Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Tanlov

TEZ ORADA KIMLAR ITALIYAGA BORISHI ANIQ BO'LADI!

⚡️Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi maktablar o’quvchilari “Diplomacy Education” tanlovida g'olib bo'lish uchun bellashishmoqda.

🔴 Bugun tanlovning yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda ishtirokchilar “Do you have what it takes to be a global citizen?” mavzusida taqdimot qilishdi.

Tanlov gibrid shaklda o'tkazilib, Toshkent shahrida joylashgan maktablardan qatnashayotgan talabgorlar unda offlayn ishtirok etishdi.

❗️Tanlovning yakuniy bosqichida 30 nafar talabgor qatnashgan, natijalarga ko'ra ulardan 10 nafari saralab olinadi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur tanlov Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#uchinchi #renessans #yoshlar #nigohida #tanlov #goliblari

“UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA” TANLOVINING NATIJALARI E'LON QILINDI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa a’zolari o‘rtasida o‘quvchi-yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularning ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovining 2-bosqichi yakunlandi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda belgilandi:

“Xalqimiz qadriyati, urf-odat va an’analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇-o‘rin – E.Voxidov ijod maktabi tomonidan taqdim qilingan “O‘zbegim” platformasi uchun;
🥈-o‘rin – Xiva Prezident maktabi tarix fani o‘qituvchisi Farrux Hakimov tomonidan taqdim qilingan “kechmish.uz” sayti loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan taqdim qilingan Andijon viloyati milliy qadriyati va an’analarini targ‘ib qiluvchi hamda Andijon ichki turizmini rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan QR-kodli mobil ilova loyihasi uchun;

“Maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining direktor o‘rinbosari O.R.Murodovning ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bildirgan yechim va takliflari loyihasi uchun;
🥈-o‘rin – Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari X.Baxodirov va J.Akramovlarning o‘quvchilar motivatsiyasini kuchaytirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif qilingan SWITCH loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagoglari Sh.Xamdamova, M.Sheraliev va F.Abduraimovlarning O‘zbekiston ta’limidagi muammolar hamda ularning yechim va takliflari loyihasi uchun;

“O‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇1-o‘rin – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab “EVEREST” jamoasining “ECO-PROTECT” nomli loyihasi uchun;
🥈-o‘rin – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi E.Ilyasov hamda 9-02-sinf o‘quvchilari A.Sohobataliev, A.Xojimurodov va U.Xoshimboyevlar tomonidan taqdim qilingan o‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishda innovatsion darslik loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Buxoro Prezident maktabi tarbiyachi-pedagogi Nargisa Rahmatovaning “To‘garaklarda o‘quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirish” loyihasi uchun;

G‘oliblar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Tanlov

“DIPLOMACY EDUCATION” TANLOVI G‘OLIBLARI E’LON QILINDI!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan "Diplomacy Education" tanlovining natijalari e'lon qilindi!

❗️Unga ko'ra, Agentlik tizimidagi maktablarning 10 nafar o'quvchisi Italiyaga borish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

G'oliblarni e'lon qilish marosimi gibrid shaklda o'tkazilib, unda Agentlik rahbari Hilola Umarova, O'zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, "Global Action" tashkiloti rahbari Pierfrancesco Torrisi va g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar ishtirok etishdi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Сафимизда_бўлинг

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI PEDAGOG-KADRLARNI ISHGA TAKLIF ETADI!

❗️Agar siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Arizalar 20-maygacha job.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

✔️Call-markaz:
+99871 207 20 17 (ichki raqam 605)

Biz bilan yangi marralarni zabt eting!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov_natijasi

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim - mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi nihoyasiga yetdi.

❗️Ma'lumot o'rnida, tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 15-aprelidan 5-mayiga qadar bo'lib o'tdi va mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 27 ta eng yaxshi ijodiy ish 2-bosqichda Hakamlar hay'atiga taqdim etildi.

👉G'oliblar bilan batafsil saytimizda tanishing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#eʻlon #tanlov #logo

O’Z IQTIDORINGIZNI SINAB KO’RING!

📢📢Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi uchun zamonaviy, original, osonlik bilan qabul qilinadigan logotip yaratish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning professional grafik dizaynerlari, rassom hamda rassomlik mahoratiga ega bo'lgan kreativ o'quvchilar uchun tanlov e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

🔹Logotipdan “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati” soʻzlari lotin yozuvida oʻrin olishi kerak;

🔹tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D render shakllarida taqdim etilishi lozim;

🔹bir muallif tomonidan tanlovga taqdim etilayotgan loyihalar soni cheklanmagan;

🔹 loyiha elektron versiyasida logotip — TIFF, PSD yoki JPEG formatda bo'lishi kerak.

🔹loyihalar taqdimoti mualliflarning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.

⁉️Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2022-yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi. Logotip tanlovida qatnashish uchun loyihalarni rasmiy elektron manziliga “logotip” belgisi bilan yoʻllang.



ПОКАЖИТЕ СВОЙ ТАЛАНТ!

📢📢Объявляется конкурс среди профессиональных графических дизайнеров специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, художников и креативных учащихся школы по созданию современного, оригинального, узнаваемого с лёгкостью логотипа для Олий Мажлиса Республики Узбекистан - парламента Узбекистана, высшего государственного представителя, законодательного органа.

Условия участия в конкурсе:

🔹Логотип должен включить слова «Сенат Олий Мажлиса Республики Узбекистан» на латинском письме;

🔹работа должна быть представлена в виде рисунка, эскиза, чертежа, графического макета или 3D-рендеринга;

🔹количество проектов, представленных на конкурс одним автором, не ограничено;

🔹логотип должен быть в электронной версии, в формате TIFF, PSD или JPEG;

🔹презентация проектов будет осуществляться самими авторами.

⁉️Заявки на участие в конкурсе принимаются до 25 июля 2022 года. Для участия в конкурсе логотипов присылайте проекты на официальный электронный адрес с надписью "логотип".

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi (Dilmurod Yo'ldoshev)
#tanlov #yangi #eco #union #infinity #team #jonivorlarning #orni

💻 ECO-UNION JAMOASIDAN YANA BIR LOYIHA

📌 ECO-UNION a'zolari yana bir loyihaga start berdi. 6-oktabr - "Xalqaro yashash hududimiz himoyasi kuni" bo'lishi munosabati bilan, 5-11-sinflar o'rtasida rasm chizish musobaqasini o'tkazishimizni e'lon qilamiz. Rasmlar tanlovi "Yashash hududimizda jonivorlarning o'rni" mavzusi asosida bo'lib o'tadi.

🌿 O'quvchilardan faol ishtirok etishlari va yashayotgan hududimizning ekologiyasiga hissa qo'shishlarini so'rab qolamiz.

🍀  🌿  🌱  🍀  🌿  🌱  🍀  🌿  🌱

💻 ЕЩЁ ОДИН ПРОЕКТ ОТ КОМАНДЫ ECO-UNION

📌 Активисты ECO-UNION начали очередной проект. 6 октября - "Международный день защиты среды обитания", в связи с этим объявляем о конкурсе рисунков между 5-11 классами. Конкурс рисунков пройдёт на тему "Роль животных в нашей среде обитания".

🌿 Призываем всех активно учавствовать и внести свой вклад в экологию нашей природы.

Rasmlarni topshirish uchun murojaat qiling:
@D_yuldoshev_05

Telegram | Instagram
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi (Dilmurod Yo'ldoshev)
#deadline #tanlov

❗️📆7-oktabr "Xalqaro yashash hududimiz himoyasi kuni" munosabati bilan o'tkazilayotgan "Yashash hududimizda jonivorlarning o'rni" mavzusidagi rasmlar tanlovimizning so'nggi kuni! Shu sababli maktabimizning 5-11-sinf o'quvchilariga chizgan rasmlarini 4 kun ichida jo'natishlarini so'raymiz.

✏️Rasmlarni @D_yuldoshev_05 akkaunti bilan bog'lanib, topshirishingiz so'raladi.

              

❗️📆 7 октября последний день нашего конкурса рисунков на тему "Место животных в нашей среде обитания", проводимого в связи с "Международным днём ​​защиты среды обитания!" Просим учащихся 5-11 классов нашей школы прислать свои рисунки в течение 4-х дней.

✏️Работы просим сдать, обратившись к аккаунту @D_yuldoshev_05.‌‌
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi (Dilmurod Yo'ldoshev)
#rasmlar #tanlov #eco_union

☘️ "Yashash hududimizda jonivorlarning o'rni" mavzusidagi tanlovga topshirilgan rasmlar ko'rgazmasi.

🍃 🍃 🍃 🍃 🍃

☘️ Выставка работ на конкурс "Место животных в нашей среде обитания".

Telegram | Instagram
#tanlov

📢📢DIQQAT E'LON!

📝Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan 5-8- sinf o'quvchilari o'rtasida "Beruniy avlodimiz" mavzusida insholar tanlovi e'lon qilinadi.

📍Tanlov bo'yicha ijodiy ishlarni 317-xonaga, ona tili va adabiyot metod birlashmasiga, topshirishingiz lozim.

‼️ Barcha ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ushbu tanlovda o'quvchilar ishtirokini ta'minlashlari so'raladi. Ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 2022-yil 30-noyabr.

🔹🔹🔹

📢📢ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ!

📝По случаю 1050-летия со дня рождения великого мыслителя Абу Райхон Беруни в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми среди учащихся 5-8 классов объявляется конкурс сочинений на тему "Мы наследники Беруни".

📍Творческие работы на конкурс необходимо представить в аудиторию 317, кабинет метод объединения родного языка и литературы.

‼️Просьба ко всем учителям родного языка и литературы обеспечить участие учащихся в данном конкурсе. Срок приёма творческих работ – 30 ноября 2022 года.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi (Sevinch Alijonova)
#tanlov

❗️DIQQAT TANLOV❗️

🔆Dekabr oyida INFINITY TEAM & ECO-UNION tomonidan tashkil etilayotgan maktablararo Eco-Science festivali bo'lib o'tadi va shu munosabat bilan barcha sinflar o'rtasida "Qush uyasi yasash" bo'yicha loyihalar tanlovini e'lon qilamiz!

Shartlar:
- har bir sinfdan 5kishilik jamoa shakllantirilishi va shu jamoalar festivalda ishtirok etishlari;
- har bir jamoa 1ta loyiha ustida ishlashi;
- yasalgan loyiha suvga chidamli, mustahkam va kreativ dizaynga ega bo'lishi kerak.

Natijalar Eco-Science festivalida e'lon qilinadi. Eng sara loyihalar maktab hovlisidagi daraxtlarga ilib qo'yiladi.

Qatnashing va g'olib bo'ling!

🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀🍀

❗️
ВНИМАНИЕ КОНКУРС ❗️

🔆 В декабре состоится межшкольный Eco-Science фестиваль, организуемым INFINITY TEAM & ECO-UNION, в связи с этим мы объявляем конкурс по "Изготовлению птичьего гнезда" среди всех классов!

Условия конкурса:
- формирование команды из 5 учеников с каждого класса и участие этих команд в фестивале;
- каждая команда должна предоставить 1 проект;
- выполненный проект должен быть водостойким, прочным и иметь креативный дизайн.

Результаты будут объявлены на Eco-Science фестивале. Лучшие работы будут размещены в школьном саду.

Участвуйте и выигрывайте!

Telegram | Instagram
#tanlov

INSHOLAR TANLOVINING NATIJALARI

📢📢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan 5-8- sinf o'quvchilari o'rtasida "Beruniy avlodimiz" mavzusida insholar tanlovi e'lon qilingan edi.

❗️Tanlov bo'yicha ijodiy ishlar baholanib,g’oliblar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko’ra:

🥇-o’rin:Sulaymonov Abduraxmon 7-02 sinf
🥈-o’rin:G’ulomova Afruza 6-01sinf
🥉-o’rin:Sharofov Diyorbek 5-02 sinf

-

ИТОГИ КОНКУРСА

📢📢 В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми по случаю 1050-летия со дня рождения великого мыслителя и энциклопедиста Абу Райхон Беруни среди учащихся был объявлен конкурс сочинений на тему «Наше поколение Беруни» среди 5-8 классов.

❗️ По итогам конкурса были оценены творческие работы и определены победители.

По результатам конкурса:

🥇-место Сулайманов Абдурахман 7-02 класс
🥈-место Гуломова Афруза 6-01 класс
🥉-место Шарафов Диорбек, 5-02 класс

Telegram |Facebook |Instagram |Web