Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
6.08K subscribers
10.6K photos
737 videos
138 files
3.17K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#moliya #vazirlik #yoshlar #uchrashuv

🏦 O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri maslahatchisi Buriyev Dilshod Kubayevich hamda Vazirlik yoshlar yetakchisi Jumanazarov Dilshod Shuxratovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga tashrif buyurdi.

💱 Mehmonlar maktabimiz o'quvchilari hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

📊 Shuningdek, davlat moliya siyosati sohasini tubdan yaxshilash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi hamda moliya sohasidagi raqamlashtirish dasturlari borasida kechayotgan o'zgarishlar bo'yicha savollarga javob oldilar.

🎁 Tadbir so'nggida Vazirlik tomonidan faol o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati. ©️

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#yoshlar #forumi #Xorazmiylar #taklifi

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida "O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021" doirasida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” festivali bo‘lib o'tdi.

🧑🏻‍💻19-20-dekabr kunlari o‘tkazilgan mazkur forumda al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Vahobboyev Addurahmon, Shakirov Muhammadiyor va Xudoyberdiyev Lazizbeklar ham ishtirok etib, inklyuziv ta'limni rivojlantirishda o'z tashabbus va takliflarini o‘rtaga tashladi.

🚌 A'lochilar forumida Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti uyushtirilib, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🤩Eslatib o'tamiz, mazkur forumda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o'quvchilari ishtirok etdilar.

🥳Bayramona o‘tgan forumda ishtirokchilarga ko'tarinki ruh va kayfiyat bag‘ishlagan qiziqarli konkurslar tashkil qilindi.

©️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#uchinchi #renessans #yoshlar #nigohida #tanlov #goliblari

“UCHINCHI RENESSANS – YOSHLAR NIGOHIDA” TANLOVINING NATIJALARI E'LON QILINDI

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa a’zolari o‘rtasida o‘quvchi-yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, pedagoglarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularning ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovining 2-bosqichi yakunlandi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda belgilandi:

“Xalqimiz qadriyati, urf-odat va an’analari hamda madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇-o‘rin – E.Voxidov ijod maktabi tomonidan taqdim qilingan “O‘zbegim” platformasi uchun;
🥈-o‘rin – Xiva Prezident maktabi tarix fani o‘qituvchisi Farrux Hakimov tomonidan taqdim qilingan “kechmish.uz” sayti loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan taqdim qilingan Andijon viloyati milliy qadriyati va an’analarini targ‘ib qiluvchi hamda Andijon ichki turizmini rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan QR-kodli mobil ilova loyihasi uchun;

“Maktablarda sifatli bilim olishda o‘quvchilarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish va rag‘batlantirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇-o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining direktor o‘rinbosari O.R.Murodovning ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bildirgan yechim va takliflari loyihasi uchun;
🥈-o‘rin – Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari X.Baxodirov va J.Akramovlarning o‘quvchilar motivatsiyasini kuchaytirish va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif qilingan SWITCH loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagoglari Sh.Xamdamova, M.Sheraliev va F.Abduraimovlarning O‘zbekiston ta’limidagi muammolar hamda ularning yechim va takliflari loyihasi uchun;

“O‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi” bo‘yicha:
🥇1-o‘rin – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab “EVEREST” jamoasining “ECO-PROTECT” nomli loyihasi uchun;
🥈-o‘rin – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi E.Ilyasov hamda 9-02-sinf o‘quvchilari A.Sohobataliev, A.Xojimurodov va U.Xoshimboyevlar tomonidan taqdim qilingan o‘quvchi-yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishda innovatsion darslik loyihasi uchun;
🥉-o‘rin – Buxoro Prezident maktabi tarbiyachi-pedagogi Nargisa Rahmatovaning “To‘garaklarda o‘quvchilarning yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirish” loyihasi uchun;

G‘oliblar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Mazkaziy #Osiyo #Yoshlar #Forumi

🇺🇿🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇹🇲

YOSHLAR FORUMI DOIRASIDA TASHRIF

🏫 Markaziy Osiyo yoshlar forumi ishtirokchilari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad ala-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lishdi.

👨🏻‍💻Forum ishtirokchilari maktabda o'quvchilarimiz tomonidan AKT bo‘yicha qilingan ixtirolar, maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, tayyorlangan loyihalar, robototexnika fani bo'yicha metodik qo'llanmalar hamda maktab e-class platformasi bilan tanishdilar.

‼️Markaziy Osiyo yoshlar forumida davlatlarining yoshlar siyosatiga masʼul idoralari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jahon va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xalqaro toifali yosh shaxmatchilar, grossmeysterlar, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etmoqda.

〰️〰️〰️

🇺🇿🇰🇿🇹🇯🇹🇷🇹🇲

ВИЗИТ ПО СЛУЧАЮ МОЛОДЁЖНОГО ФОРУМА

🏫Участники Центрально-Азиатского молодёжного форума посетили специализированную школу имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве Президентских образовательных учреждений.

👨🏻‍💻Участники форума ознакомились с изобретениями наших учеников в области ИКТ, созданными для учащихся условий, реализованными проектами, методическими пособиями по робототехнике, а также школьной платформой e-class.

‼️В Центрально-Азиатском молодёжном форуме принимают участие руководители государственных органов и общественных организаций, отвечающие за молодёжную политику, победители всемирных и национальных научных Олимпиад, юные шахматисты международного класса, гроссмейстеры, а также талантливые юноши и девушки в области информационных технологий.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_tinchlik_elchisi
#Prezident_maktablari

Yoshlar tinchlik elchisi...

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari turkum lavhalarda
.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Markaziy studiya | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoni o‘tkazildi
#my5tv

Zamon | Imtihonlar jarayoni qanday o‘tmoqda?
#sevimli_tv

Yangi Davr | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#yoshlar_tv

Poytaxt | Qabul jarayonlari haqida
#toshkent

Bugun| Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari jarayonlari
#madaniyat

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SELF | Al-Khwarizmi
#SELF #KLUB
#qobiliyat #yoshlar #iqtidor

YANGI IQTIDORLARNI KASHF QILISH VAQTI KELDI!

💎 Sizda yashirin iste’dodlar bor deb o‘ylaysizmi? Siz turli xildagi buyumlarni yasash, kashtachilik, tikuvchilik, duradgorlik kabi biror ishlarni bajarishni yaxshi ko'rasizmi? Unda bizning klubga qo'shiling!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kuni kecha maktabimizning iqtidorli o‘quvchilaridan iborat bir guruh yoshlar tashabbusi bilan SELF klubining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabimiz o‘quvchilariga klub haqida, klubda qobiliyatlarini namoyish etish, yangi narsalarni o‘rganish va boshqa iste’dodli yoshlar bilan tanishish haqida ma'’umotlar berildi.

📌 Klubga qo‘shilish uchun o‘quvchilardan qiziqish va qobiliyat talab etiladi. Faqatgina o‘zingizga ishoning va bizga qo'shiling!

⚪️ SELF — Sizning hikoyangiz shu yerdan boshlanadi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM