Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABIDA YANGI BAHOLASH TIZIMI

✔️Prezident ta'lim muassasalari
agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ta'limdagi baholash tizimini takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o'quv yilidan Summativ baholash tizimi tajriba- sinov tariqasida tatbiq etildi.

☑️ Yangi baholash tizimi ko'pgina xorijiy davlatlar tajribasini o'rgangan holda, hozirgi kundagi ta'lim dasturlariga muvofiqlashtirildi.

📊 Ayni paytda birinchi chorak natijalari monitoringi olib borilmoqda.

🗓 4-9-noyabr kunlari summativ baholash tizimining 1- bosqichdagi yutuq va kamchiliklari, yangi bosqichga qo'yiladigan talablar yuzasidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

🔘 Shuningdek, seminar-treninglar kun tartibida ta'limga innovatsion yondashuv, zamonaviy darsga qo'yiladigan talablar hamda mahorat ko'nikmalarini oshirish masalalari ham tahlil qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating🌐

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#yarim #yillik #summativ #baholash

📚Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 16-20-dekabr kunlar barcha sinflar kesimida birinchi yarim yillik nazorat ishlari o'tkazildi.

📝Xabaringiz bor, maktab baholashning yangi tizimiga o'tish bo'yicha agentlik maktablari o'rtasida tashabbuskorlik qilmoqda. O‘quvchilar bilimi va o‘zlashtirish darajasini yangi - summativ baholash tizimiga ko'ra baholash xolisona yondashuvni talab qiladi.

📌Yangi baholash tizimi ko'pgina ta'limi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilib, hozirgi kundagi ta'lim dasturlariga muvofiqlashtirilgan.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#seminar #trening #yangi #baholash #tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI -TA‘LIMGA YANGICHA YONDASHUV

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-2022- o‘quv yilidan ta'limdagi mavjud baholash tizimini takomillashtirish va buning barobarida ta‘lim sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida Summativ baholash tizimi yaratilib, maktabga tajriba- sinov tariqasida tatbiq etilgan edi.

☑️Bugun 26-yanvar kuni Summativ baholash tizimi yarim yillik natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

📊Yangi baholash tizimida erishilgan yutuqlar va uning afzalliklari bilan birga yuzaga kelgan kamchiliklar ham maktab ekspert guruhi tomonidan tahlil qilib berildi. Baholash bo‘yicha maktabdagi ixtisoslik va noixtisos fanlar kesimida olib borilgan monitoring natijalari yangi bosqichga qo‘yiladigan talablarni belgilab berdi.

📑Shuningdek, agentlik tasarrufidagi ta‘lim muassasalari vakillaridan iborat seminar qatnashchilari yangi tizim yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔘 Aytish joiz, ijobiy natija kutilayotgan ushbu baholash tizimini tajriba-sinov muddatidan so‘ng barcha ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga joriy etish ko‘zda tutilgan.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Agentlik_olimpiadasi
#Baholash_jarayoni

🔴Agentlik olimpiadasining baholash jarayonlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda joriy yilning 2-5-mart kunlari STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Hozirda olimpiada natijalari yuzasidan baholash jarayoni bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tashkil etilgan, jarayonlar yo‘riqnoma asosida shaffof, adolatli tarzda olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#baholash #video #tanlov #feedback

VIDEOROLIKLAR TANLOVINI E'LON QILAMIZ

🎞 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida "Mezonga asoslangan baholash tizimining afzalliklari" mavzusida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi. Videorolikda baholash tizimi borasidagi ma'lum tartib va qoidalar ochib berilishi kerak.

Videoroliklar quyidagi talablar asosida bo'lishi lozim:
🔵Videoroliklar formati
🟡 avi, mpeg 4;
🟡O‘lchami- 1920*1080 piksel;
🟡Davomiyligi- 3 daqiqa (180 soniyadan oshmasligi)
🟡Ovozi- 16 bit🗣

🔵Videorolikda namoyish etilayotgan materiallar original, ko‘chirilmagan va aniq ma’lumotlarga asoslanishi kerak.

Videoroliklar 25- noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

🎁Tanlov g'oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
-

ОБЪЯВЛЯЕМ КОНКУРС ВИДЕОРОЛИКОВ

🎞 В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми объявлен видеоконкурс между учителями и учениками на тему «Преимущества критериальной системы оценивания». Видео должно раскрыть определённые процедуры и правила, касающиеся системы оценки.

Видео должно соответствовать следующим требованиям:
🔵 Формат видео
🟡 аvi, mpeg 4;
🟡Размер – 1920*1080 пикселей;
🟡 Продолжительность – 3 минуты (не более 180 секунд)
🟡Звук – 16 бит. 🗣

🔵 Материалы, представленные в видеоролике, должны быть основаны на оригинальной, нескопированной и достоверной информации.

Видеоролики принимаются до 25 ноября.

🎁Победители конкурса будут награждены ценными призами.‌‌
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM