Infinity team".
🔻 1 место в городском этапе конкурса «Юные изобретатели» в области радиотехники, 2 место в Республиканском этапе.

Следует отметить, что целью команды "Infinity team" является объединение учащихся школы, интересующихся физикой и реализацией проектов, в одну команду.

На сегодняшний день в команде более десятка талантливых учеников нашей школы. В их портфолио входят модели Wind-Generator, Water-Rocket, Solar-Stove, Solar-Clock и Air-Dust. В настоящее время команда работает над проектами Snow-Rain и W-Generator.

‼️Проект Air-Dust находится на уровне патентования.‌‌‼️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#yangi #Oʻzbekiston #bogʻiga #sayoxat

YANGI O'ZBEKISTON BOG'IGA SAYOHAT

🚌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchilari 10-sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan Yangi O‘zbekiston bog‘iga sayohat qildilar.

🚶🏻‍♂️Sayohat davomida o‘quvchilar Istiqlol majmuasidagi O‘zbekiston madaniyatini ifodalashga qaratilgan bir qancha belgilar , ya’ni Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi , Buxoro, Termiz va boshqa hududlarni aks ettiruvchi me’moriy ishlanmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa ushbu majmuaga kiraverishdagi uch renessans davrini aks ettiruvchi uch zinapoya, Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi uchun beshta ustuvor yo‘nalishli harakatlar strategiyasini anglatuvchi besh zinapoya o‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi.

🌳U yerdagi ko‘kalamzorlashtirilgan hudud bir-biridan rang-barang o’simlik va gullar yoshlar qalbiga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

❗️Bunday sayohatlar yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga hurmat, ularga munosib voris bo‘lish tuyg‘usini yanada kamol toptirishi shubhasiz.



ЭКСКУРСИЯ В ПАРК НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН

🚌Учащиеся 9 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми 10 сентября побывали в столичном парке "Новый Узбекистан".

🚶🏻‍♂️В ходе экскурсии учащиеся ознакомились с рядом символов комплекса Истиклол, отражающих культуру народа и исторические памятники, такие как Регистан в Самарканде, мавзолей Амира Темура, памятники Бухары, Термеза и других достопримечательностей страны.В частности, большое впечатление на учеников произвели три ступени при входе в комплекс, представляющие три периода Ренессанса, и пять ступеней, олицетворяющих пять приоритетных стратегий развития Нового Узбекистана.

🌳Озеленëнная территория и красочные сады оставили особое впечатление на пришедших.

❗️Нет сомнения, что такие поездки вселяют в сердца молодого поколения чувство уважения к наследию предков и ответственности быть достойными наследниками.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi (Dilmurod Yo'ldoshev)
#tanlov #yangi #eco #union #infinity #team #jonivorlarning #orni

💻 ECO-UNION JAMOASIDAN YANA BIR LOYIHA

📌 ECO-UNION a'zolari yana bir loyihaga start berdi. 6-oktabr - "Xalqaro yashash hududimiz himoyasi kuni" bo'lishi munosabati bilan, 5-11-sinflar o'rtasida rasm chizish musobaqasini o'tkazishimizni e'lon qilamiz. Rasmlar tanlovi "Yashash hududimizda jonivorlarning o'rni" mavzusi asosida bo'lib o'tadi.

🌿 O'quvchilardan faol ishtirok etishlari va yashayotgan hududimizning ekologiyasiga hissa qo'shishlarini so'rab qolamiz.

🍀  🌿  🌱  🍀  🌿  🌱  🍀  🌿  🌱

💻 ЕЩЁ ОДИН ПРОЕКТ ОТ КОМАНДЫ ECO-UNION

📌 Активисты ECO-UNION начали очередной проект. 6 октября - "Международный день защиты среды обитания", в связи с этим объявляем о конкурсе рисунков между 5-11 классами. Конкурс рисунков пройдёт на тему "Роль животных в нашей среде обитания".

🌿 Призываем всех активно учавствовать и внести свой вклад в экологию нашей природы.

Rasmlarni topshirish uchun murojaat qiling:
@D_yuldoshev_05

Telegram | Instagram
#futbol #musobaqa #Yangi #Oʻzbekiston #Universiteti

🏆Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetining yoshlar ittifoqi hamda Sport va sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan futbol musobaqasi tashkil etildi.

⚽️O'tkazilgan futbol musobaqasida Muhammad al-Xorazmiy maktabi futbol jamoasi ham ishtirok etdi.

🥇Futbol musobaqasida umumiy bo'lib 16ta jamoa ichidan Muhammad al-Xorazmiy jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi.

🤩Ushbu quvonchli g‘alaba bilan maktabimiz futbol jamoasini tabriklaymiz!

▫️▫️▫️

🏆Союзом молодёжи Университета "Новый Узбекистан" при Агентстве Президентских образовательных учреждений и Министерством спорта и здравоохранения было организовано соревнование по футболу.

⚽️Футбольная команда школы Мухаммада ал-Хоразми также приняла участие в соревнованиях по футболу.

🥇Команда Мухаммада ал-Хоразми заняла 1 место из 16 команд в футбольном соревновании.

🤩Поздравляем футбольную команду нашей школы с этой победой!‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#yangi #yil2023

YANGI YIL MUBORAK!

🎄Hayot o'z izmida davom etaveradi, yillar osha yillar kelaveradi, faqat inson umr daftarini ezgu amallar bilan bezashga ulgursa bo'ldi.

⛄️Kirib kelgan, bugun bizga menmon 2023-yil har biringizga cheksiz quvonch, mustahkam sog'lik hadya qilsin. Ta'lim va tarbiya berishdek mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda sizni hech qachon sabr-bardosh, tashabbuskorlik va sadoqat tark etmasin. Mehnatingiz rohatini, o'quvchilar ardog 'ini yaratgan sizdan darig' tutmasin. Har bir dars, har bir yangilik ortidagi tajriba va ko'nikma sizni doimo yuksak marralarga chorlasin.

🎁2023-yil maktabimiz jamoasi uchun eng samarali mehnat yili bo'lsin. Sizlarga shijoat, xursandchilik va shukronalik, qalb go'zalligi doimo hamroh bo'lsin. Barchangizga yangi yilda sihat- salomatlik, bag'ributunlik, ko'ngil xotirjamligini tilaymiz.

🎄🎄🎄🎄

С НОВЫМ ГОДОМ!

🎄Жизнь течёт своим руслом, пройдут годы, а человек должен успеть украсить свою книгу жизни добрыми делами.

⛄️Пусть в 2023 году вас не покинет бесконечная радость и крепкое здоровье. Пусть терпение, новые идеи и верность никогда не покидают вас в вашем нелёгком и почётном деле воспитания и обучения молодёжи. Пусть не покидает вас любовь и уважение учеников. Пусть ваш опыт и знания, лежащие в основе каждого педагога, всегда побуждают вас к более высоким целям.

🎁Пусть 2023 год станет самым продуктивным для нашей школьной команды. Пусть любовь, радость, благочестие и красота сердца сопровождают вас всегда. Желаем всем крепкого здоровья, удачи и душевного спокойствия в новом году.‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from INFINITY TEAM | al-Khwarizmi  (oishabonu)
#infinity_team #yangi_jamoa

🟠“Infinity team” yangi loyiha ustida ishlashni boshladi.

🚀Hozirda biz yangi jamoamiz bilan ‘AirCleaner’ ustida ish olib bormoqdamiz.

📡Bizni kuzatishda davom eting.



🟢“Infinity team” возобновили свою работу с новыми участниками.

📍На данный момент мы работаем над проектом ‘AirCleaner’.

📡Оставайтесь с нами

Telegram
#Yangi #Oʻzbekiston #Universiteti #NUU #camp #tour

YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETIGA SAYOHAT

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari Yangi O'zbekiston Universitetida bo'lishdi. Muassasaning sharoitlari, universitet taqdimoti, o'quv va qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

📸Maktab o'quvchilari uchun universitet bo'ylab kampus tur tashkil etildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 🌐

🗄

ВИЗИТ В УНИВЕРСИТЕТ НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН

🇺🇿Учащиеся 10-11 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве Специализированных образовательных учреждений побывали в Университете "Новый Узбекистан". Они ознакомились с условиями Университета для студентов, учебным процессом, требованиями для поступления и получили полную информацию об учебном заведении.

📸 Для учащихся был организован кампус-тур по Университету. Представители нашей школы получили ответы на все свои вопросы.🌐

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi #Oʻzbekiston #Universiteti

YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETIGA SAYOHAT

📹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari Yangi O'zbekiston Universitetiga sayohatidan videolavha.

🗄

ВИЗИТ В УНИВЕРСИТЕТ НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН

📹Видеорепортаж с экскурсии в Университет "Новый Узбекистан" учащихся 10-11 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве Специализированных образовательных учреждений.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#yangi_loyiha #it_quiz #it_school

📣YANGI O'QUV YILI UCHUN YANGI LOYIHA

💬Maktabimiz o'quvchilarining ITga doir mavzulardagi tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tekshirish va darsdan tashqari vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida sinflar kesimida "IT-Quiz" o'tkazishga qaror qildik.

📆5-6-sinflar uchun 23-oktyabr,
7-8-sinflar uchun 25-oktyabr,
9-10-11-sinflar uchun 27-oktyabr sanalarida bo'lib o'tadi.

🏁14:40
🔍Faollar zali

Har bir sinf 5 kishilik jamoa tuzishi va bellashuv kuni faollar zalida joylarini o'z vaqtida egallashlari talab qilinadi.

🎊G'olib bo'lgan sinflar sertifikat bilan taqdirlanishadi. 1-o'rin olgan sinf o'quvchilari uchun tayyorlangan sovg'a esa musobaqa vaqtida e'lon qilinadi⭐️

🚀Hammani "IT-Quiz"da kutib qolamiz!

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#al_khwarizmi #infinity_team #yangi_loyiha #seed_paper

☀️ Infinity Teamning Barqaror tashabbusi: Seed Paper

Bizning navbatdagi loyihamiz - Seed Paper-ni taqdim etishdan faxrlanamiz! 🍀

Ushbu innovatsion, qayta ishlangan qog'ozga urug'lar kiritilgan. Undan qaydlaringiz yoki eskizlaringiz uchun foydalaning. Ishingiz tugagach, uni eking, sug'oring va go'zal, ekologik toza o'simliklarga aylantiring. 🌻

Seed Paper bilan biz ertangi kun uchun o‘zgarishlar urug‘ini ekmoqdamiz. Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqarorlikni targ'ib qilish missiyamizga qo'shiling. 🌍💚

Telegram | Instagram | Eco Union
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil #tanlov

BAYRAM BELLASHUVIGA MARHAMAT!

🎄2023-yil yakuniga yaqinlashib, yangi yilning kelishiga oz fursatlar qolmoqda. Yangi yil bayrami barchamiz uchun mo'jizaviy bayram sifatida qadrlidir.

🎁Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yangi yil bayrami munosabati bilan sinflar o'rtasida ham “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi“ tanlovi e'lon qilinadi.

"Eng chiroyli bezatilgan sinf" tanlovida:
🎄texnika xavfsizligiga amal qilinishi;
🎄devorlarga bezaklarni yelim va yopishtirgichlarda yopishtirmaslik;
🎄bezaklar o'quvchilarning o'z qo'llari bilan yasalgan bo'lishi kerak.

“Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi“ bo'yicha ishlar tasviriy san'at fani o'qituvchisi Madina Erkinovna Kelduyarovaga topshiriladi.
Har ikki tanlov bo'yicha tuzilgan hay'at a'zolari 26-dekabr kuni natijalarni e'lon qiladi.

Tanlov g'oliblarini sovg'alar kutmoqda!
____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat #Yangi #Yil

"ZAKOVAT" DA USTOZLAR


🎄🎄Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 28-dekabr kuni ustozlar o'rtasida Yangi yil munosabati bilan "Zakovat" bellashuvi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda maktabning "Zakovat" klubi tarkibiga kiradigan 15 ta jamoasi o'z bilimlarini sinadilar.

⭐️"Zakovat" ning bayram sonida "Tafakkur" jamoasi 🥇-orinni,
"Qaqnus" jamoasi 🥈-o'rinni va "Perspective" jamoasi 🥉-o'rinni egallab, tashkilotlarchilarning qimmatbaho sovg'alariga ega bo'ldilar.👑

Bilimdon jamoalarni g'alaba bilan muborakbod etamiz🆕
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat #Yangi #Yil

"ZAKOVAT" DA USTOZLAR

📹Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 28-dekabr kuni  ustozlar o'rtasida  Yangi yil munosabati bilan "Zakovat" bellashuvidan videolavha. 🎥
-
"ЗАКОВАТ" С ПРЕПОДАВАТЕЛЯМИ

📹Видеоролик с интеллектуальной игры «Заковат» среди учителями, прошедший 28 декабря в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми.‌‌🎥
_________
Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O'ZBEKISTON”- YANGI ORZULAR RO’YOBI

Inson hayotining mazmuni u tanlagan kasb bilan to’la bog’liq. Shunday ekan yosh avlodga zamonaviy kasblar va ularning ahamiyati haqida zaruriy ma’lumotlarni berib borish foydadan xoli bo’lmaydi.

📆 22-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10- va 11-sinf o’quvchilari uchun Yangi O'zbekiston universitetiga ekskursiya va kampus tur uyushtirildi.

Ekskursiyadan ko’zlangan maqsad bitirish arafasida turgan o’quvchilarga yurtimizdagi eng nufuzli oliygoh haqida ma’lumot berish edi.

Maktab Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari U. Odiljonov va sinf rahbarlari boshchiligidagi o’quvchilarga avval oliygoh faoliyati bo’yicha taqdimot o’tkazildi. Taqdimot davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

💬 Shundan so’ng universitet bo’ylab ekskursiya tashkil qilindi. Bunda o’quv hamda amaliy mashg’ulotlar xonalari ko’rib chiqildi. Muassasaning shart-sharoitlari, o'quv jarayonlari va universitet talabalariga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Maktabimiz o'quvchilari Yangi O’zbekiston universitetidan katta taassurotlar bilan qaytdilar.

📌 Ma’lumot o’rnida:

✔️"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari dunyoda eng yirik sohalar-Kimyo muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarida bilim olishadi.
"Yangi O‘zbekiston" universitetida quyidagi fakultetlar mavjud:
Kimyo muhandisligi fakultetida talabalar yetakchi va zaruriy sohalardagi (Molekulyar transformatsiyalarni yaratish qobiliyati, iqlim o'zgarishidan tortib toza energiya, havo va suvgacha) global muammolarga yechim ishlab chiqishda ishtirok etadigan kadrga aylanishadi.

✔️Mehanika muhandisligi fakulteti talabalarni yirik sohalarda (avtomobilsozlik, isitish va sovutish, ishlab chiqarish va aviatsiya) o‘z kelajagini qurishiga asos yaratadi. Universitetda o'z kasbining mohir mutaxassislari, sanoat va tadqiqotda boy tajribaga ega bo'lgan akademiklar dars berishadi. Har bir talabani qo'llab-quvvatlash, yo‘l ko‘rsatish hamda u bilan ishlash uchun alohida ustoz biriktiriladi, ya’ni ustoz-shogird tizimi amal qiladi.

✔️Dasturiy ta’minot muhandisligi ilmiy va texnik jihatdan muhim bo'lganligi sababli, maxsus bilim va tajriba talab qiladi. "Yangi O’zbekiston" universitetida talabalar o‘z dizaynlarini ishlab chiqish hamda turli prototiplar yaratishi mumkin. Ularning nazariy bilimlarni muhandislik masalalarida qo'llashdagi amaliy imkoniyati yuqori. Shundan kelib chiqib, darslarda muhandislik dizayni va modellashtirishga katta e’tibor qaratiladi.

#Yangi #Oʻzbekiston #Universiteti
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi #loyiha

KELAJAK LIDERLARI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi informatika fani o'qituvchilari yangi yilda yangi loyihalarni taqdim etishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishdi.

🖥🖱2024- yil 20-yanvar kuni "Jamiyat hayotini IT orqali osonlashtiramiz" shiori ostida yangi yoshlar jamiyatini tashkil qilish bo'yicha taqdimot namoyish etdilar. Bu jamiyat o'z oldiga yosh liderlarni yetishtirib chiqarishni hamda jamiyatimizdagi turli ijtimoiy soha kishilari taklif va g'oyalarni o'rgangan holda ularning muammolariga yechim topish va yordam berishni vazifa qilib oldi.

Maktab jamoasi bilan birgalikda liderlikka erishishning 5 bosqichi ishlab chiqildi:
⚫️O'quvchilar o'zlarining qiziqishlari asosida qaysi sohada iqtidorli ekanligini namoyish eta olishlari;
⚫️Muammoni to'liq hal etish, vaziyatga to`g`ri baho berish mahorati, jamoalarni shakllantirish va boshqara olish qobiliyatlarini ko'rsatib bera olishlari;
⚫️Jamoaviy harakat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan kuchli,yaxlit madaniyatni rivojlantiruvchi rahbar vazifasini bajara olishlari;
⚫️Jamoa a'zolariga maslahat beradigan, ularning iqtidorlarini shakllantirib murabbiylik qila olishlari;
⚫️Yakka o`zi harakat qilib, insoniyatga xizmat qiladigan va boshqalarni ham shu yo'lda o'ziga ergashtira olish qobiliyatlarini shakllantirib liderlikka erishishlari kerak.

💬O'quvchilarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadiga erishish uchun liderlar jamiyati faoliyati yo'l xaritasi ishlab chiqildi. Liderlik sifatlarini shakllantirishni bosqichma-bosqich rivojlantirish har bir shaxsning oldiga talay vazifalarni yuklaydi. Bu esa har bir insondan juda katta e’tibor va mas’uliyatni hamda jamoa bilan ishlash mahoratini talab qiladi.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

🤩 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING NUKUS FILIALI FAOLIYAT BOSHLADI

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Kojabayeva, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi masʼul xodimlari, shoir-yozuvchilar, faxriy ustozlar, oʻquvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Nukus shahrida barpo etilgan mazkur ixtisoslashtirilgan maktab-internati 504 oʻringa moʻljallangan.

Unda 58 ta oʻquv xonasi, 6 ta kompyuter xonasi, 6 ta laboratoriya va 7 ta xorijiy til xonasi, 250 oʻrinli faollar zali, sport zal, kutubxona, 222 oʻrinli yotoqxona va 250 oʻrinli oshxona mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new #year #yangi #yil #Musical #Theatre

YANGI YIL SARGUZASHTLARI

🌲🎄Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yangi yil bayrami munosabati bilan 5-11-sinf o'quvchilari ishtirokida musiqali teatr tashkillashtirildi.

Ertak qahramonlarining qiziqarli va hayajonli sarguzashtlari barcha bayram ishtirokchilarini hayratga soldi. 🚩💡

🎶Yalmog’iz kampir, yovuzlik qirolichasi-Malifisenta, sehrli chiroqning quli-Jin-barcha-barchasi juda hayratlanarli ishtiroki bilan ertakni mo’jizaga aylantirdi.
Turli mamalakatlarga g’aroyib tashriflar, tasodiflar va san’at birlashtirgan raqiblar –hamma-hammasi juda ishonarli chiqdi.

Bayram tadbiri barcha mehmonlarga haqiqiy yangi yil shukuhi va kayfiyatini berdi.🎈
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM